1988-yil 31-iyulda Qashqadaryo viloyati, Muborak tumanida ziyoli oilada tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.
1996-2004-yillarda Qashqadaryo viloyati Muborak tumani 22-oʻrta taʼlim maktabida oʻqigan.
2004-2006-yillarda Al-Xorazmiy nomli Akademik Litseyi Iqtisod va Xorijiy til yoʻnalishida taʼlim olgan.
2006-yillarda Qarshi Davlat Universiteti, Xorijiy Tillar Fakulteti, Ingliz tili va Adabiyoti yoʻnalishiga oʻqishga kirgan hamda uni 2010 - yilda tamomlagan.
2020-yildan beri Qashqadaryo viloyati, Muborak tumanidagi 22-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Ingliz tili fanidan yoshlarga taʼlim berib kelmoqda.
Ikkinchi Toifali oʻqituvchi, Xalqaro sertifikat sohibasi, Adolat Sotsial Demokratik Partiyasi aʼzosi.
Oʻz ish faoliyati davomida koʻplab shogirdlar tayyorlagan. Bundan tashqari, bir nechta xalqaro tanlovlarda ham oʻzining ilmiy maqolalari bilan ishtirok etib kelmoqda.
Jumladan, 2020-yil Muallim jurnalida maqolalari nashr qilingan.
"Yoshlarning innovatsion faolligini oshirish,maʼnaviyatini yuksaltirish va ilm-fan sohasidagi yutuqlari" mavzusidagi 2020-yil 3-son Respublika ilmiy konferensiya qatnashchisi.
2020-yil Rossiya Federatsiyasining "Образование и наука в ХХ| веке " Ilmiy jurnali doirasida tashkil qilingan "Моя профессиональная Карьера "konkursida ham oʻz maqolalari bilan qatnashib sertifikat sohibasi boʻlgan.Oʻzbekiston Respublika Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi "Xalq taʼlimi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar faoliyatini qoʻllab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi" qarori yuzasidan tashkil qilingan " Scientific Academy " Ilmiy-maʼrifiy markazi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan,2023-yil 22-oktyabrda Fargʻona Shahri KIUF Universitetida boʻlib oʻtgan 2-tur Xalqaro Ilmiy-Amaliy koʻrik Tanlovda ishtirok etib, "FAOL TADQIQOTCHI" Koʻkrak nishoniga sazovor boʻlgan.
Bundan tashqari,oʻz ilmiy ishlari davom ettirgan bu yosh ijodkorimiz 2024-yil 11-fevral kuni Toshkent Shahar Oʻzbekiston Respublika Qurolli Kuchlar Akademiyasida boʻlib oʻtgan "ENG YAXSHI XIZMATLARI UCHUN" Koʻrik tanlovida qatnashib, Esdalik Diplom va Koʻkrak Nishonini sohibasi ham boʻlgan.
Yosh ustozimiz qoʻl ostida tahsil olib kelayotgan bir qancha oʻquvchilar Milliy va Xalqaro sertifikatlarga ega boʻlib,ayni vaqtda Toshkent Davlat Jahon Tillar Universitetida, Samarqand Davlat Chet Tillari Universitetida tahsil olib kelishmoqda.
Yaqin kunlarda Venera Sutonova, yoshlarimizning Bilim olishlarida qulayliklar yaratish maqsadida,
Xorijiy tillarni oʻqib-oʻrganishda zarur boʻlgan Kitob Qoʻllanmani nashrga tayyorlash arafasida.
2024-yil May oyida Namangan Shahridan nashrdan chiqadigan "Xalq Irodasi" Jurnalida ham maqolalari chop etilgan.