Shoyusupova Muhabbat Afsamatovna, 1975- yil 28-iyunda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida ziyolilar oilasida tugʻilgan. Otasi - Shoyusupov Abdusamad Ishtixon tumani Xalq taʼlim boʻlimi metodist oʻqituvchisi, “Xalq taʼlimi aʼlochisi” (hozirda nafaqadalar), onasi-Axmatova Oygul, Ishtixon tuman poliklinikasi LOR boʻlimida katta hamshira (hozirda nafaqadalar).
1982-1986-yillarda Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi 8-oʻrta maktabda, 1992-yilgacha Ch. Joʻraeva nomli 29-oʻrta maktabda tahsil olgan. Har yili oʻtkaziladigan olimpiadalarida qatnashib, kimyo fanidan tumanда 1- va viloyatda 2- oʻrin, shaxmatdan esa faxrli oʻrinlarni olishga muyassar boʻlgan. Toʻqqizinchi sinfini imtiyozli, oʻn birinchi sinfni esa, OLTIN medalga bitirgan.
1992-yilda Buxoro shahar A.K. Kortunov nomidagi Gaz sanoati texnikumini buxgalteriya hisobi fakultetiga oʻqishga kirgan. Oʻqish davomida “NAVOIY STEPENDIYASI” sohibasi boʻlgan. Buxgalteriya hisobi fanidan olimpiadalarda qatnashib faxrli oʻrin olishga muyassar boʻlgan. 1992-yilda texnikumni imtiyozli diplomga tugatib, texnik - buxgalter mutaxassisligiga ega boʻlgan.
1994–1995-yillar Ishtixon tuman OKS (Kapital Qurilish boʻlimi) da hisobchi lavozimida ishlagan. 1995-yil turmushga chiqqanligi tufayli Toshkentga kelgan. 1995 - 2001 - yillar Toshkent shahar, Yunusobod tuman AP-5 da yordamchi hisobchi, 2001 – 2009-yillarda Toshkent Moliya instituti kutubxonasida kutubxonachi lavozimida ishlagan.
2006 - yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti “Geografiya va tabiiy resurslar” fakulteti maxsus sirtqi boʻlimi talabasi boʻlgan. 2009 - yilda universitetni imtiyozli diplom bilan tugatgan.
2016 – 2018- yillarda Toshkent shahar “ISTIQBOL MASHʼALI” oʻquv markazida direktor oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
2019 - yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik institutiga kutubxonachi lavozimiga ishga kirgan. Shu yili Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti “Geografiya va tabiiy resurslar” fakulteti magistratura boʻlimiga oʻqishga kirib, 2021 - yil oʻqishni tugatgan - tadqiqotchi-pedagog mutaxassisligini egallagan. 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti 17.00.08. – “Sanʼat nazariyasi va tarixi” yoʻnalishi tayanch doktoranturasiga qabul qilingan.
2021 - yildan “Qadimgi Shimoliy Baqtriya topografiyasini madaniyat kesimida oʻrganish” mavzusi boʻyicha tadqiqot olib boryapti. Tadqiqot davomida koʻplab ilmiy maqola va tezislari xalqaro va mahalliy jurnallarda nashr qilingan. Shu kungacha Respublika va xalqaro ilmiy – amaliy konferensiyalarda ishtirok etib kelgan:
8 - oktabr 2022 - yil “Renessans davri: Ilmiy - tadqiqotlar yetakchisi” Xalqaro ilmiy, amaliy tanlovi va Xalqaro konferensiyasida ishtirok etib “Koʻkrak nishoni”, “Tashakkurnoma”, “Diplom” va “ Sertifikat” bilan taqdirlangan;
23 - oktabr 2023 - yil Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 80 yilligiga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekiston fani va taʼlimini rivojlantirishda yoshlarning oʻrni” mavzusidagi yoshlar konferensiyasida maʼruza bilan qatnashib sertifikat bilan taqdirlangan;
27 - aprel 2023 - yil Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Uchinchi Renessans - yoshlar nigohida” mavzusida maqolalar tanlovida ishtirok etilgan va sertifikat bilan taqdirlangan;
21 - noyabr 2023 - yil Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti “Oʻzbekiston sanʼati: kecha, bugun, ertaga” nomli konferensiyasida maʼruza bilan qatnashgan va sertifikat bilan taqdirlangan.
2024 - yil 16 – 18 - may kunlari "Ipak yoʻlida madaniyatlar aks - sadosi: tarixiy merosning zamonaviy turizm bilan tutashuvi" mavzusidagi Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasida (“Qadimgi Shimoliy Baqtriya topografiyasini oʻrganishda geoaxborot (GIS) tizimlaridan foydalanish”) maʼruza bilan ishtirok etilgan.
Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik institutining 3 – bosqich tayanch doktoranti. Tarix fanlari nomzodi Sh.R. Pidayev ilmiy rahbarligi ostida “Qadimgi Shimoliy Baqtriya topografiyasini madaniyat kesimida oʻrganish” mavzusi boʻyicha tadqiqot ishi olib bormoqda.
Turmushga chiqqan. Turmush oʻrtogʻi - Egamov Eshpulat Otaqulovich, 1974-yilda tugʻilgan. Toshkent shahar OOO “FAGEL” firmasida duradgor usta boʻlib ishlaydi. Qizi - Otaqulova Charos, 1995-yilda tugʻilgan, “DOLL HAUSE” firmasi direktori. Ikki nafar farzandning onasi. Qizi - Otaqulova Sitora, 1999-yilda tugʻilgan, University Sollege of Ulsan (Janubiy Koreya) ni bitirib, magistraturada oʻqishini davom ettirmoqda.