1972 yil 12 fevralda Qashqadaryoning Qarshi shahrida Xudoyzod maxallasida ziyoli oilada tug’ildim.
1979-1989 yillarda Mahalladagi umumta’lim maktabida ish faoliyatimni olib bordim.
1992-1997 yillarda Qarshi Davlat universitetining kunduzgi bo’limida Tarix fakulteti tarix yo’nalishini tamomladim.
1989-1990 yil sovxozda ishladim.
1990-1992 yil Qarshi shahar ko’kalamzorlashtirish korxonasida, 1992-1997 yil talaba, 1997- 2000 yillarda Qarshi shahar 35 o’rta ta'lim maktabida o'qituvchi,
2000-2002 yillarda Qarshi politexnika kollejida derektor o’rinbosari,
2002-2010 yillarda Qarshi Davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasida katta o'qituvchi,
2007 yilda, “O'quvchilarning iqtisodiy bilimlarini rivojlantirish” mavzusida pedagogika fanlari nomzodi bo’ldim. Qori Niyoziy nomidagi ilmiy tekshirish institutida himoya qildim.
2010-2014 yillarda Qarshi Davlat universiteti, “Pedagogika. Psixologiya va maktabgacha ta'lim” kafedrasi dotsenti.
2014-2015 yillarda “Boshlang’ich ta'lim” kafedrasi dosenti.
2015-2022 yillarda Qarshi davlat universiteti Pedagogika kafedrasi dotsenti. 2022 yil sentyabrdan Qarshi Xalqaro universitetida Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti. Uch nafar farzandim bor.
80 ga yaqin ilmiy maqola, o’quv qo’llanmalar muallifiman. Shular qatorida Iqtisodiyot va biznes asoslari, O’quvchilarga iqtisodiy bilimlar berishning samarali yo’llari, O’quvchilarga iqtisodiy bilimlar berishda ishchan o’yinlardan foydalanish, Noan’anaviy dars o’tish usullari, Iqtisod fanini o’qitilishida interfaollik va iqtisodiy tushunchalar, “Iqtisodiy bilim asoslari” fani o’qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, Iqtisodiy bilimlar - bozor iqtisodiyotining nazariy asosi, Amaliy mashg’ulotlarda rolli va ishchanlik o’yinlaridan foydalanishning o’rni.
Amaliy mashgʻulotlarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, “Hay – ibn - Yaqzon”da maktabgacha yoshdagi bolalarni psixologik rivojlantirish gʻoyalari, Iqtisodiy faoliyatga shaxs psixologik xolatlarining ta’siri, Bitiruvchilarni kichik tadbitkorlikka tayyorlash-dolzarb pedagogik muammo sifatida, Yoshlarda turmush tarzi madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslari, Boshlangʻich sinf darsliklarini yaratish muammolari, Boshlangʻich ta’limda oʻquvchilarni ma’naviy - axloqiy jihatdan tarbiyalashda ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati, Konstitutsiya davlatning huquqiy asosidir, Yoshlarning ijtimoiy faolligi va mas’uliyatini oshirish omillari, Milliy o‘zlikni anglashning yoshlar ijtimoiy faolligi va mas’uliyatini oshirishdagi o’rni, Bolalarni rivojlantirish va har tomonlama kamol toptirishda maktabgacha ta’lim muassasalarining roli, Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachining ma’naviy-marifiy ishlar rejasini loyihalash, Maktabgacha ta’lim muassasalari va oilada moddiy-ma’naviy tarbiyaning dastlabki tushunchalarini shakllantirish, Tarbiya texnologiyalarini qo’llashda pedagogik vosita va metodlardan foydalanish, Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarni kasb-hunarga yo’llash, Ta’limning kasb-hunar kollejlari o’quvchilarida ma’naviy madaniyatni shakllantirishdagi o’rni, Umumta’lim maktablarida yoshlarni mehnat jarayoniga tayyorlash va kasb-hunarga yo’natirish jarayoni, Ta’lim jarayonini turli yondoshuvlar asosida tashkil etish, Barkamol insonni tarbiyalashda pedagogik qonuniyatlarning dolzarbligi, Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy qobiliyati va iqtidorlarini rivojlantirish, Ta’lim-tarbiya jarayonida musiqaning ta’limiy rivojlantiruvchi va tarbiyaviy imkoniyatlarini amalga oshirish, Bolalarning musiqiy qobiliyatlari va iqtidorlarini rivojlantirishda umumdidaktik tamoyillar, Ta’lim samaradorligini oshirishda talabalar sport sog’lomlashtirish mashg’ulotlarini tashkil etishning o’rni, Ta’lim samaradorligini oshirishda talabalar sport sog’lomlashtirish mashg’ulotlarini tashkil etishning o’rni, Oilada yoshlarda zararli odatlarga qarshi kurashish immunitetini shakllantirish, Oilada bolalar xissiyotini boshqarishning o’ziga xos pedagogik-psixologik jihatlari kabilarni misol qilishim mumkin.
2002 yilda Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Buyuk Britaniyada ta’lim sohasida tajriba oshirib kelganman.
Ilmiy maqolam uchun "Science and Innovation" xalqaro ilmiy jurnali tomonidan sertifikat bilan taqdirlandim.
2022 yil Science and innovation International scientific journal “Qadimgi Rim va Yunonistonning ta’lim-tarbiya maktabi” nomli ilmiy-maqolam chop etildi hamda ilmiy maqolam uchun "Science and Innovation" xalqaro ilmiy jurnali tomonidan sertifikat bilan taqdirlandim.
2022 yil avgust oyida International of Discoveries and Innovations in Applied Sciences jurnalida «The View of the Scolars of the Renaissance Period Based on a Special Approach to Pedagogy and Education» nomli maqolam ham chop etilib International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences jurnali tomonidan sertifikat bilan taqdirlandim.
2022 yil Web of Scholars: Multidimensional Research Journal (MRJ) da «The Role of Education in Educational Educators of Ormal Homes in Uzbekistan to Make Perfect Human Beings » nomli maqola bosmadan chiqarildi va ilmiy maqola uchun “Web of Scholars: Multidimensional Research Journal (MRJ)” xalqaro ilmiy jurnali tomonidan sertifikat bilan taqdirlandim.
2022 yil “O’quvchilarning iqtisodiy bilimlarini rivojlantirish mazmuni” nomli monografiyam chop etildi.