Abdurayimov Faxriddin Muxammadali o’g’li 2002 yil 15 oktyabrda Andijon viloyatida Izboskan tumanida tug`ilgan. 2009-2018 yillar mobaynida Izboskan tumani 1-umumta`lim maktabini, 2010-2017 yillarda Izboskan tumani 6-son bolalar musiqa va san’at maktabida Fortepiano ijrochiligi, 2018-2020 yillarda esa Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabida Puflama va Zarbli cholg’ulari kafedrasi Klarnet mutaxasisligi bo’yicha a’lo baholarga tamomlagan.
2019-yili Viloyat miqiyosida tashkil qilingab “Men Dirijyorman” deb nomlangan ko’rik tanlovda ishtirok etib faxrli 2 o’rin qo’gan kiritgan.
2020 yil Andijon viloyati Izboskan tumani 6-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiga Damli va Zarbli cholg’ular bo’limi klarnet mutaxassisligi o’qituvchisi lavozimida ish faoliyatini boshlaydi. Ish faoliyati mobaynida o’quvchilarga bor maxorati ta’lim bera boshlaydi, izlanishlar va o’quvchilar bilan maxorat bilan ishlab ushbu bo’limda.
Damli va Zarbli cholg’ulari orketrini joriy qilib tadbir, konsert va ko’rik-tanlovlarda ishtirok etishni boshlaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining №3022 sonli qaroriga asosan Madaniyat Vazrligi tomonidan “Bolalar musiqa va san’at maktablari orkestr, ansabl ijodiy jamoalar respublika ko’rik tanlovi” tashkil qilindi. 2021-yilda Abdurayimov Faxriddin tominidan tashkil qilingan Damli va Zarbli cholg’ulari “CARAVAN” orkestri maskur tanlovda ishtirok etib viloyat bosqichida faxrli 1-o’rinni, respublika bosqichida esa faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdilar.
2021 - yil Rassiya federatsiyasi Sankt-Peterburg shaxrida onlayn o’tkazilgan “Радуга таланлов 2021” ko’rik tanlovida faxrli 1-o’rinni egallaganlar.
2022 – yil Xalqaro onlyan va oflayn ko’rik-tanlovlarda ishtirok etishdi jumladan: Iqtidorli bolalar, Радуга таланлов 2022, Improvizatsiya, Парад талантов россии, Звёзди Ташкента kabi tanlovlarda ishtirok etishib faxirli o’rinlarni qo’lga kiritib kelishmoqda.
2023 – yil Toshkent shaxrida o’tkazilgan “Фестивал талантов” xalqaro ko’rik tanlovdi ishtirik etishgan Ergashev Muhamadjon faxrli 2 – o’rin va Odiljonov Dostonbeklar esa 3 – o’rinlarni egalladilar.
2024 – yil Qashqadariyo viloyatida o’tkazilgan respublika tanlovi “Shaxrisabzda Yangi Yulduzlar” nomli ko’rik tanlovda Ergashev Muhammadjon 1-o’rin, Odiljonov Dostonbek 2- o’rin, Mirzahakimov Sultonbek esa faxirli 2-o’rinni qo’lga kiritishgan.
2024 – yil Toshkent shaxrida o’tkazilgan respublika tanlovi “Sharq yulduzlari” nomli respublika ko’rik tanlovda jamoaviy yo’nalish bo’yicha orkesrt ishtirok etib faxili 1-o’rinni egallaganlar.
2024 – yil Samarqand shaxrida o’tkazilgan respublika tanlovi “Sharq gavhari” nomli respublika ko’rik tanlovda Mirzahakimov Sultonbek faxirli 2-o’rin, Odiljonova Dostonbek esa faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi.
Abdurayimov Faxriddin darsdan tashqari bo’sh vaqtlarida maqolalar ham yozib kelmoqda ushbu izlanuvchanligi orqasidan ilmiy va amaliy tanlovlarda ishtirok etib ko’rak nishoni va statuetkalarga sazavor bo’lgan. Hususan:
2024-yil Dekabr oyida o’tkazilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) miqiyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko’rik tanlovda Abdurayimov Faxridddin O’z maqolalari bilan ishtirok etdi, bunda bir qancha naminatsiyalar g’olib bo’ldi jumladan: “O’z kasbininf fidoyisi” estalik ko’krak nishon, “Ta’lim iftixori” va “Kelajak Qanoti” estalik maxsus statuetka soxibi bo’ldi.
Ko’p o’tmay yana izlanuvchanligi ortidan yana bir tanlovda qatnashdi, Yanvar oyida Toshkent shaxrida o’tkazilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) miqiyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko’rik tanlovda ham ishtirok etgan Abdurayimov Faxridddin “Fidoyi Xizmatlari Uchun” Estalik ko’krak nishoniga munosib deb topilda va taqdirlandi.
2025 – yil Fevral oyida Toshkent shaxrida o’tkazilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) miqiyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko’rik tanlovda ham ishtirok etgan Abdurayimov Faxridddin “Yurt Iftixori” Estalik ko’krak nishoni bilan, taqdirlandi.
2025 – yil Fevral oyida Toshkent shahrida o’tkazilgan “SCIENTIFIC PUBLICATION” tatqiqotlar markazi tomonidan tashkil qilingan “Yuksak Xizmatlari uchun” Estalik ko’krak nishoni bilan, taqdirlandi.
Abdurayimov Faxriddin Muxammadali o‘g‘li san’atga bo‘lgan mehri va fidoyiligi bilan ko‘plab yosh iste’dodlarni kashf etib, ularning iste’dodini rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda manashunday ko’rik tanlovlarda Abdurayimov Faxriddining o’quvchilari faol ishtirok etib faxrli o’rinlarni qo’lga kiritib kelishmoqda va o’qituvchilar orasida namuna qilishga arzigudek jon kuyar fidoyi o’qituvchilardan biridur, o’quvchilari ham boshqa o’quvchilarga o’rnak bo’la oladigan aql-idroki, bilim va ko’nikmalarni ustozidan mukammal darajada o’qib o’rganib boshqa tengdoshlarga nisbatan o’rnak qilib ko’rsata olishga arzigudekdur.
Shu o’tgan davr mobaynida u o‘zining talabchan, izlanuvchan, mexnatkash, xalol fazilatlari bilan jamoa o‘rtasida xurmat qozondi. Jamoatchilik ishlarida ham faol ishtirok etib kelmoqda. Uning tashabbusi bilan ko‘plab madaniy tadbirlar, konsertlar, ijodiy loyihalar amalga oshirilgan bo‘lib, ular nafaqat mahalliy, balki respublika va xalqaro miqyosda ham yuqori baholangan.
U maktab, tuman, viloyat, respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Navro‘z”, “Mustaqillik” bayramlari, “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni”, “8-mart Xotin qizlar bayrami”, “9-may Xotira va qadrlash kuni”, “1-Oktabr O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” 8-dekabr “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya kuni” xamda ko‘plab tadbirlarda jamoa xodimlari bilan faol ishtirok etib keladi.
Abdurayimov Faxriddin bo‘lim jamoat ishlarida, imtihon davlat imtihonlarida, yig’ilishlarda va turli tadbirlarda faol ishtirok etadi.
Abduraimov Faxriddin musiqa va san’at sohasida faoliyat yurituvchi tashabbuskor va ijodkor shaxs sifatida o‘z kasbiga yuksak mas’uliyat va mehr bilan yondashadi. Uning asosiy maqsadi yoshlarni musiqa va san’atga jalb etish, ularda estetik did va madaniyatga bo‘lgan hurmatni shakllantirishdan iborat. U o‘zining tashabbuslari va ijtimoiy faolligi orqali bu maqsadlarga erishish yo‘lida samarali ish olib bormoqda.
1. Musiqa fanini ommalashtirish va ta’lim tizimiga hissa qo‘shish
Abduraimov Faxriddin ta’lim sohasidagi faoliyati bilan ham ajralib turadi. U Izboskan tumanidagi umumta’lim maktablarida musiqa fanini ommalashtirish hamda yoshlarni milliy va jahon musiqa san’ati bilan tanishtirish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib bormoqda.
• Umumta’lim maktablarida musiqa yo‘nalishi bo‘yicha mahorat darslari va treninglar tashkil etib, musiqa fan o‘qituvchilariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda.
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-112-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, umumta’lim maktablaridagi musiqa fan o‘qituvchilariga doimiy ravishda metodik tavsiyalar berish, dars jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan yangi usul va vositalarni joriy qilish bo‘yicha ish olib bormoqda.
• Yoshlarni musiqaga jalb qilish maqsadida interaktiv darslar, zamonaviy va an’anaviy musiqa usullarini o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘ygan.
2. Yoshlarni san’atga jalb qilish va iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash
Abduraimov Faxriddin musiqa va san’at maktabiga iqtidorli o‘quvchilarni jalb qilish maqsadida bir qator amaliy ishlarni olib bormoqda.
• U 60 nafardan ortiq iqtidorli yoshlar bilan doimiy ish olib boradi, ularni musiqa va san’at maktablarida tahsil olishga yo‘naltirishda faol ishtirok etadi.
• Umumta’lim maktablarida musiqa to‘garaklarini tashkil etib, yoshlarni musiqa va san’at olamiga jalb qilish uchun turli tanlovlar va ijodiy musobaqalar o‘tkazib kelmoqda.
• Iqtidorli o‘quvchilarning malakasini oshirish va ularni kasbiy musiqiy ta’limga yo‘naltirish maqsadida ular bilan individual mashg‘ulotlar o‘tkazadi va musiqa maktabiga qabul qilishda tavsiyalar beradi.
3. Madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok
Abduraimov Faxriddin nafaqat o‘quv jarayonida, balki yoshlar orasida madaniy-ma’rifiy ishlarni faol targ‘ib etuvchi ijodkor ham hisoblanadi.
• Mahalla va maktablarda targ‘ibot konsertlarini tashkil etish tashabbuskori bo‘lib, turli bayramlar va ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarda musiqa san’atini keng namoyish etib keladi.
• "Madaniyat xalqning yuzi" shiori ostida o‘tkaziladigan turli xil madaniy tadbirlarda qatnashib, xalq ijodiyoti va milliy musiqa an’analarini keng yoyishda faol ishtirok etadi.
• Yoshlarning madaniy dunyoqarashini boyitish maqsadida ularni muzeylar, teatrlar, konsert zallari va boshqa madaniy maskanlarga tashrif buyurishlarini tashkil etadi.
• Zamonaviy musiqa usullarini yoshlarga o‘rgatish bilan bir qatorda, ularni milliy musiqa merosi bilan tanishtirish, xalq qo‘shiqlari va an’anaviy cholg‘u asboblaridan foydalanishga o‘rgatish bo‘yicha ishlar olib boradi.
4. Xayriya va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish
Abduraimov Faxriddin nafaqat ijodiy, balki ijtimoiy mas’uliyatni ham o‘z zimmasiga olgan fidoyi inson sifatida bir qator xayriya tadbirlarini tashkil qilib kelmoqda.
• Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xayriya tadbirlari va madaniy tadbir-konsertlar tashkil qilish tashabbuskori hisoblanadi.
• Ularning ijtimoiy hayotdagi ishtiroki va madaniy-ma’naviy hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida maxsus konsert dasturlari va musiqa kechalari o‘tkazib kelmoqda.
• Ushbu xayriya tadbirlari orqali imkoniyati cheklangan insonlarga yordam berish, ularning madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Abduraimov Faxriddinni musiqa va san’at sohasida tashabbuskor, targ‘ibotchi va ijtimoiy faol shaxs sifatida e’tirof etish mumkin. Uning jamoatchilikka manfaat keltiradigan tashabbuslari yosh avlodni madaniyat va san’atga bo‘lgan mehrini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, u o‘zining yuksak ma’naviy fazilatlari, halolligi, sadoqati va insoniyligi bilan hamkasblari, shogirdlari va san’at ixlosmandlari orasida katta e’tibor va hurmatga sazovor bo‘lgan. San’atga bo‘lgan mehri, o‘qituvchilik faoliyati va ijodiy ishlari orqali u kelajakda o‘zbek musiqasi va madaniyatini yangi bosqichga olib chiqishga intilmoqda.