MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

VALIYEVA FERUZA  RASHIDOVNA

VALIYEVA FERUZA RASHIDOVNA

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Maktabgacha taʼlim menejmenti” kafedrasi mudiri

Valiyeva Feruza Rashidovna 1981-yil 30-avgustda Namangan viloyati, Namangan shahrida ziyoli oilasida tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.

1998-2002 - yilda Namangan muhandislik – pedagogika instituti talabasi.

2001-yilda Abu Ali Ibn Sino nomidagi Davlat stipendiati boʻlib, magistraturaga imtiyozli ravishda qabul qilindi.

2003-2005-yillarda Namangan muhandislik – pedagogika institutining magistratura boʻlimida tahsil olgan.

2006–2007-yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti ekologiya va mehnat muhofazasi kafedrasi oʻqituvchisi.

2009–2013-yillarda Namangan shahar savdo va maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji   maxsus fan oʻqituvchisi.

2015–2017-yillarda Namangan muxandislik-pedagogika instituti Hayotiy faoliyat xavfsizligi kafedrasi oʻqituvchisi.

2018–2020 yy.–Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tayanch doktoranti.

2018-2020-yillarda xalqaro DVV Internetional loyihasi ishtirokchisi boʻlgan.

2018-yilda “Xalq taʼlimi” jurnalining 100-yilligiga bagʻishlangan tanlovda “Eng faol pedagog tadqiqotchi” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi.

2021–yildan  Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Maktabgacha taʼlim menejmenti” kafedrasi mudiri lavozimida ish boshladi. Maktabgacha taʼlim vazirining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida Davlat tashkilotlarining oʻrta va quyi boʻgʻin rahbar kadrlari uchun tashkil etilgan oʻquv kursi tinglovchisi boʻlgan ham kursni muvaffaqiyatli tamomlab sertifikat bilan taqdirlangan.

2023-yil yanvar oyida Toshkent shahar Ilgʻor tadqiqotlar ilmiy markazining  “Ilm-fan iftixori” esdalik nishoni sohibi boʻlgan.

2023-yilda Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Maktabgacha taʼlim sifatini oshirish tendensiyalari: innovatsiya, taʼlim, tajriba va kadrlar tayyorlash” mavzusida oʻtkazilgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkilotchisi hamda qatnashchisi sifatida faoliyat olib borgan.

2024-yil may oyida Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida "Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini rivojlantirish: amaliyot va xorijiy tajriba" mavzusida oʻtkazilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchisi va tashkilotchisi boʻlgan.

Bundan tashqari hozirgi kunda Xalqaro Nordik universiteti “Pedagogika” kafedrasi dotsenti sifatida magistratura talabalariga dars bermoqda.