MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

RAMAZONOVA SHAHZODA SHOYIM QIZI

RAMAZONOVA SHAHZODA SHOYIM QIZI

Toshkent Vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida “Dori texnologiyasi” yoʻnalishi boʻyicha tayanch doktorant.

Ramazonova Shahzoda Shoyim qizi 1998-yil 15-fevralda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. 2004-2010-yillarda 44-umumtaʼlim maktabida, 2010-2013-yillarda 65-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida, 2013-2016-yillarda esa Buxoro Muhandislik texnologiyalari instituti qoshidagi 1- son akademik litseyda tahlil olgan. 2016-yil akademik litsey va kasb hunar kollejlari oʻrtasida oʻtkazilgan fan olimpiadalari respublika bosqichida biologiya fani boʻyicha faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritib, Toshkent farmatsevtika institutiga imtiyozli davlat granti asosida qabul qilingan. 2016-2021-yillarda ushbu institutning bakalavr bosqichida, 2021-2023-yillarda magistratura bosqichida tahsil olgan. Hozirda Toshkent Vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida “Dori texnologiyasi” yoʻnalishi boʻyicha tayanch doktorant.

Hamisha ilmiy izlanishda boʻlgan Shahzoda 40 ga yaqin xalqaro va mahalliy maqola va tezislar muallifi. Hozirga qadar koʻplab konferensiyalarda oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

U nafaqat ilmiy tadqiqotchi sifatida faol, balki yoshlar oʻrtasida oʻtkazib kelinayotgan koʻplab tanlovlarda ham ishtirok etib 60 ga yaqin sertifikat va faxriy yorliqlar sohibasidir. Jumladan:

Toshkent farmatsevtika instituti “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati qoshida tashkil etilgan “Kamolot” internet assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan “Tezkor va bilimdon kamolotchi” tanlovida 1-oʻrin sohibasi;

  • “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”ga bagʻishlangan talabalar ilmiy jamiyatining anʼanaviy 75-ilmiy anjumanida 3-oʻrin sohibasi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish 5 ta muhim tashabbusi hamda ijtimoiy fanlar kafedrasi TTJda “Kafedra kuni” doirasida oʻtkazilgan “Kitobxonlik” koʻrik-tanlovida 2-oʻrin sohibasi;
  • 2019-2020 oʻquv yili qishki yakuniy nazorat natijalari boʻyicha “eng yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ega boʻlgan talaba“ nominatsiyasi boʻyicha
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi SHarof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi PQ 2854 – sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, institut talabalarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan maʼnaviy – maʼrifiy ishlarning taʼsirchanligini oshirish, ularni har tomonlama sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash, mustaqil va erkin fikrga ega isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida institut talabalari oʻrtasida “Millatimiz iftixori” mavzusida oʻtkazilgan maqolalar tanlovida 1-oʻrin sohibasi;
  • 2018-yil Toshkent farmatsevtika institutida tahsil olayotgan talabalarda tashabbuskorlik hamda vatanparvarlik fazilatlari, oʻz kasbini sevish, ilm-fanga ishtiyoq hamda yurt kelajagiga daxldorlik tuygʻularini yuksaltirish maqsadida oʻtkazilgan “Yil talabasi” tanlovining “Yilning ixtirochi talabasi” nominatsiyasida 2-oʻrin sohibasi;
  •  “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etilganiga 3 yil toʻlishi munosabati bilan oʻtkazilgan “Yaxshilik qil – 2021” ijodiy ishlar tanlovida  faol ishtiroki uchun;
  • 2021-yilning 2-4-may kunlari respublikamiz miqyosida oʻtkazilgan “Kelajak bunyodkorlari” forumining 2-mavsumida jamoadagi fidokorligi, tashabbuskor gʻoyalari, intiluvchan va mehnatsevarligi bilan delegatlar orasida ajralib turganligi va faol ishtiroki uchun;
  • 2022- yilning 10-24 yanvar kunlari talabalar oʻrtasida 6 ta yoʻnalishda onlayn tarzda oʻtkazilgan “Kelajak dorixonasi” tanlovida loyihasi bilan faol ishtirok etganligi uchun;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta taʼlim vazirining 2019 yilning 11 noyabr kunidagi “Maʼrifatli talabalar yurt koʻzgusi” hamda “Men shu aziz Vatan farzandiman” shiori ostida turkum maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 1043-sonli buyrugʻining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nazorat rejasining 15-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida talabalar oʻrtasida Vataniga sadoqat, mamlakat tarixi va millat qadriyatlariga hurmat hamda vatanparvarlik, insoniylik tuygʻularini shakllantirish, intellektual salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan “Yagonadir Vatanim manim” mavzusidagi insholar tanlovida  1-oʻrin sohibasi;
  • Institutda oʻtkazilgan “Farmatsevtikamiz kelajagi yoshlar nigohida” mavzusida “Work-shop” loyihasida faol ishtirok etganligi uchun;
  • “Ilm maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” ga bagʻishlangan talabalar ilmiy jamiyatining anʼanaviy 77-ilmiy anjumanida oʻz maʼruzasi bilan faol ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni egallagani uchun;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini Administratsiyasining 2019 yil 7 noyabrdagi 25445-xx-sonli topshiriq xati bilan yuborilgan “2019-2020 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish maqsadida “Maʼrifatli yoshlar – yurt koʻzgusi” shiori ostida turkum maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha namunaviy “YOʻL XARITASI”ning 24-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, institut talaba-yoshlari oʻrtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targʻib etish, kitobga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish va ragʻbatlantirish maqsadida institut talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Kitobxon talaba” koʻrik-tanlovida 1-oʻrin sohibasi;
  • “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yiliʼ ga bagʻishlangan Respublika talabalar Ilmiy Jamiyatining anʼanaviy 79-ilmiy anjumanida faol ishtirok etganligi uchun;
  • 2019-2020 oʻquv yili qishki yakuniy nazorat natijalari boʻyicha “eng yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ega boʻlgan talaba“ nominatsiyasi boʻyicha
  • U bir qancha stipendiyalar sohibasi hamdir. Jumladan:
  • Oʻzbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun taʼsis etilgan Islom Karimov Davlat stipendiyasi 2020-2021-oʻquv yilgi gʻolibi;
  • 2021-2022 –oʻquv yili Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent farmatsevtika institutining rektor stipendiyasi gʻolibi;
  • 2021-yil “Grand Pharm scholarship” stipendiyasi gʻolibi;
  • 2022-2023-oʻquv yili uchun Prezident stipendiyasining Muhandislik ishi yoʻnalishi boʻyicha respublika bosqichi faol ishtirokchisi

Uning bir qancha maqolalari “Gʻijduvon”, “Sogʻlom avlodʼ, “Shifo-infoʻ gazetalarida chop etilgan. Jumladan:

  • “Ustozlik – yuksak maqom”
  • “Shifobaxsh giyoh”
  • “Moychechak”
  • “Noyob giyoh”
  • “Uyda qoling”
  • “Quloq teshilgandan soʻng…”
  • “Kattalarga issiqlik toshsa qanday qutulamiz”
  • “Anorning foydali xususiyatlari”
  • “Tovon yorilishiga qarshi choralar”

U boʻsh vaqtlarida badiiy kitoblar mutoala qilishni yoqtiradi va online oʻtkazilayotgan kitobxonlik tanlovlarida faol ishtirok etib kelmoqda. 

Hozirda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti sifatida “Ilon zahari asosida surtma dori vositasi texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida tadqiqot ishlarini olib bormoqda.