Yavkacheva Madinabonu Baxtiyorjonovna 2005 yil 23 iyulda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug‘ildi. Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 147 – umumtaʼlim maktabiga qabul qilindi.
Jamiyatimiz taraqqiyot yo‘lini rivojlantirishda ish faoliyati davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarni, Vatanimiz maʼnaviy – madaniy hayotida yosh avlodni har tomonlama yetuk, sog‘lom qilib tarbiyalashda ota – onalar masʼuliyatli yondashishi lozim. Shu sababli, Madinabonu bolalik davridan boshlab turli yo‘nalishdagi sohalarga jalb etildi.
2008 - 2010 yillar. Shayhontahur tumanidagi “ АSАL ” bolalar raqs guruhida raqqosa sifatida tanildi. Katta tezlikli raqslarga tushayotganda tajriba va ehtiyotkorlik talab etiladi. Bolada ehtiyotkorlik hissini rivojlantirishda raqsning ahamiyati kattadir.
2010 - 2014 yillar. Teleradiokompaniyasining “ Bulbulcha ” Аshula va raqs ansambli bolalar xor gruppasida yakkaxon solisti bo‘lib qatnashgan.Bulbulcha — Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi bolalar katta xori. Oʻzbekistonda eng mashhur va yirik bolalar xor jamoasi, xor uslubida kuylash sanʼatining faol targʻibotchisi.
Sportning maqsadi insonlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash va umumiy jismoniy rivojlantirish bo‘lganligi sababli, 2013 – 2017 yillarda O‘zbekiston Shotokan karate – DO Аssotsiatsiyasida sport bo‘yicha o‘z qobiliyatlarini rivojlantirdi va quyidagi yutuqlarga yillar davomida erishdi:
Maktabda oʻquvchilik davrlarida turli xil tanlov, fan olimpiadalarida faol qatnashdi. Jumladan, 2022 yilda fizika fani boʻyicha Oʻzbekiston Milliy Universitetida oʻtkazilgan fan olimpiadasida 1- beshtalikda oʻrin egalladi.
Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 204 – umumtaʼlim maktabini aʼlo baholarga tamomlab, 2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi Аdliya Vazirligi Toshkent shahar yuridik texnikumiga o‘qishga qabul qilindi.
M.B.Yavkacheva oʻqish davomida oʻzining maʼsuliyatliligi, oʻqishga boʻlgan ishtiyoqi, keng dunyoqarashi, bilimga chanqoqligi hamda chuqur nazariy va mustaqil fikrlay oladigan ёш sifatida oʻzini koʻrsatdi hamda тенгдошларидан oʻz tashabbuskorligi, ziyrakligi, mehnatsevarligi va ijodkorliligi bilan ajralib turadi. Oʻz ustida ishlashni yaxshi koʻradigan talabchan, tirishqoq, maʼnaviy dunyo qarashi keng mehnatsevar. Taʼkidlab oʻtish kerak boʻlgan jihatlardan biri, u iqtidorli talabalar qatorida barcha fanlarni “aʼlo” baholarga oʻzlashtirishi bilan birga, xorijiy tillardan o‘zbek, rus, ingliz, koreys tillarni mukammal oʻrgangan.
Shu sababli, 2023 йил «Scientific Publication» ilmiy matbuot markazining qaroriga asosan, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi miqyosida tashkil etilgan xalqaro tanlovda qatnashib, «THE BEST STUDENT OF THE CIS»” Esdalik Koʻkrak nishoni, Maxsus Guvohnoma, Maxsus Sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
“Fan va innovatsiyalar akademiyasi” tomonidan tashkil etilgan “Olimlar bayrami” munosabati bilan 2023 yil 23 dekabr kuni “ TURKISTON” sanʼat saroyida yilning eng tantanali bayrami “ Olimlar bayrami” boʻlib oʻtdi. “SCIENCE INNOVATION” xalqaro ilmiy jurnali, Uzreport – TV telekanali tomonidan tashkil etilgan ushbu bayramda “ Yil olimlari” ni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali tashabbusi bilan har yili dekabr oyida tashkil etiladigan ushbu bayram Oʻzbekistonning eng taniqli olimlarini bir manzilga jamladi.
M.B.Yavkacheva nafaqat ilmiy sohada, balki oilaviy – axloqiy jihatdan va ijtimoiy faoliyat sohasida ham namunali inson sifatida tanilgan. Toshkent shahar yuridik texnikumida u oʻziga topshirilgan ishni halol va maromiga yetkazib bajaradi. Intizomi va printsipialligi bilan jamoada obroʻ qozongan,bajariladigan jamoat ishlarida faol qatnashib kelmoqda M.B.Yavkacheva jamoat orasida toʻg‘risoʻz, maʼnaviy yetuk, oʻz tengdoshlariga nisbatan doʻstona munosabatda boʻlganligi sababli, “ Аviasozlar ” mahallasida “ Maʼnaviyat va kitobxonlikni targ‘ib qilish” boʻyicha mahalla sardori sifatida faoliyat olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning har tomonlama barkamol boʻlib voyaga yetishlari uchun zarur shart – sharoitlar yaratib berishda 4- tashabbus “ Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish boʻyicha mahalla sardori sifatida yoshlar oʻrtasida uchrashuvlar tashkil etadi.
Mahalla sardori sifatida yoshlar orasida maʼnaviy va maʼrifiy ishlarni olib boradi. Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida mahalla yoshlari oʻrtasida kitobxonlik boʻyicha tadbir oʻtkazilib kelinmoqda. M.B.Yavkacheva naʼmunali, iqtidorli, katta intellektual va ilmiy potensialga ega.