MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

SEYTNIYAZOVA ULDAULET PALUANIYAZOVNA

SEYTNIYAZOVA ULDAULET PALUANIYAZOVNA

Navoiy viloyat Navoiy shahar 8- umumiy oʻrta taʼlim maktabining rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi

Seytniyazova Uldaulet Paluaniyazovna 1973 - yilning 17-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Kegeyli tumanida tugʻilgan, millati qoraqalpoq. Navoiy viloyat Navoiy shahridagi 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabining rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi. 1995-yil Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universitetining milliy maktablarda rus tili va adabiyoti mutaxassisligi boʻyicha tugatdi. Oliy maʼlumotli, oliy toifali, 2021-yil va 2024-yil ТРКИ III (C1) xalqaro sertifikati sohibi.

Zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalangan holda yosh avlodni barkamol voyaga yetkazish borasida samarali mehnat qilib kelmoqda. Dars jarayonida oʻzi yaratgan videolavhalar, slaydlar, taqdimotlar, proyektlar, 150 dan ortiq koʻrgazmali qurollardan mahorat bilan foydalanishi natijasida oʻquvchilarida oʻzlashtirish samaradorligining oʻsishiga erishmoqda.

2022-yil “Ilm-fan tashabbuskori nomli esdalik koʻkrak nishon” 2023-yil “Taʼlim sohasidagi xizmatlari” uchun esdalik koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

2018-yil Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Dars-muqaddas” tavsiyalari asosida namuna koʻrsatib ishlagan ilgʻor pedagogik tajribasi Respublika miqyosida, 2019-yil, 2022-yil viloyat miqyosida ommalashtirildi.

2019-yil Respublika tanlovida “Лучший учитель русского языка” birinchi tur gʻolibi. Shu yil “Buyuk ajdodlarga munosib voris boʻlaylik” shiori ostidagi yoshlar festivali doirasida Navoiy viloyat xalq taʼlimi tizimida fidokorona koʻrsatgan xizmatlari uchun viloyat hokimi “Tashakkurnoma” si bilan taqdirlandi.

2020-yil Xalqaro “Пушкинский диктант” tanlovida Diplom bilan taqdirlandi.

2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2017-yil 6-yanvardagi 6-sonli buyrugʻi ijrosi yuzasidan tashkil etilgan “Tayanch maktab”larda olib borgan trenerlik faoliyati hamda rus tili va adabiyoti fanining taʼlim sifatini koʻtarishda qoʻshgan hissasi uchun boshqarma boshligʻi tomonidan Sertifikat bilan taqdirlandi.

Maktabda necha yildan buyon “Ustoz – shogird” doirasida bir necha yosh ŏqituvchilarga ustozlik qilib kelmoqda.

2022-yil “Зачем сегодня учат русский язык” Xalqaro tanlovida “Педагогические идеи и технологии” nomli ishi bilan qatnashib Diplom bilan taqdirlandi. Koʻplab jurnal va gazetalarda “Языково- речевые аспекты устной и письменной речи при обучении русскому языку как иностранному”, “Эффективные методы развития речовой компетентности учащихся в русскоязычных школах”, “Как изучать иностранные языки”, “Поэзия С. Есенина школах с узбекским языком обучения”, “Использование информационных технологий на уроках родного языка в начальной школе” nomli maqolalari chop etilgan.

Oʻquvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar taʼsirchanligini oshirish, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida maktabda “Мы изучаем русский язык” nomli toʻgarak faoliyatini yoʻlga qoʻygan. Har shanba kunlari boshlangʻich sinf iqtidorli va boʻsh oʻzlashtiruvchi oʻquvchilari bilan doim mehnat qilib maktabda har xil tanlovlar, “Что, где, когда” intellektual oʻyinlarni oʻtkazadilar.