Sarimsoqov Zokir Jabborovich-1962-yil Samarqand viloyat Nurobod tumanida tugʻilgan. 1979-yil Jom qishlogʻidagi 21-maktabni tugatib, "Nurobod tongi" gazetasida adabiy xodim lavozimida faoliyat koʻrsatdi. 1984-yil Samarqand davlat pedagogika instituti oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomladi. Maktab, kollej, litsey va oliy taʼlim muassasalarida dars oʻtib, u Zokiriy, Qurayshiy, Zokir Xoʻja Darvish taxalluslarida oʻz muxlislariga ega boʻldi.
“Qargʻalar qoʻngan toshlar”,”Sogʻinch koʻzlari”, “Umr karvonlari” sheʼriy toʻplamlari, “Adabiy jarayon: Jizzax adabiy muhiti va merosi” (hammualliflikda), “ Jom javohirlari” (hammualliflikda), “Arslonbob armugʻoni”,”Yalangoyoq eshonning maʼnaviy merosi” va boshqa oʻnlab ilmiy-uslubiy, adabiy-badiiy, ommabop maʼrifiy-maʼnaviy kitoblar muallifidir. Sheʼrlari hamda 100 dan ortiq maqolalari xalqaro va respublikamiz ilmiy toʻplamlari, jurnallari, gazetalarida chop qilingan.
Zokir Sarimsoqov ish va ilmiy faoliyati davomida quyidagi muassasalarda ish olib borgan: 1979-1980 yy.— Nurobod tumani "Sovetobod tongi" gazetasi muxbiri, 1980-1984 y. -Samarqand davlat pedagogika instituti talabasi, 1984-1985 yy. Nurobod tumanidagi 19-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi, 1985-y. Samarqand davlat pedagogika institutida metodist, 1985-1987-y. Harbiy xizmatchi, 1987-2002 yy. Samarqand pedagogika bilim yurti oʻqituvchisi, 2003-2006 yy. Samarqand davlat chet tillar instituti maʼnaviyat va tarix kafedrasida oʻqituvchi, 2006-2012 yy. Samarqand VPKKTMOI katta oʻqituvchisi, 2012-2014 yy. Samarqand davlat muzey-kutubxonasi tarix va etnografiya boʻlimi ilmi xodimi va muzey ilmiy kotibi, 2015-y Samarqand shahar 50-pochta-aloqa boʻlimi boshligʻi, 2016-2017 yy. Samarqand shahar "Chorbogʻ" MFY raisi, 2017-2018 yy. Samarqand shahar XTB ga qarashli 16- umumiy oʻrta taʼlim maktabida xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2018-2023 yy Pastdargʻom tuman XTB ga qarashli 74- umumiy oʻrta taʼlim maktabida ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, 2023-y. - Samarqand shahar XTB ga qarashli 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabida ona tili va adabiyot, oʻzbek tili fani oʻqituvchisi Xalq taʼlimi aʼlochisi va xalqaro nishonlari sohibi. Adabiyot, sanʼat va axborot aloqalari xalqaro akademigi.