Xalilova Kamola Abdulxodi qizi 1992-yil 18-fevralda Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida ziyoli oilada tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.
1999-2008- yillarda Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 98-umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻqigan.
2008-2011- yillarda Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining “Aloqa liniyalari va ularga xizmat koʻrsatish” yoʻnalishida tahsil olgan.
2012-2016-yillarda Toshkent davlat agrar universitetining Oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish yoʻnalishi boʻyicha tahsil olib bakalavr darajasiga erishgan.
2016-2016-yillarda Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazida katta ilmiy xodim lavozimida ishlagan.
2016-2018-yillarda Toshkent davlat agrar universitetining Oʻrmonchilik yoʻnalishida oʻqigan va magistr darajasini olgan.
2018-2021-yillarda Toshkent davlat agrar universitetining Oʻrmonchilik kafedrasida assistant lavozimida ish faoliyatini olib borgan.
2021-yildan hozirgi kunga qadar Oʻrmonchilik va landshaft dizayn kafedrasida katta oʻqituvchi sifatida oʻz faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.
Oʻrmonchilik kafedrasining bakalavr taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan muntazam ishlab shogirdlar chiqargan.
2019-yilda BMTning Yerlar holatini qayta tiklash boʻyicha 6 oylik oʻquv dasturi stipendiyasini qoʻlga kiritgan va Oʻzbekiston nomidan ushbu stajirovkada 2007-yildan buyon ishtirok etgan 7-ishtirokchi hisoblanadi. Dastur doirasida Islandiya qishloq xoʻjaligi universitetida 6 oy davomida oʻzining ilmiy loyihasini amalga oshirgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-martdagi №101-F—sonli farmoyishiga asosan tasdiqlangan
“Oʻzbekiston Respublikasida 2021-2022-2023-yillarda xalqaro va respublika miqyosida oʻtkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi” ga asosan 2021-yildan buyon Oʻrmonchilik va landshaft dizayn kafedrasi tashkil etib kelayotgan “Barqaror oʻrmonchilik” xalqaro konferensiyaning asosiy tashkilotchilaridan biri hamda tahrir hayʼati aʼzosi hisoblanadi.
K.Xalilova ilmiy va pedagogik faoliyati bilan birgalikda koʻplab ilmiy va ijtimoiy loyihalarda doimiy ravishda ishtirok etib oʻzining malakasini oshirib keladi. Jumladan:
2020-yil 6-20-iyul “Global iqlim oʻzgarishi sharoitida qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish” onlayn Xalqaro ilmiy yozgi maktab 2020 ishtirokchisi;
2020-yil 26-may – 9-iyun, Qozogʻiston Milliy universiteti Xalqaro yozgi maktab ishtirokchisi;2020 yil 14-18 dekabr “Barqaror rivojlanish uchun TKTni yashillashtirish” onlayn mintaqaviy dasturi ishtirokchisi;
2021 yil 25 iyun Toshkent davlat agrar universitetida “Oʻsimlikchilik va urugʻchilikni innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari” konferensiyasi ishtirokchisi;
2021 yil 9-10 dekabr “Oʻzbekiston oʻrmon xoʻjaligi tizimida gender tengligi strategiyasini amalga oshirish” mavzusidagi xalqaro konferensiya;
2022 yil 17-noyabr “Oʻrmonlar ayollar qoʻlida, Ha biz oʻrmonchilik qilamiz” xalqaro konferensiyasi Sloveniya;
Yuqoridagilar bilan bir qatorda Sogʻlom turmush tarzini targʻib etuvchi Universitet va vazirlik idoralar tomonidan tashkil etiladigan sport musobaqalarida doimiy ravishda faol ishtirok etib bir necha bor sovrinli oʻrinlarni egallagan.
2016 yildan buyon bir nechta loyihalar, jumladan 2016-2017 yillarda Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy tadqiqot institutida amalga oshirilgan “Oʻrmon entomofaglarini laboratoriya sharoitida yetishtirish va ulardan zararli xashoratlarga qarshi kurashishda foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish” ilmiy loyihasida katta ilmiy xodim, 2021-2022-yillarda Oʻrmonchilik va landshaft dizayn kafedrasida amalga oshirilgan “Asal beruvchi daraxt, buta turlari va ularning plantatsiyalarini joylashtirish texnologiyasi” nomli ilmiy-amaliy loyiha xamda, FAO tashkiloti va Oʻrmonchilik va landshaft dizayn kafedrasi bilan hamkorlikda bajarilgan “Oʻzbekistonning togʻ va vodiy oʻrmonlarini barqaror boshqarish” xalqaro loyihalarida faol ishtirok etgan.
Hozirda “Pirakanta (pyracantha) kо‘chatlarini intensiv yetishtirish texnologiyasi va uning plantatsiyasini yaratish asoslari” mavzusidagi ilmiy ishini yakuniga yetkazish va Qishloq xо‘jaligi fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yakuniy bosqichlarda.
Jami 40 dan ortiq oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlar, jumladan: 1 darslik, 2 oʻquv qoʻllanma, 2 monografiya, 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 2 ishlab chiqarishga tavsiyanoma, 1 uslubiy qoʻllanma, 5 ta namunaviy dasturlar muallifi.