MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

ABDULLAYEVA GAVHAR SAPAROVNA

ABDULLAYEVA GAVHAR SAPAROVNA

Pedagogika fanlari doktori, professor

Gavhar Abdullayeva Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti “Maxsus pedagogika” v.b. professor lavozimida ishlab kelmoqda. U 1977-yil 9-aprelda Sirdaryo viloyati Oq oltin tumani zilolilar oilasida tug‘ilgan. Otasi Guliston shahri ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Onasi Sirdaryo viloyati Oq oltin tumani Markaziy shifoxonada poliklinikasining Nevropatologiya va psixiatriya xonasida hamshira bo‘lib ishladi.  U oʻz mehnat faoliyatini 1996-yili Sirdaryo viloyati Oq oltin tumani hamshira lavozimida boshladi. U 2000-2005-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Defektologiya yoʻnalishiga bakalavrga qabul qilindi va keyinchalik magistraturani ham shu yerda davom ettirdi. 2007-2010 yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida aspiranturaga qabul qilindi. 2002-2018-yillarda Toshkent shahar 101-sonli maxsus kar bolalar uchun maktab-internati  tarbiyachi yordamchi, tarbiyachi, oʻqituvchisi, 2011-2018-yillarda eshitish xonasi mudirasi, 2018-yildan hozirgacha Chirchiq davlat pedagogika universitetida v.b. professor lavozimda kabi turli lavozimlarda oʻz mehnat faoliyatini davom ettirdi. 

U turli tashkilotlarda ishlash bilan bir qatorda 2020-yilda “Технология коррекционно развивающей работы с глухими учащимися 1–2 классов по формированию и развитию слухового восприятия и произношения”  mavzusida 13.00.03-ixtisosligi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktorlik dissertatsiyasini ilmiy rahbari professor L.R. Mo‘minova boshchiligida himoya qildi, 2023-yilda  “Nogironligi bo‘lgan talabalarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda AKT dan foydalanishning korreksion pedagogik tizimi” mavzusida 13.00.03-ixtisosligi pedagogika fanlari  doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi, 2023-2024-yillarda Qozog‘iston Respublikasi  top-1000 kiradigan Abay nomidagi Milliy davlat pedagogika universitetida malaka oshirdi va talabalarga dars mashg‘ulotlarini  olib bordi. 

Qozog‘istondagi eng qadimiy va nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet 1928-yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatda pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha birinchi oliy o‘quv yurti sifatida tanilgan. 2003-yilda unga “milliy” maqomi berilgan. Universitet buyuk mutafakkir, shoir va ma’rifatchi Abay Qunanboyev nomi bilan ataladi. Hozirda u Olma-ota shahrida joylashgan bo‘lib, zamonaviy ta’lim infratuzilmasi, boy ilmiy maktabi va tajribali professor-o‘qituvchilari bilan ajralib turadi. Abay universitetida tahsil olayotgan talabalar uchun zamonaviy kutubxonalar, o‘quv laboratoriyalari, sport zallari, ijodiy to‘garaklar, yotoqxonalar va tibbiy xizmatlar mavjud. Universitetda raqamli ta’lim texnologiyalari keng joriy etilgan bo‘lib, masofaviy o‘qitish imkoniyatlari ham mavjud.

Universitet dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidagi 100 dan ziyod oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qiladi. Talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, xalqaro grantlar orqali xorijiy tajribaga ega bo‘lish imkoniyati keng yo‘lga qo‘yilgan.

2025-yilning 12-22-mart kunlari AC xalqaro malaka oshirish institutining taklif xatiga ,asosan, xalqaro malaka oshirish hamda tajriba almashish, xalqaro seminar tashkil qilish maqsadida Chexiya davlatining Praga shahrida joylashgan Karlov universitetiga borgan. Malaka oshirish bilan birga “Methods of teaching English to students of technical universities based on media technologies” mavzusida tadqiqot ishi yuzasidan xalqaro seminar tashkil qildim. Seminar davomida mavzuga oid fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Tajriba almashish davomida AC xalqaro ta’lim instituti bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida memorandum imzolandi, bu esa universitetning nafaqat talabalari, balki professor o‘qituvchilar uchun ham tajriba almashishga yo‘l ochilishiga imkon yaratildi. Seminar va mashg‘ulotlar quyidagi rejalashtirilgan jadval asosida olib borildi: 

12.03.2025-yil: Tashkilotchilar tomonidan kutib olindi va oldindan egallangan “ANDEA” mehmonxonasiga joylashtirildi.

13.03.2025-yil: “Karlov” universiteti kutubxonasida uchrashuv tashkil qilindi. Unda Karlov universiteti faoliyati haqida ma’lumot berildi. Tajriba almashish davomida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan muhokama olib borildi. “Methodology for creating educational programs at the university” mavzusida seminar tashkil qilindi. Nuqsoni borlar maxsus maktabiga tashrif buyurildi. “Rehabilitation for people with disabilities” nomli seminar tashkil qilindi.

2024-yil 11 -21-aprel kunlari top 1000 kiradigan Malayziya davlatining Sultan idris universitetida malaka oshirildi va talabalarga dars mashg‘ulotlar olib bordi, Shu bilan birga sertifikatni qo‘lga kiritdi.

Universiteti Pendidikan Sultan Idris (UPSI) — 1922 yilda tashkil etilgan, Malayziyada keng tarqalgan va o‘qituvchilar tayyorlaydigan eng qadimiy oliy ta’lim muassasalaridan biridir. Universitеt jamiyatda inklyuziv ta’limni targ‘ib qilish bo‘yicha faol ishlaydi.

UPSI manfaatdor xalqaro forumlarda ishtirok etadi — masalan, 2025-yilda Gonkongda bo‘lib o‘tgan “Bridging Borders Through Technology: Belt & Road Conference on Special Education” konferensiyasida, UPSI ikki kishi bilan keynote speaker sifatida qatnashgan. Ularda inklyuziv pre school ta’lim, video modelling autism bilan og‘rigan bolalar uchun va oilaviy mutaxassis o‘qituvchilar modeliga taalluqli mavzular ko‘rildi.

O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti bilan ham til va imo ishora tili bo‘yicha hamkorlik aloqalari mavjud bo‘lib, UPSIdan ilmiy delegatsiya sign-language (imo ishora tili) sohasida taqdimotlar o‘tkazmoqda.

UPSI’da inklyuziv ta’lim — bu shunchaki nogironligi bo‘lgan bolalar uchun alohida kurslar emas, balki butun jamiyatni qamrab oluvchi, teng huquqli va qulay ta’lim muhitini yaratishga  oʻzining beqiyos hissasini qoʻshdi. Qo‘shma ta’lim modeli (Mainstreaming), Nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar sog‘lom bolalar bilan birgalikda o‘qitiladi, lekin ularga moslashtirilgan materiallar va yordamchilar (tyutor, logoped, maxsus pedagog) beriladi. Ijtimoiy ishtirokni rivojlantirish talabalar inklyuziv muhitda faol ishtirok etadi, masalan: loyiha ishlarida, jamoaviy ta’limda, sahna chiqishlarida va sport musobaqalarida. AKT vositalaridan foydalanish. UPSI’da maxsus ta’limga moslashtirilgan interaktiv platformalar, mobil ilovalar, vizual materiallar, audio video darsliklar ishlab chiqilgan.

Abdullayeva Gavhar Saparovna — zamonaviy ta’limning dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan inklyuziv ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan tajribali pedagog va ilmiy tadqiqotchidir. U o‘z ilmiy izlanishlarida ayniqsa universitet o‘qituvchilarining metodik kompetensiyasini shakllantirish, maxsus pedagogika, logopediya, surdopedagogika  hamda zamonaviy o‘qitish metodlariga alohida e’tibor qaratadi.Abdullayeva G. S. tomonidan yozilgan muhim ilmiy maqolalardan biri:“Oliy ta’lim tizimida inklyuziv ta’lim sharoitida universitet o‘qituvchilarining metodik kompetensiyasini shakllantirish”Nashr etilgan: 2022-yil, International Journal of Social Science Research and Review jurnalida (Vol. 5, Issue 5, sah. 34–39). 

Maqolaning asosiy g‘oyasi: Bugungi kunda inklyuziv ta’lim sharoitida dars berayotgan pedagoglar zamonaviy metodlar va raqamli vositalarga tayanib ishlashi zarurligi yoritilgan. Muallif o‘z tadqiqotida o‘qituvchilarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, dars samaradorligini oshirish va nogironligi bo‘lgan talabalarni sifatli o‘qitishga alohida urg‘u beradi.   Xalqaro hamkorlik 2024-yil noyabr oyida Qozog‘istondagi Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universitetida bo‘lib o‘tgan tajriba almashish dasturi doirasida Abdullayeva Gavhar Saparovna nutq terapiyasi bo‘yicha maxsus ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Bu ishtirok, xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va o‘zbek tajribasini xorijiy oliy ta’lim muassasalariga yetkazish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Bundan tashqari, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, jamiyatda oila institutini mustahkamlash hamda yosh oilalar oʻrtasida ajrimlarni oldini olish, ayollar va yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilikni oldini olish hamda profilaktika qilish kabi dolzarb masalalarda zamonaviy interfaol uslublarni qoʻllagan holda turli seminar-treninglar olib bormoqda. Zamonaviy jamiyatda ta’limning inklyuziv modelga o‘tishi, ya’ni nogironligi bo‘lgan, turli rivojlanish darajasidagi bolalar va talabalar uchun teng imkoniyatlar yaratish muhim vazifa bo‘lib bormoqda. Abdullayeva Gavhar Saparovna aynan shu sohadagi muammolarni ilmiy asosda yoritib, ularni yechishga qaratilgan amaliy usullarni ishlab chiqmoqda.Uning tadqiqotlari:Ta’lim tizimida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun moslashgan dars metodlarini ishlab chiqishga yordam beradi;Universitet o‘qituvchilarining inklyuziv ta’lim borasidagi tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qiladi:Maxsus pedagogik metodikani raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirgan holda, yangi yondashuvlarni taklif etgan.

G.Abdullayeva oʻz kasbiy hamda jamoatchilik faoliyati bilan birgalikda ilmiy salohiyatini ham namoyon qilib kelmoqda. Turli ilmiy nashrlarda uning maqolalari e’lon qilingan. Jumladan, 2019-yilda “Метод социальных историй и его роль в Коррекционной  работе с детьми с РАС// Bola va Zamon научно-методический журнал”, 2020-yilda “Features of inclusive education with children with special educational needs in Uzbekistan   // The Bioscan, 2021-yilda “An Update on Functionalized Graphene Nanosheets as an Electrochemical Nano-Biosensors for Breast Cancer Detection: A Review”, 2022-yilda “Роль информационных технологий в обучении лиц с особыми образовательными потребностями в узбекистане / “Kognitiv yondashuv asosida boʻlajak oʻqituvchilarning metodik mahoratini rivojlantirish strategiyalari: muammolar, yechimlar”  мавзусидаги халқаро илмий-амалий анжумани”, “Особенности применения информационных технологий в обучении студентов с инвалидностью в условиях инклюзивного высшего образования узбекистана / “Kognitiv yondashuv asosida boʻlajak oʻqituvchilarning metodik mahoratini rivojlantirish strategiyalari: muammolar, yechimlar”  мавзусидаги халқаро илмий-амалий анжумани”, 2023-yilda “Особенности применения информационных технологий в обучении студентов с инвалидностью в условиях инклюзивного высшего образования узбекистана / “Kognitiv yondashuv asosida boʻlajak oʻqituvchilarning metodik mahoratini rivojlantirish strategiyalari: muammolar, yechimlar”  мавзусидаги халқаро илмий-амалий анжумани”, 2008-yilda Реабилитационная работа с детьми с нарушением слуха в условиях инклюзии  / “Kognitiv yondashuv asosida boʻlajak oʻqituvchilarning metodik mahoratini rivojlantirish strategiyalari: muammolar, yechimlar”  мавзусидаги халқаро илмий-амалий анжумани”, 2025-yilda Современная наука: проблемы, возможности и перспективы / “Наука 2025: проблемы, возможности и перспективы” мавзусидаги халқаро илмий-амалий анжумани konferensiyasi. Doklad mavzusi: “Inklyuziv ta'limda nutq o‘stirish texnologiyalarining o‘ziga xosligi”, 2025-yilda - Сorrectional and educational opportunities for the use of information technology in special education / “Global prospects for multidisciplinary research and education” Science Uzbekistan International Congress on Modern Sciences-IV mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari, Особенности применения информационных технологий в обучении студентов с инвалидностью в условиях инклюзивного высшего образования узбекистана / “Kognitiv yondashuv asosida boʻlajak oʻqituvchilarning metodik mahoratini rivojlantirish strategiyalari: muammolar, yechimlar”  мавзусидаги халқаро илмий-амалий анжуманга, ishtirok etdi. 2022-yilda professor G.Abdullayevaning “Maxsus va inklyuziv ta’limda AKTning o‘rni…” deb nomlangan kitobi nashrdan chiqdi. 

U oʻzining samimiyligi, kamtarinligi, Vatanga boʻlgan muhabbati, mehnatsevarligi, izlanuvchanligi, mo‘tabarligi, professional sohasiga sadoqati va yurtiga boʻlgan mehri bilan keng jamoatchilik, oilasi va mahallasi orasida katta hurmat qozongan.