Achilova Firuza Kurbanovna 1987-yil 18-avgustda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahrining ziyoli oilasida tavallud topgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Mehnat staji 12 yil.
Firuza Achilova 2017-yil 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktyabrdagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
Firuza Achilova 2019-yil 29-oktyabr sanasida “Innoweek.uz – 2019” – innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2019-yil 13-sentyabrdagi 12-qq/36-qq-sonli qo‘shma qaroriga asosan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Firuza Achilova 2024-yil 5-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Firuza Kurbanovna 2017-yilda “Ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun” O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan, 2019-yil 7-may – “Aloqachilar kuni” munosabati bilan “Ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga sadoqati uchun” O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlangan, 2021-yil 11-yanvar sanasida “Viloyatimizning taraqqiyotiga qo‘shgan samarali hissasi hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi faol ishtiroki uchun” Qashqadaryo viloyat hokimining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.
2024-yil 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar davomida Hududiy trener sifatida faol ishtirok etgan.
Firuza Achilova 2024-yil 17-oktyabr sanasida Shahrisabz shahridagi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida hamda Shahrisabz davlat pedagogika institutidagi talaba yoshlar uchun “Saylov va yoshlar” mavzusida tashkil etilgan o‘quv-seminarida “Aralash saylov tizimi va uning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida ma’ruza qildi.
Firuza Achilova 2025-yil 11-fevral sanasida “2024-yilda bo‘lib o‘tgan saylovlar jarayonini tahlil qilish, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda yo‘l qo‘yilgan kamchililar hamda muammolarni aniqlash, kelgusida ularga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek milliy saylov qonunchiligi va amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish” maqsadida tashkil etilgan onlayn davra suhbatida o‘zining bir qator takliflarini berib faol ishtirok etdi.
Achilova Firuza Kurbanovna 2004-yilda Shahrisabz shahar Qori Niyoziy nomli 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini imtiyozli shahodatnoma bilan tamomlagan. 2011-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Informatika va axborot texnologiyalari” yo‘nalishi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tugatgan. 2013-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Axborot va multimedia texnologiyalari” yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan. 2025-yilning mart oyidan buyon Qarshi davlat texnika universitetining “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.
Firuza Achilova 2023-yil 13-fevral kuni “Jamiyatda ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarning barqaror rivojlanishida xotin-qizlarning o‘rni” konferensiyasida faol ishtirok etdi.
Achilova Firuza Kurbanovna TATU Qarshi filialining 2023-yil 28-martdagi “Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari raislari hamda a’zolari tarkibini tashkil etish va tasdiqlash to‘g‘risidagi” 54-sonli qaroriga asosan 5330500-Kompyuter injenering (AT-servis) yo‘nalishi bo‘yicha Yakuniy davlat attestatsiyasi kotibi etib tasdiqlangan.
Achilova Firuza Kurbanovna Qarshi muhandislik-iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 10-maydagi “Magistrlik dissertatsiyalari himoyasi, Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 633/T-sonli buyrug‘iga asosan 70411201-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha Yakuniy davlat attestatsiyasi a’zosi etib tasdiqlangan.
Firuza Kurbanovna 2025-yil 29-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/27.09.2024.I.55.03 raqamli Ilmiy kengashida tashkil etilgan Jumaniyoz Razzoqbergan Palvannazirovichning 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot ixtisosligi bo‘yicha “Mintaqada sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari (Xorazm viloyati misolida)” mavzusidagi (iqtisodiyot fanlari bo‘yicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasida rasmiy opponent sifatida ishtirok etdi.
Firuza Achilova “Startup Tashabbuslari – 2020” qo‘llab-quvvatlash dasturining 2020-yil 11-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan birinchi bosqichi-saralashida, ikkinchi bosqichi-suhbatida “Smart Waterman” va “AntiCovidBag” loyihalari bilan faol ishtirok etib, keyingi bosqichlariga ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Firuza Achilova 2023-yil 5-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Inno Startup Accelerator dasturida, 2023-yil 6-8-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan URBAN.TECH UZBEKISTAN xakaton musobaqasida, 2023-yil 18-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan UZTELECOM Pitch Day hamda PizzaPitch XL, PizzaPitch Women startaplar tanlovlarida loyihalari bilan faol ishtirok etdi.
Firuza Achilova 2020-yil 14-15-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan “International Conference Elsevier Science Days in Uzbekistan” Xalqaro konferensiyasida faol ishtirok etdi hamda sertifikat bilan taqdirlandi.
Firuza Achilova 2021-yil yanvar oyida One million Uzbek coders “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasining “Android Development Track” kursini muvaffaqiyatli yakunladi hamda sertifikat bilan taqdirlandi.
Firuza Achilova “Smart Waterman” loyihasi bilan 2021-yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan “Startup Tashabbuslari” innovatsion g‘oyalar va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash dasturining 5-davriga muvaffaqiyatli qabul qilindi.
Firuza Achilova 2025-yil 14-15-mart kunlari Qarshi davlat texnika universitetida tashkil etilgan “Gidrotexnika qurilishi va gidroenergetikaning bugungi kundagi muammolari va ularning yechimlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanida maqolalari bilan faol ishtirok etdi.
Firuza Achilova 2025-yil 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutida tashkil etilgan “Ta’limda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash afzalliklari, muammolar va yechimlari” mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy anjumanida maqolalari bilan faol ishtirok etdi.
Firuza Achilova muallifligida 2025-yil 19-may sanasida “Windows Server boshqaruvi” nomli o‘quv qo‘llanmasi “Intellekt” nashriyotida nashr qilindi.
Firuza Achilova 2016-yil mart-iyun oylari davomida Janubiy Koreya Respublikasi Seul shahri Chung Ang Universitetida 4 oy malaka oshirib keldi. Human ICT Software Engineering, Operating systems, Wireless and Mobile Communication va Korean Language kurslarini o‘zlashtirdi hamda sertifikat bilan taqdirlandi.
Firuza Achilova 2019-yilning 2-18-iyul kunlari davomida bo‘lib o‘tgan Janubiy Koreya Respublikasining Sungkyunkwan universiteti bilan hamkorlikdagi “2019 World friends ICT SKKU Volunteers” o‘quv kursida faol ishtirok etdi.
Firuza Achilova University of MICHIGAN tomonidan tashkil etilgan Coursera tizimi orqali besh bosqichli kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab 2023-yil 6-oktabr kuni “Python 3 Programming” mutaxassisligi bo‘yicha Xalqaro IT-sertifikatni qo‘lga kiritdi.
Firuza Achilova 2022-yil 26-oktabr – 4 noyabr kunlari “V Nobel Fest” festivalida faol ishtirok etdi hamda sertifikat bilan taqdirlandi.
Firuza Kurbanovna 2023-yil 17-fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Kemerovskaya viloyati Belova shahrida bo‘lib o‘tgan “II Региональная научная конференция обучающихся Неофит”da ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etganligi uchun KuzGTU filiali direktori tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.
Firuza Achilova bajarilishi 2016-2019-yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ xalqaro granti asosida 561621-YeRR-2015-1-kodli “TechReh – tibbiyotda texnik reabilitatsiya” loyihasida, bajarilishi 2019-2023-yillarga mo‘ljallangan 609715-EPP-1-2019-1-UZ-EPPKA2-CBHE-JP-kodli Erasmus+ “SPACECOM: Kosmik aloqa va tizimlar injenering bo‘yicha yangi ta’lim dasturlari” xalqaro loyihasida, bajarilishi 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan AL-8223092040-sonli “Sport kurashida yuqori malakali sportchilarning harakatlarini masofaviy tahlili va operativ nazorat qilish texnologiyalari asosida monitoring qilish bo’yicha dasturiy vositasini yaratish” amaliy loyihada ijrochi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Achilova Firuza Kurbanovna 2014-yil 5-7-may kunlari “Eng yaxshi veb-sayt va eng yaxshi dasturiy mahsulot” ko‘rik-tanlovida bir qator loyihalari bilan faol ishtirok etdi.
2015-yil 8-aprelda bo‘lib o‘tgan “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar VIII Respublika hududiy yarmarkasi”da bir qator loyihalari bilan faol ishtirok etgan.
2017-yilning 13-14-mart kunlari Qarshi Davlat Universitetida bo‘lib o‘tgan X Respublika Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar hududiy yarmarkasida bir qator dasturiy va texnik ishlanmalar bilan faol ishtirok etdi.
2017-yilning 10-11-12-may kunlari O‘z-ekspomarkazda bo‘lib o‘tgan X Respublikasi Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida bir qator dasturiy va texnik ishlanmalar bilan faol ishtirok etdi.
Firuza Achilova 2019-yilning 16-20-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Al-Xorazmiy izdoshlari” yosh robototexniklar ko‘rgazmasida iqtidorli talabalari bilan bir qator loyihalari bilan faol ishtirok etdi.
Firuza Achilova 2017-yilning may oyida “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” Umumrespublika tanlovining “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi” nominatsiyasi bo‘yicha TATU Qarshi filiali bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va Respublika bosqichida faol ishtirok etib faxrli o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Firuza Achilova 2018-yil 30-may kuni “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi” nominatsiyasida TATU Qarshi bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi, Respublika bosqichida faol ishtirok etdi.
Firuza Achilova 2018-yil 29-iyun sanasida “Eng faol yosh dasturchi” tanlovida filial va viloyat bosqichida 1-o‘rin, Respublika bosqichida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi va “Yosh mutaxassislar” V respublika Forumida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Firuza Achilova 2023-yil 10-may kuni “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining TATU Qarshi filiali bosqichi ochilish marosimida “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovi bo‘yicha ma’ruza qildi.
Firuza Achilova 2024-yil 20-mart kuni viloyatimizda o‘tkazilgan “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida o‘tkazilgan Navro‘z umumxalq bayrami hamda ommaviy saylida faol ishtirok etdi.
Firuza Achilova 2025-yil 12-fevral sanasida Qarshi tumanidagi 71-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusidagi 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ta’lim sohasida xotin-qizlarimizga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Firuza Achilova 2025-yilning 24-26-fevral kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallarida “Sog‘lom inson-sog‘lom millat karvoni Samarqandga yo‘l oldi” shiori ostida bo’lib o’tayotgan “Yangi O‘zbekistonda TATU yoshlari – bir maqsad va bir g‘oya yo‘lida birlashadi – Samarqand 2025” forumida faol ishtirok etib keldi.
Firuza Kurbanovna 2020-yil 19-yanvar kuni “Hokim va yoshlar uchrashuvi” tadbiri doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aholi va yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, xotin-qizlarining mehnat bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim 5 ta tashabbus ijrosini ta’minlashda samarali mehnati uchun Qarshi shahar hokimi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Firuza Achilova Shahrisabz shahrida 2020-yil 14-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi (IT Center)”ning ochilish marosimida shogirdlari bilan faol ishtirok etdi.
Firuza Kurbanovna 2023-yil 6-may kuni “7-may – Aloqachilar kuni” hamda “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ko‘p yillik sharafli va yuksak mehnati orqali ta’lim sohasiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun TATU Qarshi filiali direktori tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Firuza Achilova 2023-yil 20-may kuni “Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi roli va nufuzini oshirishga, yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hamda ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun” O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Firuza Achilova 2024-yil 15-fevral sanasida “11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni” munosabati bilan “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “Qashqadaryoning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida voha olimalarining hissasi” mavzusida o‘tkazilgan olima ayollar forumida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
Firuza Achilova 2024-yil 24-fevral sanasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Zakovat intellektual klubi” NNT hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida Xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual turnirining viloyat bosqichida “Algoritm” jamoasida faol ishtirok etdi.
Firuza Achilova 2024-yil 20-24-may kunlari o‘tkazilgan “TUIT bright future week” tanlovlar haftaligi doirasida tashkil etilgan “TUIT Digital Girls” hakatonining “Best solution for society – jamiyat va turli sohalar uchun yangi IT yechimlarni ishlab chiqish” yo‘nalishida “Digital Communal” loyihasi bilan faol ishtirok etdi va TATU rektori tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.
Firuza Achilova 2024-yil 18-20-aprel kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallaridan 500 ga yaqin talaba-yoshlar va 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilarni o‘zida jamlagan “TATU yoshlari – kelajak bunyodkorlari Qarshi – 2024” forumida faol ishtirok etdi.
Firuza Achilova 2024-yil 15-fevral sanasida “11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni” munosabati bilan “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “Qashqadaryoning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida voha olimalarining hissasi” mavzusida o‘tkazilgan olima ayollar forumida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
Firuza Achilova 2025-yil 21-fevral kuni Qarshi davlat texnika universitetida tashkil etilgan “11 fevral – ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan viloyatda ilmiy izlanishlar olib borayotgan xotin-qizlar va universitetning iqtidorli talabalari ishtirokida “Olima xotin-qizlar forumi”da loyihasi bilan faol ishtirok etdi va universitet rektorining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Firuza Achilova 2019-yil 16-noyabr sanasida “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlanganligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati televideniyesining “Oltin voha” ko‘rsatuvida hamda radio eshittirishining suhbatida ishtirok etdi.
Firuza Achilova 2022-yil 28-noyabr kuni Qashqadaryo MTRKda efirga uzatilgan “Davr va yoshlar” dasturida faoliyati yoritildi.
Firuza Achilova 2023-yil 13-fevral kuni “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida efirga uzatilgan “Xotin-qizlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash” lavhasida intervyu berdi.
Firuza Achilova ishtirokida 2023-yil 17-noyabr sanasida jurnalist Ozoda Yaxshiboyeva muallifligidagi “Ayol qalbi” ko‘rsatuvi Qashqadaryo MTRK orqali efirga uzatildi.
Firuza Kurbanovnaning ilmiy faoliyati, olib borgan tadqiqotlari, izlanishlari 2023-yil mart oyida nashr etilgan “Qashqadaryo ilm yulduzlari” kitob-albomida yoritildi.
Firuza Kurbanovna “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganligi munosabati bilan hayoti va ijodi, oila va jamiyatdagi o‘rni, ilmiy faoliyati kabilar haqida 2025-yil mart oyida nashr etilgan “Qarang qani Qashqadaryo” nomli kitobida yoritildi.
Achilova Firuza Kurbanovna ish faoliyati davomida mehnatsevarligi, intiluvchanligi, hamkasblari va do‘stlariga shirin so‘zligi bilan universitet jamoasi orasida hurmat qozongan.
Dunyo qarashi keng, do‘stlaridan yordamini ayamaydigan, intizomli pedagog. Universitet professor va o‘qituvchilari ichida xushmuomalaligi, bilim va tartib-intizomi bilan nazarga tushgan.
Jamoat ishlarda faol ishtiroki, tashkiliy ishlarda tashkilotchiligini va ajoyib do‘st ekanligini hisobga olib, davlatimiz, xalqimiz va jamiyatimiz uchun kerakli hamda foydali bo‘lgan yetuk olima bo‘lib yetishgan.