MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

XASANOV MAXPIRALI SOLIYEVICH

XASANOV MAXPIRALI SOLIYEVICH

Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyati “Abdulxamid Choʻlchon” jamot fondi aʼzosi

Xasanov Maxpirali Soliyevich - 1968 yil 20 fevralda Fargʻona viloyati Dangʻara tumanida ziyoli oilasida tavallud topgan. Mehnat staji 17 yil.

M.S.Xasanov oʻz mehnat faoliyatini 1983 yildan 1986 yilga qadar «Qoʻqon tarixiy meʼmoriy obidalarini taʼmirlash» korxonasida naqshlarni taʼmirlovchi ishchi boʻlib ishlash bilan boshlagan. 1986 yildan 1988 yilga qadar Perm viloyatining Beriznika-23 shaharchasida xarbiy xizmatda boʻlgan. 1989 yildan 1999 yilgacha Qoʻqon “Koʻn xrom” zavodida ishchi boʻlib ishlagan. 1998 yildan 2011 yilgacha Dangʻara tumanidagi avtomobil extiyot qismlari “Mastona” bozorida sotuvchi boʻlib ishlagan. 2019 yil Bogʻdod tumani xokimligi tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Bahoriy sheʼrlar” tanlovida faxrli oʻrinlardan birini egallab, tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

2020 yildan buyon Qoʻqon adabiy muxitida voyaga yetib, Muqimiy va Charxiy kabi soʻz zargarlariga xavas qilib, nazm boʻstonda toblanayotgan shoir, ijodkor M.Xasanovning ijodiy ishlari Qoʻqon shahar “Qoʻqon sadosi” gazetasi va Toxir-Bogʻdod televidiniyasida yoritilib kelinmoqda. Shoir qogʻozga tushirayotgan xar bir soʻzini qadrlaydi, uni qalbining gavhari deb biladi, ijodkorning tabi nazmida xaqiqiy oʻzbekona lutf, oʻziga xos va mos falsafa, sokinlik, shukronalik va betakror oʻxshatishlar ustivordir. Ijodkor sheʼrlarini oʻqir ekansiz Ona Vatanga boʻlgan muxabbat, mustaqillik matxi bosh mavzu sifatidagi misralari bizni shukronalik tuygʻularini qalblarga joylaydi.

Shoirning 2020 yildan beri olib borayotgan faoliyati davomida 17dan ortiq vidio roliklari ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilib kelinmoqda. Jumladan, “Umr saboqlari” 2020 yil yanvar, “Yurt qadrini yuksaltirgan yurt boshi” 2020 yil avgustdan shu kunga qadar sheʼriy toʻplamlari bilan adabiyotimizni rivojiga katta hissa qoʻshib, umuman olganda, M.S.Xasanov oʻz ijod faoliyatida maʼnaviyatimizni yuksaltirishga, adabiyotimiz rivojiga butun vujudi bilan intilib fidoyilik koʻrsatib kelmoqda. Hayotiy tajribaga ega, oliyjanob kamtarin inson.

2024 yil “Abdulxamid Choʻlpon” jaoat fondining “Abdulxamid Choʻlpon” nomli estalik nishoni bilan, 2024 yil 19 iyun kuni “Jadid izdoshlari” estalik nishoni bilan taqdirlangan.