MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

XAITOVA SHAXNOZAXON GʻOLIBJON QIZI

XAITOVA SHAXNOZAXON GʻOLIBJON QIZI

Navoiy Davlat Pedagogika Institutining mustaqil izlanuvchisi

Xaitova Shaxnozaxon Gʻolibjon qizi 1996-yil 30-sentyabrda Navoiy viloyati Karmana tumanida ziyoli oilada tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, Oʻzbekiston respublikasi fuqarosi.

2003-2012-yillar Karmana tumanidagi 4-umumtaʼlim maktabida oʻqigan va u yerni imtiyozli shahodatnoma bilan bitirgan.

2012-2015- yillar Navoiy viloyatidagi Navoiy Davlat Pedagogika Instituti qoshidagi 1-akademik litseyda taʼlim olgan.

2015-yilda Navoiy Davlat Pedagogika Institutining Fizika va astronomiya oʻqitish metodikasi taʼlim yoʻnalishiga eng yuqori ball bilan davlat granti asosida oʻqishga kirgan va 2019-yilda mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan tugallagan.

2019-2021- yillar Navoiy Davlat Pedagogika Institutining aniq va tabiiy fanlar oʻqitish metodikasi(fizika va astronomiya) mutaxassisligi boʻyicha magistratura bosqichida  Davlat granti asosida  tahsil olgan.

2018-2022-yillar Karmana tumanidagi 4-umumtaʼlim maktabida, 2022-yildan hozirgacha Zarafshon shahridagi 13-ayrim fanlar chuqurlashtirib oʻqitiladigan ixtisoslashtirilgan maktabda oʻqituvchi sifatida ishlab kelmoqda.

2022-yildan buyon Navoiy Davlat Pedagogika Institutining mustaqil izlanuvchisi sifatida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Xaitova Shaxnoza Xalqaro va Respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy amaliy konferensiyalarning faol ishtirokchisidir.

2022-2024-yillar oraligʻida 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari Respublika va Turli Xalqaro jurnallarda chop etildi.

2021-2024-yillarda ustozlari bilan birgalikda va yakka mualliflikda yaratilgan 8 ta elektron oʻquv qoʻllanmalar uchun patent olgan

2024-yilda talabalar, oʻquvchilar va boshqa astronomiyaga qiziquvchilar uchun ingliz,rus va oʻzbek tilidagi lugʻatlar joylashtirilgan “Astronomik atamalar lugʻati” mobil ilovasi yaratdi.

2024- yilda ustozlari bilan “STEAM taʼlim tizimida fizika va astronomiyani oʻqitish” nomli darsligi nashr etildi.

2024-yilda astronomiya fanini oʻqitish metodikasini yanada rivojlantirish maqsadida ustozlari bilan birgalikda “Astronomiya oʻqitishda axborot texnologiyalari” nomli yana bir darsligi nashr qilindi.