MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

RASULOVA NODIRABEGIM  RASULJON QIZI

RASULOVA NODIRABEGIM RASULJON QIZI

Andijon davlat Universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti amaliy psixologiya yoʻnalishi 3-bosqich talabasi

Rasulova Nodirabegim Rasuljon qizi 2004-yil 19- sentyabrda Andijon viloyati Shahrixon tumani Qoʻrgʻoncha mahallasida tugʻilgan.

2011-yili 30-umum taʼlim maktabiga qabul qilindi.

2016-yili bolalar va oʻsmirlar suzish sportiga qabul qilindi va  viloyatlararo boʻlib oʻtgan oʻyinlarda 2 marta1- oʻrin 1 marta 2- oʻrini qoʻlga kiritdi.

Sheʼriyatga qizishi sabab 2019- yil “Zulfiyaxonim” tanlovda tumanlararo bosqichining gʻolibasi boʻldi.

2020- yili “Balli qizlar” tanlov tumanlar bosqichida “Eng zukko qiz” nominatsiyasi sovrindori boʻldi

Shu bilan birgalikda maktab oʻquvchilari oʻrtasida yoshlar ittifoqi sardori boʻlib oʻz faoliyatini olib bordi.

2022- yili maktabni tamomlab Andijon davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti amaliy psixologiya yoʻnalishi talabasi boʻlish baxtiga erishdi.

1-bosqich talabasi boʻlsada oʻz yoʻnalishida bir qancha maqolalari bilan yilning “Eng yaxshi talabasi” tanlovi gʻolibi boʻlgan ilk maqolasi Amerika xalqaro jurnallarida nashr ettirildi.

Ilk talabalik yillaridanoq tashkiliy ishlarga va badiiy asarlarga qizishi sababli universitet talabalar oʻrtasida “Najot nuri” loyihasini universitet faollari bilan birgalikda  olib bordi bu loyihaning asosiy maqsadi jadidlarimizning hayoti haqidagi yozilgan asarlarga  yoshlarni qiziqtiribgina qolmay ularni kitobga oshno etish va shu yoʻl bilan yoshlarni ongini ortiqcha narsalardan tozalash ilmga oshno etish  boʻlgan.

Talabalar oʻrtasida zakovat intellektual oʻyinida oʻzi faol qatnashibgina qolmay zakovat oʻyinlarini tashkillashtirish bilan ham shugʻullanadi.

2022 yil yanvar oyida boʻlib oʻtgan maqolalar tanlovida hozirgi davirdagi eng ommalashgan muammolarda biri ,,Bolalar ongini toʻgʻri shakllantirish” mavzusida yozgan maqolasi bilan qatnashib faxrli 2- oʻrini egallab tashakkurnoma va 500 ming soʻm pul mukofotini qoʻlga kiritgan.

Shu bilan birgalikda 2023-yil talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan zakovat intellektual oʻyinida gʻolib boʻlib tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovgʻalarini qoʻlga kiritgan.

2022-yili talaba yoshlarga ilmiy ish olib borishni yanada mustahkamroq oʻrgatish maqsadida olib borilayotgan iqtidorli yoshlar seminar darslarini muvaffaqiyatli tamomladi va sertifikat bilan taqdirlandi.

Hozirgi kunda rivojlanib borayotgan yoʻnalishlardan biri yuridik psixologiya yoʻnalishida yozgan  bir nechta ilmiy ishlari xalqaro konferensiyalarga qoʼyilmoqda.

Ajdodlarimiz yodini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan ,,MAʼRIFAT MAYDONIʼʼkoʻrik tanlovida oʻzi tashkil etgan guruh bilan birgalikda fakulteti nomidan qatnashib qatnashib faxrli 1- oʻrinni egalladilar.

Oʻz yoʻnalishiga boʻlgan qiziqish va intilishlari sababli 2022- yilning oxirlarida Andijon viloyati futbol klubi psixologi lavozimiga ishiga tayinlanadi.