MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

ABDULLAYEVA NAFISA SHAVKATOVNA

ABDULLAYEVA NAFISA SHAVKATOVNA

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor

Abdullayeva Nafisa Shavkatovna 1986-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek.

Toshkent shahridagi 41-umumtaʼlim maktabini imtiyozli tamomlagan.

2002-2005-yillarda Adliya vazirligi qoshidagi Toshkent yuridik kollejini “Huquqshunoslik” yoʻnalishida tahsil olgan va imtiyozli tamomlagan.

2007-2011-yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetini Maktabgacha taʻlim va bolalar sporti bakalavriat, 2012-2014-yillarda Maktabgacha taʻlim magistratura mutaxassisligini tamomlagan.

2016-2019-yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi boʻlgan. 2019-yil Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi kengashda 13.00.08- Maktabgacha taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan va 2020-yil pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

2021-yil maktabgacha taʻlim yoʻnalishi boʻyicha dotsentlik unvonini olgan.

2020-20223-yillar Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti mustaqil tadqiqotchisi boʻlgan.

2023-yil   Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi kengashda 13.00.07-Taʼlimda menejment ixtisosligidan pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan va pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan.

2024-yil 13.00.07-Taʼlimda menejment ixtisosligidan Oliy attestatsiya komissiyasining professorlik unvonini olgan.

N.Sh.Abdullayeva 2012-2014 yillarda Yunusobod tumanida joylashgan  30-maktabgacha taʼlim tashkilotida psixologi, 2014-2017-yillarda Maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida metodist, boʻlim boshligʻi,  2018-yil Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi “Xalq taʼlimi” ilmiy-metodik jurnalida boʻlim muharriri lavozimlarida ishlagan.

N.Sh.Abdullayeva  2017-yil yakunida “Xalq taʼlimi” ilmiy metodik jurnali eʼlon qilgan “Eng faol pedagog – tadqiqotchi” tanlovi gʻolibi boʻlgan.

N.Sh.Abdullayeva 2017-yil Janubiy Koreyaning Seul shahrida boʻlib, maktabgacha taʼlim amaliyotini oʻrgangan va sertifikat bilan taqdirlandi.

2019-yilning mart oyida N.Sh.Abdullayeva Ispaniya davlatining Madrid va Barselona shaharlarida boʻlib, maktabgacha taʼlim tizimi amaliyotini, davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari ish faoliyatini oʻrgangan.

N.Sh.Abdullayeva 2020-yil Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida yangi tashkil etilgan “Maktabgacha va musiqiy taʼlim” kafedrasiga mudir etib tayinlangan. N.Sh.Abdullayeva yangi tashkil etilgan kafedra faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishda oʻzining tashabbuskorligi, harakatchanligi, kadrlarni tanlash, namunaviy, ishchi dasturlarni tuzish, oʻquv-uslubiy majmualarni yaratish va darslarni samarali tashkil etishda oʻz hissasini qoʻshgan.

N.Sh.Abdullayeva 2020-yilning fevral oyida Rossiya davlatining Moskva shahrida boʻlib oʻtgan “Doshkolnoye obrazovaniye luchshiye programmi, programmi texnoligii” konferensiyasida ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

N.Sh.Abdullayeva 2022-yil avgust oyida Finlyandiya maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi amaliyotini, davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari ish faoliyatini oʻrgangan.

N.Sh.Abdullayeva 2022-yilning dekabr oyidan  Maktabgacha taʼlim vazirining tegishli buyrugʻi bilan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislari qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori lavozimiga tayinlangan.

2024-yil avgust oyida KOICA loyihasi doirasida Janubiy Koreyada 72 soatli malaka oshirish kursini tamomlagan va sertifikat olgan. Institutda 2021 va 2025 yillarda tashkil etilgan xalqaro konferensiyalar tashkilotchisi.

2024-yil 4-5-dekabr MTTDMQTMOI, Islom taraqqiyot banki, YUNISEF va “Science and innovation” jurnali bilan hamkorlikda oʻtkazilgan “Maktabgacha taʼlimda: sifat va samaradorlik, rivojlanish istiqbollari” xalqaro-ilmiy amaliy konferensiya tashkilotchisi.

N.Sh.Abdullayeva institut qoshidagi 13.00.07-Taʼlimda menejment, 13.00.08-Maktabgacha taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha ilmiy seminar raisining oʻrinbosari sifatida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

N.Sh.Abdullayeva ilmiy rahbarligida 2 nafar mustaqil tadqiqotchi pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Hozirda 2 nafar DSc va 4 nafar  PhD ilmiy darajasini olish uchun shogirdlari ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

N.Sh.Abdullayeva 2024-2028-yillarda YUNISEF xalqaro tashkiloti va Islom taraqqiyot banki tomonidan amalga oshiriladigan “Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlimdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida institutda tuzilgan ishchi guruh koordinatori.

Oʻz ishiga masʼuliyatli, talabchan va izlanuvchan yosh olima sifatida jamoa aʼzolari va malaka oshirish tinglovchilari orasida katta hurmatga sazovor. U har qanday jamoaning munosib aʼzosi boʻlib, oʻziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajara oladi va rahbar sifatida xodimlariga mehribon, talabchan va izlanishda toʻxtamaslikni talab qiluvchi, oʻz faoliyati davomida oʻzini tirishqoq, izlanuvchan, mustaqil ilm olishga qobiliyatli shaxs ekanligini namoyon qiladi.