MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

XUDAYBERDIYEVA CHAROS KURDASHEVNA

XUDAYBERDIYEVA CHAROS KURDASHEVNA

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tayanch doktoranti

Xudayberdiyeva Charos Kurdashevna   1987-yil  12-avgustda Toshkent viloyati Angren shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan.Millati oʻzbek, maʼlumoti toʻliq oliy, Oʻzbekiston respublikasi fuqarosi.  1994-2003-yillari 15-umumtaʼlim maktabida boshlangʻich sinfni, Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 178-maktabda yuqori sinflarni tamomlagan. 2003-2006-yillari – Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi Sobir Raximov nomidagi tibbiyot kollejida tahsil olgan. 2006-yilda I-Toshkent tibbiyot institutini davolash ishi fakulteti bakalavriga kontrakt asosida oʻqishga kirgan. Oilaviy sharoiti tufayli oʻqishni davom ettira  olmagan.

2009–yilgacha “OXYMED”da dorixona mudirasi lavozimida ishlagan. 2009-2016-yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida I-pediatriya fakulteti bakalavrida grant asosida tahsil olgan. Oʻqib yurgan yillarida Respublika tanlovlarida faol ishtirok etib faxrli oʻrinlarni egallagan. Oʻqish davomida “Tibbiyotda yangi kun” va boshqa jurnallarda bir nechta maqolalari chop etilgan. Bakalavrni imtiyozli diplom asosida tamomlab 2016-yilda Toshkent Pediatriya Tibbiyot institutining “Yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklari” fakultetiga  magistraturaga oʻqishga kirgan. 2019-yilda Magistraturani ham imtiyozli yakunlab ToshPTI klinikasiga epidemiolog shifokor lavozimiga ishga kirgan.

2020-yilda “Covid-19 pandemiyasi” davrida Respublika maxsus 2-son Zangiota  shifoxonasida Vrach infeksionist lavozimida ishlagan. Shu yili IIB vaqtinchalik covid shifoxonasi 1B blok infeksionist shifokori lavozimida 3 oy muddatda faoliyat yuritgan.

 

2022-yilda Toshkent Pediatriya tibbiyot institutiga “14.00.10-yuqumli kasalliklar” ixtisosligiga tayanch doktoranturaga oʻqishga kirgan. Hozirgi kunda tayanch doktoranturaning 3-kursida tahsil olmoqda va dissertatsiya himoyasi arafasida.  “Наука и образование: Актуальные вопросы достижения и инновации в медицине сборник науных трудов” nomli xalqaro konferensiyasida “Эпидемиологические аспекты кожного лейшманиоза в Узбекистане” va “Surnkali brutsellezda seromukoidlar miqdorining oʻzgarishi” mavzularidagi maqolalari bilan ishtirok etgan. 2024-yil aprel oyida “Scientific Academy”  ilm - maʼrifat markazi tomonidan tashkil etilgan "YOSH TADQIQOTCHI" tanlovida ishtirok etib koʻkrak nishon bilan taqdirlangan va "ILM-FAN ZIYOSI"  xalqaro ilmiy-amaliy tanlovidagi faol ishtiroki uchun esdalik sovgʻalar bilan taqdirlangan.

Ch.K. Xudayberdiyeva ilmiy-ijodiy faoliyat bilan bir qatorda tashkiliy ishlarni ham muvaffaqiyatli amalga oshirgani uchun faxriy yorliqlar va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

Doktoranturada oʻqish jarayonida dissertatsiya ishiga oid 5 dan ortiq maqolalar va tezislar, uslubiy tavsiyanomalar, EHM guvohnomalar nashr etgan. Uning ilmiy-tadqiqot faoliyati serhosil boʻlib, shu davrga qadar Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya toʻplamlarida 30 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilgandir. Ch.Xudayberdiyeva Xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarning faol ishtirokchisidir.