MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

YULDASHEV ULMASBEK ABDUBANAPOVICH

YULDASHEV ULMASBEK ABDUBANAPOVICH

Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti katta oʻqituvchisi

Yuldashev Ulmasbek Abdubanapovich 1989 - yil 7 - sentyabrda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida ishchi oilada tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.

1996-2005 - yillar Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani A.Mamatov nomli 10-oʻrta taʼlim maktabida oʻqigan. 2005-2008 - yilda Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Akademik litseyi, aniq fanlar yoʻnalishida oʻqigan.

2008-yil Toshkent shahridagi 72219-sonli harbiy qismda katta oʻqchi lavozimida muddatli harbiy xizmatni oʻtadi.

2009-2013-yillarda Guliston davlat universiteti Fizika – matematika fakulteti Amaliy matematika va informatika yoʻnalishida oʻqidi.

2010 yil Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan “Dasturlash” boʻyicha jahon chempionati chorak finalida yuqori natijalar bilan qatnashib, yarim final bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.

2013-yil Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Kompyuter grafikasi” fanidan oʻtkazilgan Talabalar Respublika fan olimpiadasida faxrli 3-oʻrin egasi.

2013-yilda Guliston davlat universitetida “Fizika va matematika” fakultetida metodist boʻlib ishga qabul qilingan.

2014-2016-yillarda Guliston davlat universitetining Fizika – matematika fakulteti “Talimda axborot texnologiyalari” boʻyicha magistratura mutaxassisligini  tamomlagan.

2016-2017-yillarda Guliston kompyuter va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasiga informatika fani katta oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.

2017-yil Guliston davlat universiteti Maʼnaviyat–maʼrifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash uslubchisi, 2018-2022-yillar Fizika-matematika fakulteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi oʻqituvchisi boʻlib ishlagan

2022-y-x.v. Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi katta oʻqituvchisi boʻlib ishlab kelmoqda.

Faoliyati davrida 3 ta SCOPUS bazasida indekslanuvchi ilmiy maqolalar, 8 ta OAK tarkibiga kiruvchi jurnallarda ilmiy maqolalar va xalqaro konferensiyalarda ilmiy
ishlanmalari bilan ishtirok etgan.

Ilmiy-uslubiy ishlarda esa OTM talabalari uchun 1ta hammualliflikda darslik hamda 3 ta mualliflikdagi va 2 ta hammualliflikda oʻquv qoʻllanma, 5 ta uslubiy koʻrsatmalar nashr qilgan hamda OTM va texnikumlar uchun hammualliflikda 1 ta oʻquv qoʻllanma va, 30 dan ortiq EHM uchun dasturiy guvohnomalar muallifi.

2023-yil 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) doktorantura yoʻnalishiga mustaqil izlanuvchi sifatida qabul qilindi.

Guliston davlat universitetining “Kompyuter grafikasi va web dizayn” nomli toʻgarak rahbari.

“Ustoz – shogird” anʼanasini davom ettirish maqsadida rahbarligi asosida 2022-yil Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti talabasi Samatboyeva Marjona Bahtiyor qizi “Mirzo Ulugʻbek” nomidagi davlat stipendiyasi gʻolibi hamda Guliston davlat universiteti tomonidan tashkil qilingan “Same Samadov” nomli universitet stipendiyasiga ham sazovor boʻldi, Sariboyev Samandar Komiljon oʻgʻli IT Park rezidenti, Gʻaniyev Temur Komil jon oʻgʻli “Mirzo Ulugʻbek” vorislari Respublika gʻolibi, Xalqaro fan olimpiada final bosqichi ishtirokchisi, “Yosh dasturchilar” forumi gʻolibi.