MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

TURAKULOVA HILOLA SAYFIDDINOVNA

TURAKULOVA HILOLA SAYFIDDINOVNA

Ipak yoli turizm madaniy meros xalqaro universitetida Tillar va global tadqiqotlar kafedrasida ingliz tili oʻqituvchisi

Turakulova Hilola Sayfiddinovna 1985-yil 18-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand shahri Toyloq tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi. 1991-2002-yillar davomida 22-umumtaʼlim maktabida taʼlim olgan. 11 yillik oquv yillari davomida tarix va ingliz tili fanlariga juda katta qiziqish bilan yondashgan. 2002-2006-yillar davomida  Samarqand Davlat Chet tillar Universitetida tahsil olgan. 2005-2006 - yy    Xalq Taʼlimi Boʻlimiga qarashli 22- umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.  2006 -2007 - yy.  Samarqand shahar maishiy xizmat kolleji oʻqituvchisi. 2016-2019-yillar Samarqand shahar Iqtisodiyot kollejida oʻqituvchi.

2019-2020-yillar Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti qoshidagi Webster Universiteti talabasi. 2020-yildan buyon  Ipak yoʻli turizm madaniy meros xalqaro universitetida Tillar va global tadqiqotlar kafedrasida ingliz tili oʻqituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 2024-yildan mustaqil izlanuvchilikni boshlagan.

Maktab davridan Ingliz tili faniga katta qiziqish bilan yondashgan va bu qiziqish kelajakdagi  kasbiga aylangan. 2020-2024-yillar davomida turli respublika va xalqaro konferensiyalariga oʻzining maqolasi bilan qatnashib kelmoqda. Jumladan: 18.11.2023 ”Improving the quality of language teaching and implimenting modern technologies in the education system of Uzbekistan” maqolasi bilan Improving Uzbekistanʼs positions in International ratings xalqaro konferensiyasida qatnashgan https://doi.org/10.5281/zenodo.10154590.

 15.05.2024 Differentiated Lesson planning in teaching foreign language as a second language maqolasibilan Methodology of teaching foreign languages –innovations, traditions, problems and their solutions konferensiyasida qatnashgan https://doi.org/10.5281/zenodo.10816915. 2023-yil 18-noyabrda Prezident qoshidagi akademiyada tashkil etilgan ilmiy xalqaro konferensiyada qatnashgan.

 Ipak yoʻli madaniy meros xalqaro universitetida oʻtkaziladigan “Oriantation day” kuniga har yili qatnashib oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.