Shoira Abdumajitovna 1995-yili Xalq maorifi a’lochi ko‘rak nishoni sohibasi.” 2025-yil 4-maydan 14-maygacha Turkiya Respublikasining Istanbul Universitetida tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish dasturida maktabgacha ta’lim pedagogikasi kafedrasining professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.
Mazkur dastur ta’lim sohasining eng dolzarb yo‘nalishlari – sun’iy intellekt, neyropedagogika, SMART boshqaruv, inklyuziv ta’lim va lingvodidaktika asosida shakllantirilgan bo‘lib, ta’limda innovatsion yondashuvlarni chuqur o‘rganishga, ilg‘or xalqaro tajribani tahlil qilish va uni O‘zbekiston ta’lim tizimiga tatbiq etish imkonini berdi.
Shoira Abdumajitovna Qibray tumanidagi o‘rta maktabda sakkiz yil boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida ishladi. 1992-yil aprelidan Qibray tuman xalq ta’limi bo’limida boshlang‘ich sinf va logopedlar metodisti, 1992-1999-yillar metodist-inspektor va tuman “Tashxis markazi” rahbari sifatida mehnat qilgan.
2000-yilda Toshkent viloyati Tashxiz markazida defektolog vazifasida ishlagan. 2001-2015-yilgacha Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi Respublika gimnaziyasida(tabiiy fanlarga ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi) direktor lavozimida ishlagan. 2005-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2019-yil 2-sentyabrdan Chirchiq davlat pedagogika institut ilmiy kengashining tanlovdan o‘tib, v.b. dotsent lavozimlarida faoliyat yuritgan. Abdurauf Fitratning tarbiya masalalariga bag’ishlangan 3 ta risola, 80 ga yaqin ilmiy maqola, 30 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar nashr etgan.
2023-yil dotsent unvonini olgan. Ilmiy yo‘nalishda “Abdurauf Fitrat pedagogik ta’limotidan foydalanishning modulli tizimi nazariy asoslari” mavzusida pedagogika fanlari doktori (DSc) darajasini olish uchun dissertatsiya ishini yakunlagan. Ish jarayonida 5 ta darslik, 3 ta risola va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.
Sh.Abdujalilova hozirgi davr talabini yaxshi idrok qilgan holda faol, vijdonan, fidokorona mehnat qilmoqda, hujjatchilik sohasida yuqori kasb mahoratiga ega. E’tiqodi mustahkam, siyosiy-ma’naviy saviyasi istiqlol davri talablariga to‘la javob beradi. O‘zining mehnatsevarligi, talabchanligi, to‘g‘ri so‘zligi, hozirjavobligi, mas’uliyatni yaxshi his etishi, bilimdonligi, atrofidagilarga mehribonligi va doimo yordamga tayyorligi bilan jamoamizda, mahalla jamoatchiligi orasida yaxshi obro‘-e’tibor qozongan. Qirg‘iziston Respublikasi “Qirg‘iz Turk Manas Universitetida “Jadid bobolarimiz izidan(Abdurayf Fitrat ta’limoti misolida)” master-klass mashg‘uloti muvoqiyatli etiroflarga sazovor bo‘ldi.
U yaxshi oila bekasi hamdir, turmush o‘rtog‘i, 2 nafar farzandi, 3 nabirasi bor.
Shoira Abdumajitovna bir qancha darslik va o‘quv qo‘llanmalar muallifi. Shulardan “Maxsus pedagogika”,“Umumiy pedagogika” “Pedagogik mahorat”, “Davolovchi pedagogika”, “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”, “Inklyuziv ta’lim Gospital pedagogika” darsliklari bo‘lajak pedagoglarga ilmiy manba sifatida xizmat qilmoqda.