MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

TOSHPO’LATOVA NARGIZAXON MAMARIZAYEVNA

TOSHPO’LATOVA NARGIZAXON MAMARIZAYEVNA

Farg‘ona viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish Milliy markazida “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchisi

Toshpo‘latova  Nargizaxon Mamarizayevna 1978-yil 29-may kuni Farg‘ona viloyatining   Marg‘ilon shahrida  tug‘ilgan. Otasi Toshpo‘latov  Mamarizojon - Muhandis (nafaqada). Onasi Hasanova Rohilaxon - Marg‘ilon shahar 29-umumta’lim maktabining chet tili fani o‘qituvchisi (nafaqada). Oilada 5 farzandning biridir. Marg‘ilon shahar 29-umumta’lim maktabida o‘qib, tahsil olgan. Maktabda o‘qib yurgan vaqtida turli tadbirlar hamda fan olimpiadalarida ishtirok etgan. Xorijiy  tillardan ya’ni nemis tili fanidan 2 marta Respublika olimpiadasida ishtirok etgan. Onasi Rohilaxon Hasanova Nargizaxonning hayotdagi va maktabdagi ustozidir. Shuningdek, Nargizaxonga o‘qituvchilik kasbiga havas uyg‘otdi. Toshpo‘latova Nargizaxon 1995-yilda Farg‘ona davlat universitetining xorijiy tillar filologiya fakultetiga o‘qishga kirib, 1999-yilda  roman-german filologiyasi fakultetini bakalavr darajasini  imtiyozli  diplomga yakunladi. 1999-yilda Farg‘ona shahar 19 - maktabda xorijiy tillar fani o‘qituvchisi  lavozimida  ish boshlagan. Xorijiy rus, nemis, ingliz, lotin tillarini biladi. 2001-yildan boshlab Marg‘ilon shahar maktablarida faoliyat olib borgan. 2007 - yil Farg‘ona Davlat Universitetining pedagogika magistratura  yo‘nalishiga o‘qishga kirdi. 2007-2009 yillar Magistratura davrlari. 2009 - yil  Farg‘ona Davlat Universitetida “Uyg’onish davri mutafakkirlarining  pedagogik qarashlari” Magistrlik dissertatsiyani yozib, muvaffaqiyatli himoya qildi. 2009 - yilda Pedagogika bo‘yicha Magistr darajasini olgan.       

2014 - yildan boshlab Farg‘ona viloyati  Pedagoglarni  yangi metodikalarga o‘rgatish  Milliy markazida faoliyatini boshladi. Ayni vaqtda Farg‘ona viloyati  Pedagoglarni  yangi metodikalarga o‘rgatish  Milliy markazida “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasining “Pedagogning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish” fani o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib boradi. 

2021-yilda Qozog‘iston Respublikasi Nur-Sultan shahrida bo‘lib o‘tgan “1- Xalqaro kitob taqdimoti” Xalqaro ko‘rik tanlovida ishtirok etib, 1-o‘rinni egallab, g‘olib bo‘ldi. “Fan va ta’limga qo‘shgan hissasi uchun” Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida 2021- yilning “Eng faol pedagogi” nomli ilmiy unvonga sazovor bo‘ldi.   

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan muhim ustuvorliklarni  ijrosini ta’minlash, amalga oshirilayotgan  islohotlarda  faol  ishtirok etayotgan yutuqlarda, samarali ilmiy faoliyatda alohida o‘rnak bo‘layotgan fuqarolarni munosib taqdirlash maqsadida Mustaqil  Davlatlar  Hamdo‘stligi  miqyosida tashkil etilgan “Tashabbuskor islohotchi” tanlovini o‘tkazish belgilangan. 2022-yilning 24-25- sentyabr kunlari Samarqand shahrida “Tashabbuskor islohotchi” tanlovida ishtirok etgan g‘oliblarni taqdirlash tadbiri  bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda  Toshpo‘latova Nargizaxon Mamarizayevna “Tashabbuskor  islohotchi” unvoni bilan taqdirlandi. 

Toshpo‘latova Nargizaxon Mamarizayevna “Best Publication” ilmiy tadqiqotlar markazining sertifikat, diplom, tashakkurnoma, esdalik nishoni, belgisi, guvohnoma hamda sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Toshpo‘latova Nargizaxon Farg‘ona viloyati  Pedagoglarni  yangi metodikalarga o‘rgatish  Milliy markazida tinglovchilarga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni belgilangan tartibda olib borib,ularning hurmatiga sazovor bo‘lib kelmoqda.U tinglovchilar uchun,davra suhbatlari o‘tkazish tajribasiga, guruhda ishlay olish malakasiga ega. Shuningdek, Toshpo‘latova Nargizaxon o‘z ustida tinmay izlanadi,doimiy ravishda o‘z malakasini, siyosiy, ilmiy-nazariy va metodik saviyasini oshirish ustida qat’iyat va sabr-toqat bilan ishlaydi. 

Viloyat miqyosidagi ta’lim maskanlarida  o‘tkaziladigan turli ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlarda ishtirok etadi. Viloyatdagi barcha ta’lim maskanlarida seminar-treninglar tashkil etadi.

Olgan bilim va egallagan malakalarini hamkasblari,tinglovchilarga yetkazish va yoyish, ushbu yo‘nalishda qo‘llanma va ishlanmalar  yaratishda ishtirok etish qobiliyatiga ega. Tayyorlagan ilmiy maqolalari bilan xalqaro va respublika ilmiy konferensiyalari, ilmiy jurnallarda  faol ishtirok etib kelmoqda. 2022-y "O‘zbekiston iftixorlari” to‘plam kitobi uchun tarjimai hol ma’lumoti jo‘natildi. 

Toshpo‘latova Nargizaxon jahon faylasuflari, mutafakkir, shoirlarining asarlarini rus, nemis, ingliz tillaridan o‘zbek tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanadi. Kelgusida ushbu tarjimalarni to‘plam kitobda taqdim etmoqchi.   

Maqsadi - Jahon mutafakkirlari hamda adiblarining faoliyatini tarjima qilib, ommalashtirish. Xalqimizni ushbu noyob qo‘lyozma asarlar bilan tanishtirish.

Hozirda Toshpo‘latova Nargizaxon “Haynrix Hayne” asarlari o‘zbek tiliga  qilingan tarjimalari matnining leksik-semantik tadqiqi” mavzusidagi - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.

U samimiy, ijodkor, yangilikka intiluvchi, izlanuvchan, tashabbuskor, jur’atli, to‘g‘riso‘z, ma’naviy yetuk, doimo mehribon va   ga‘mxo‘r inson. Pedagoglarni  yangi metodikalarga o‘rgatish  Milliy markazi faoliyatidagi barcha ishlarni bajarishda uning alohida o‘rni bor. Toshpo‘latova Nargizaxon Mamarizayevna kelgusida o‘z ustida ishlashni davom ettirib, sidqidildan mehnat qilib, pedagoglik sharafli ishida o‘zining beminnat yordamini ayamaydi hamda O‘zbekiston Respublikasining gullab - yashnashiga o‘z munosib hissasini qo‘shadi.