Abzalova Shaxnoza Rustamovna 1971- yil 1-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1978 -1988-yillari – 150-umum ta’lim maktabi va 1989-yildan Oʻrta Osiyo meditsina pediatriya instituti (SAMPI) pediatriya fakultetida tahsil olgan va 1995-yilda ushbu institutni muvaffaqiyatli bitirgan. 1992-yildan SAMPI-Toshkent Pediatriya tibbiyot institutiga o‘zgartirilgan.
ToshPTIni tugatib, tibbiy genetika kafedrasining laboratoriyasida katta laborant va 1996-yilda shu laboratoriyada kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlagan. 1997-yildan 2000 -yilgacha Sh. Abzalova tashkilotchilik faoliyatini ToshPTI qoshidagi Akademik litseyda, “Ma’naviyat va ma’rifat” ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
2000-yildan 2022-yilgacha ToshPTIning Gistologiya, sitologiya, embriologiya kafedrasida assistent va 2014-yildan dotsent lavozimida ishlagan. 2023-yildan o‘rindoshlik asosida ToshPTIning Anatomiya kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
2007-yildan boshlab va 2025-yilgacha ToshPTIning Ilmiy pedagogik va ilmiy – pedagoglarni tayyorlash bo‘limida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2009 -yilda Sh.Abzalova “O‘zbekistonda gistologiya fanining shakllanishi va uning taraqqiyot bosqichlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 14.00.23 – gistologiya, sitologiya, embriologiya mutaxassisligi bo‘yicha yoqlagan. Ilmiy rahbari biologiya fanlari doktori, professor E.A. Tursunov. 2014-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan.
Sh.Abzalova 2009-2011 yillarda Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan ilmiy tadqiqot va grant loyihasida “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi 5-18 yoshdagi bolalarni sog‘ligi va rivojlanishi va ularga tashqi muhit va hayot tarzini ta’sirini kompleks baholash” mavzusi bo‘yicha K 11-011 raqamli amaliy loyiha a’zosi bo‘lgan.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilish raqami ADSS 15.26.6 dasturlari doirasida bajarilgan 2014-2018-yillarda “Bolalarda zotiljam va uning asoratlarini noionlashtiruvchi kompleks klinik-nur diagnostikasini ishlab chiqish va takomillashtirish” mavzudagi ilmiy tadqiqot loyihasida katta ilmiy xodim lavozimida ishlagan.
2017-yilda Sog‘liqni Saqlash vazirligini “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2017-yilda “2017-yilning eng yaxshi dotsenti ko‘rik – tanlovini g‘olibi I – o‘rin sohibasi.
2015-yilda Sh.Abzalova hammualliflar bilan Gistologiya, sitologiya embriologiya fani bo‘yicha birinchi elektron atlasini yaratgan va EHM guvohnomasini olgan.
Sh. Abzalova so‘ngi yillarda institutda rektorat kengashi a’zosi, I – pediatriya fakultet kengashi a’zosi, tibbiy pedagogika va davolash fakultet kengashi a’zosi, tibbiy – biologik yo‘nalishi bo‘yicha muammoli kengashi a’zosi va institutning ilmiy kengash a’zosi. Sh.R. Abzalova tibbiy – biologik yo‘nalishi bo‘yicha muammoli kengashda, 2010-2025-yillarda kengash a’zosi sifatida 230 ta dan ortiq ilmiy ishlar va magistrlik dissertatsiyalariga taqrizchi sifatida qatnashgan.
2015-yilda “Gistologiya Atlasi” – darsligi Sh.Abzalova hammualliflar bilan qoraqalpoq tilida ilk bor nashr etilgan.
Sh.Abzalova tomonidan 36 yillik ilmiy faoliyati davomida 540 nafar tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarga o‘zining maslahatlari va amaliy yordamini berib kelmoqda. Barkamol yetuk va jismoniy sog‘lom o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda milliy va insoniy qadriyatlarni shakllantirish, Vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirish yo‘lida aholining asosiy qismi bo‘lgan barcha talaba-yoshlarni tarbiyalashga e’tiborini qaratib kelmoqda.
2019-yildan Sh.Abzalova O‘zbekiston respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda, jumladan, “Pediatriya” va 2022-yildan “Science and innovation” jurnallarida tahririyat a’zosi sifatida faoliyat yuritmoqda.