1983-yil 19-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi aʼzosi. 2008-yili Yu. Rajabiy nomidagi Toshkent pedagogika kollejini, 2021-yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetining jismoniy madaniyat yoʻnalishini bitirdi.
2008-2010 yillarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 43-son umumtaʼlim maktabida boshlangʻich sinflarda jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, 2010-2011 yillarda Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 312-son umumtaʼlim maktabida boshlangʻich sinflarda jismoniy tarbiya oʻqituvchisi lavozimida ishlagan.
2012-yildan buyon Uchtepa tumanidagi 238-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida jismoniy tarbiya oʻqituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. Shu davrlar mobaynida “Jismoniy tarbiya va sportga oid tushuncha va atamalar” nomli uslubiy qoʻllanma hamda Xalqaro va Respublika miqyosidagi jurnallarda 20 dan ortiq maqolalar muallifi.
Respublika taʼlim markazi huzuridagi ilmiy-metodik kengashining (2023-yil 30-martdagi 1-sonli) qarori asosida AA00060 raqamli sertifikatni qoʻlga kiritgan.
Mutaxassisligi boʻyicha oʻqituvchilarga metodik tavsiya sifatida 2 ta uslubiy qoʻllanma chop etib, tumandagi 31 ta maktablarga (Asos: Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Ilmiy kengashi yigʻilishining 2023-yil 3-apreldagi 3-son bayonnomasi va vedomost) tarqatildi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetning Axborot-resurs markaziga (Asos: 27.02.2-23 yildagi tuzilgan dalolatnoma) taqdim etildi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida “Taʼlim media group” kompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan “Novator oʻqituvchi-2023” Respublika ijtimoiy-maʼrifiy tanlovida maxsus sovrin egasi deb topilib, pedagogik jamoa guvohligida sertifikat bilan taqdirlangan. (Asos: Kompaniyaning 2023-yil 24-maydagi 17/05-23-son xati).
Maktabgacha va maktab vazirligi muassisligida faoliyat koʻrsatib kelayotgan “Boshlangʻich taʼlim” jurnalida sohamga tegishli bir necha ommabop maqolalari (Asos: 2023/1, 2023/10- sonli jurnallar) chop etilgan hamda Respublika onlayn konferensiyasida dolzarb mavzudagi maqola bilan faol qatnashganligi uchun sertifikatga ega boʻlgan. Noyob mavzulari mahsuli “Maʼrifat” (10.01.2023, 5.04.2023) gazetasidan oʻrin olgan. Respublika taʼlim markazi hamkorligidagi Al Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada maktabi tomonidan Respublika miqyosida oʻqituvchilar oʻrtasida (khiso.uz platformasi orqali) oʻtkaziladigan olimpiadada muvaffaqiyatli ishtiroki uchun bir necha sertifikatlar (13.01.2023, 21.01.2023, 21.05.2023, 16.08.2023, 07.07.2023, 07.10.2023, ) bilan taqdirlangan.
1-oktabr “Oʻqituvchi va murabbiylar ” kuni munosabati bilan “ADOLAT” SDP Toshkent shahar kengashi tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlangan. 2023 yilning may oyida faoliyat koʻrsatib kelayotgan tashkilotning rasmiy telegram kanalida oʻtkazilgan
“Yilning eng yaxshi jismoniy tarbiya oʻqituvchisi” tanlov soʻrovnomasida eng koʻp ovoz toʻplab gʻolib boʻlgan. Ijtimoiy tarmoqlarda: Ziyolilar minbari: “Taraqqiyot poydevori ustozlarning qoʻlida” shiori ostida oʻtkazilgan Respublika tanlovining “Eng yaxshi jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi” nominatsiyasi boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritib, oliy darajadagi diplom (2023-yil fevral) bilan taqdirlangan. Kreped.uz platformasiga tegishli “Eko tizim” (02.11.2023) hamda “Kreativ pedagog” onlayn kursini aʼlo darajada oʻzlashtirganligi uchun sertifikat bilan (11.08.2023) taqdirlangan. 2023-yilda yosh avlodga bilim va tarbiya berishda alohida oʻrnak koʻrsatgan, barkamol avlodni III renessans davri gʻoyalari ruhida tarbiyalashda munosib hissa qoʻshgani uchun Uchtepa tuman hokimi tomonidan “Faxriy yorliq” bilan taqdirlangan. “Yangi Oʻzbekistonda maʼnaviyat sohasidagi tadqiqotlarning monitoringi va optimallashtirishning dolzarb vazifalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-konferensiyasida maqola bilan ishtirok etib, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti tomonidan sertifikat (8.11.2023; UOʻK 13.0 (095); KBK: 71.061.; ISBN-978-9910-9499-1-3.) bilan taqdirlangan.1 oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi deputati J.Ismanov tashabbusi bilan OʻzLiDeP guruhi hamda Maktab va maktabgacha taʼlimi boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan “Taʼlim islohoti — taqdirimiz mezoni” tanlovida qatnashib, tayyorlagan ijodiy materiali lozim topilib, hokimlik binosida sovgʻa va pul mukofoti (2023-yil 28-sentabrda) topshirilgan. Bulardan tashqari shaxsiy tashabbusiga koʻra, Respublika Taʼlim Markazi tomonidan mutaxassisligi boʻyicha onlayn-seminar oʻtkazib turadi. Turli ochiq dars va sport tadbirlari rasmiy veb-saytlarda (https://youtu.be/Uil7BMiE8EI; https://youtu.be/kgSf-7NwlAY?si=f195TJT3Kq0YgZgT; https://youtu.be/Nk0DfoSZSd0?si=5pPfc7kiWcR2TKai) yoritib keladi.