MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

ABDURAXMONOV SARVAR NARZULLAYEVICH

ABDURAXMONOV SARVAR NARZULLAYEVICH

Milliy tadqiqot universiteti “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi dotsenti hamda “Yer resurslari va kadastr” fakulteti dekani o‘rinbosari, PhD, dotsent

Abduraxmonov Sarvar Narzullayevich 1981 yil 18 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.
Abduraxmonov Sarvar Narzullayevich 1998-1999-yillarda Qashqadaryo viloyati U.Yusupov tuman Maxtumquli fermerlar uyushmasi ishchisi, 1999-2003-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti talabasi, 2003-2005-yillarda Toshkent arxitektura va qurilish instituti magistranti keyinchalik, 2005-yilda o‘z pedagogik faoliyatini Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining “Geodeziya va yer kadastri” kafedrasida stajor-o‘qituvchi lavozimidan boshladi va hozirgi kunda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi dotsenti hamda “Yer resurslari va kadastr” fakulteti dekani o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelmoqda.

U universitetdagi pedagogik, kasbiy va jamoat ishlarida faol qatnashib kelmoqda. Jumladan, pedagogik faoliyatda o‘zining mutaxassisligi bo‘yicha fanlarning ma’ruza va amaliy darslarida talabalarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda bilim bermoqda. O‘z sohasi bo‘yicha kompyuter texnologiyalari dasturlarini talabalarga o‘rgatmoqda. Muntazam ravishda o‘z bilim va malakasini ham oshirib kelmoqda.
S.N. Abduraxmonov universitetimizdagi jamoat ishlarida ham faol qatnashib kelmoqda. U 2011-yildan hozirga qadar “Yer resurslari va kadastr” fakultetida dekan muovini lavozimida ham ishlab kelmoqda. Universitetda bo‘ladigan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda o‘z malakasi va maslahatlari bilan qatnashadi. Universitetda va talabalar turar joyida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda va obodonlashtirish ishlarida ham samarali mehnat qilib kelmoqda. 
 
S.N. Abduraxmonov pedagogik davrida 200 dan ortiq ilmiy va uslubiy risolalar chop ettirgan. Jumladan, hozirgi kungacha 130 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirgan. 18 ta o‘quv qo‘llanma, 7 ta monografiya, ixtirolar uchun 12 ta mualliflik guvohnomasi, respublika va xalqaro anjumanlarda 30 dan ortiq, Scopus bazasiga kiruvchi xorijiy ilmiy jurnal va konferensiyalarda esa 15 dan ortiq maqola va tezislar nashr ettirgan.
 
Oliy ta’limni rivojlanishi bo‘yicha she’riy hujjatlar tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shgan. Geodeziya, kartografiya va kadastr, Geodeziya va geoinformatika, Yerni masofadan zondlashda zamonaviy texnologiyalar, Masofadan zondlash va kartografiya bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlari va Geodeziya va kartografiya, Geodeziya va geoinformatika magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va fan dasturlarini takomillashtirish va ularni ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda.
  
Ilmiy – tadqiqot ishlari bo‘yicha institutning ilmiy tadqiqot ishlari rejasi asosida kafedrada bajarilayotgan BF-44-010-sonli shartnomaga asosan O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish qo‘mitasi bilan tuzilgan “Davlat yer kadastrini yuritishda axborotlashtirishning nazariy va metodologik asoslashni tadqiq etish” mavzusidagi amaliy loyihasi (2015-2018), “Fermer xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jaligi kartalarini takomillashtirish” (2014-2016), “O‘quv ilmiy ishlab chiqarish markazi hududida yer kadastrini o‘tkazishda topografo-geodezik ish uslublarini takomillashtirish” (2015-2017), “Yer monitoringini yuritishda kartografik taminlash uslublarini takomillashtirish” (2015-2017), “Qishloq xo‘jaligi aholi punktlarida demografik jarayonlarni kartografik ta’minotini o‘rganishda GAT texnologiyalari dasturlarini qo‘llash” (2018-2020), Yevropa ittifoqi tomonidan e’lon qilingan Erasmus+ 585718-EPP-1-2017-1-HUEPPKA2-CBHE-JP “DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura” xalqaro loyihalari, № 09/2021 –sonli xo‘jalik shartnomasida “ArcGIS dasturi asosida sugʼoriladigan yerlarning meliorativ holatini tahlil qilish, monitoringini olib borish va kadastr hisobotini yuritish bo‘yicha xaritalar tuzish uslubini takomillashtirish”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va texnologiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlantirish agentligi bilan “Geofazoviy usullar orqali organik va an’anaviy dehqonchilikni qo‘llab-quvvatlash” kabi mavzulari bo‘yicha tadqiqotlarda ishtirok etib kelmoqda.
  
U 2022-yilda S.Sayfulin nomli Qozog‘iston agrotexnologiyalar universitetida va shu yilda Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahri, Moskva davlat yer tuzish universitetlarida malaka oshirib kelgan.
 
Sarvar Abduraxmonov oliy taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, o‘quv jarayoniga ilgʼor tajribalarni tatbiq etish bo‘yicha geodeziya va geoinformatika, yer kadastri va yer tuzish, kadastr, taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat taʼlim standartlarini, malaka talabalari va o‘quv dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etgan. U fakultetda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, taʼlim jarayonida o‘qitishning kredit-modul tizimini joriy qilish hamda xorijning nufuzi universitetlari bilan hamkorlikni rivojlantirish jarayonlarida ham faol ishtirok etib kelmoqda.
 
S.N. Abduraxmonov Oliy taʼlim va oliy o‘quv yurtidan keyingi taʼlim tizimidagi attestatsiya jarayonida faol ishtirok etib kelmoqda. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy kengash a’zosi hamda shu kengash qoshidagi Ilmiy seminar kotibi, “O‘zdaverloyiha” DILI Bosh direktorining 2022-yil 14-yanvardagi “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining “Ilmiy-texnik kengashi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3-sonli buyrugʼiga asosan Ilmiy-texnik kengash aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi ilmiy loyihalar va oraliq/yakuniy hisobotlarni ilmiy ekspertizasiga jalb qilinuvchi mustaqil ilmiy Ekspert sifatida ham faoliyat olib bormoqda. 

ArcGIS, ArcGIS Pro, ArcGIS online, Mapinfo, CorelDRAW Graphics, Global Mapper, AutoCAD, SAS Planeta, Sketch UP va boshqa shu kabi sohaviy dasturiy ta’minotlarda ishlay oladi. 

Shaxsiy fazilatlar: Faol, har qanday davrada o‘z o‘rnini topa oladi, oldiga qo‘ygan maqsadga erishuvchan, muomalali, mas’uliyatni his qiladigan, optimist, yaratuvchan, tashabbuskor, tez o‘rganuvchan. 

S.N. Abduraxmonov oilali, ikki nafar farzandi bor. Rafiqasi M.X.Nashirova mutaxassisligi - boshlang‘ich ta’lim, ayni paytda uy bekasi.