Abdurahmanova Munovar Abduraxmanovna 1949-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1971-yilda Toshkent politexnika institutini fizika- injeneri yo‘nalishini tamomlagan. 1979-1983-yillar - O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Ekonomika ilmiy tekshirish instituti aspiranti bo‘lib, 1983-yilda Abduraxmanova Munovar Abduraxmanovna “Экономические аспекты совершенствования организационной структуры управления НИИ и КБ” (Ilmiy Tadqiqot institutlari va Konstruktorlik Buyurolari boshqaruv strukturasini tashkillashtirishni takomillashtirishning iqtisodiy yo‘nalishlari) mavzusidagi ilmiy ishini yakunlab iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Dotsent” ilmiy unvoniga ega bo‘lgan. 2025-yil 8-mayda “Развития научно-производственной сферы в условиях трансформации национальной экономики Узбекистана” (O‘zbekiston iqtisodiyotini transformatsiyasi sharoitida ilmiy-ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish) mavzusidagi ilmiy ishini yakunlab iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.
Mehnat faoliyati davomida quyidagi lavozimlarda faoliyat yuritgan: 1971-1983-yillar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Elektronika ilmiy tekshirish institutida injener.
1983-1984-yillar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Ekonomika ilmiy tekshirish institutida laborant, kichik ilmiy xodim; 1984-1996-yillar - Toshkent xalq xo‘jaligi instituti, Toshkent Moliya instituti “iqtisodiy nazariya” kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent; 1996 – 2000-yillar O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya Akademiyasida yetakchi ilmiy xodim; 2001-2010-yillar - Toshkent Davlat Texnika Universiteti, Toshkent Davlat Aviatsiya Instituti, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti “Menejment” kafedrasida dotsent; 2018-2024-yillar - Mirzo Ulug‘bek nomli O‘zbekiston Milliy Universiteti huzuridagi Yarim o‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy tadqiqot instituti ta’lim va fan integratsiyasi bolim boshligi va integratsiya bo‘yicha direktor o‘rinbosari; 2024-уil hozirga qadar - O‘zbekiston Respublikasi Geologiya Fanlari universiteti “Iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, professor v.b.lavozimlarida ishlab kelmoqda.
Ustozni darsdan bo‘sh vaqtlarida doim biror bir tadbirda yoki shogirdlar davrasida uchratish mumkin, bu erda Parkent qishlog‘ida joylashgan “QUYOSH” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tashkillashtirilgan xalqaro konferensiyada shogirdlar davrasidalar
Ustozning ilmiy faoliyatlari natijalari quyidagilarda o‘z ifodasini topganini ko‘rish mumkin: 60 dan oshiq ilmiy ish, jumladan 2 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish bo‘yicha tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 27 ta maqolada, shuningdek 6 tasi xalqaro jurnallarda nashr etilgan.
Ustoz Moskva elektrotexnika institutining Toshkentdagi filialida ilmiy faoliyatni oliy ta’lim bilan integratsiyasi masalasida institut professor , o‘qituvchilari bilan davra suhbati jarayonidalar
Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilganligini O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Innovatsion rivojlanish agentligi; O‘zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Ilmiy texnika markazi Tajriba ishlab chiqarish konstruktorlik byurosi; “O‘ZELTEXSANOAT” uyushmasi ma’lumotnomalarida o‘z ifodasini topgan.
Yoshlarga dars berish bilan birga , ularni ilmiy izlanishlariga rahbarlik qilib kelmoqdalar, jumladan ish faoliyati davomida M.A. Abdurahmanova rahbarligida 47 ta bakalavriat, 18 ta magistratura talabasi o‘z ilmiy ishlarini yakunlab muvaffaqiyatli himoya qildilar, hozirda 2 ta doktorantura talabasi (PhD) bo‘yicha himoyaga chiqyapti.
Belorussiya Respublikasidan tajriba ayriboshlash borasida tashrif buyurgan radiotexnika instituti professor va olimlari bilan uchrashuvda student va yosh olimlarni amaliyotini Belorussiya ilmiy tadqiqot institutlari va oliygohlarida o‘tkazish yuzasidan fikr almashish jarayoni.
M.A. Abdurahmanova jamoat ishlarida ham aktiv qatnashib, yoshlarga doimo o‘rnak bo‘lib kelmoqdalar.
Jamoat ishlarida ham ustoz aktivlar, 2025-yil O‘zbekiston Respublikasi Geologiya Fanlari universiteti tomonidan o‘tkazilgan Navro‘z bayrami tashkilotchilaridan biri bo‘ldilar:
Oliy ta’lim va Innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan Yarmarkada shogirdlari bilan birga aktiv qatnashdilar:
Ustoz o‘tgan yili “ fan va innovatsiya” jurnali tomonidan tashkil etilgan konferensiyada olimlar davrasida.