Rahmatullayev Jasurbek Yoqubjon oʻgʻli 2004 - yil 2 - aprelda Samarqand viloyati Narpay tumanida ziyoli oilada tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti tugallanmagan oliy, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.
2011 - 2020 - yillarda Toshkent shahri Uchtepa tumani 62 - oʻrta umumtaʼlim maktabini aʼlo baholar bilan tugatgan.
2020 - 2022 - Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi “Tabiiy va aniq fanlar”ga ixtisoslashtirilgan S.H.Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litseyida tahsil olgan.
2022 - yilda Muhammad al - Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Dasturiy injiniring” fakultetiga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilingan.
J.Rahmatullayev tahsil olish davrida intizomli, tirishqoq, iqtidorli va jamoat ishlarida faol ishtiroki bilan oʻzini koʻrsatdi. U berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida aʼlo tarzda bajarishga intiladi, barcha fanlardan oʻquv mashgʻulotlariga jiddiy yondashadi va qunt bilan chuqur bilim olishga harakat qiladi. Asosiysi masʼuliyat bilan yondashish qobiliyatiga ega.
IT-taʼlimni rivojlantirish hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Bir million oʻzbek dasturchilari”, Coursera, Udemy kabi loyihalarda faol ishtirok etib 30 ga yaqin kurslarni, shuningdek, “IBM Data Analyticss with Excel and R”, “Google UX Design” kabi professional yoʻnalishlarini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamovning 26.02.2024-yil 212-05-sonli buyrugʻiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-son qaroriga 1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomiga asosan Rahmatullayev Jasurbek Yoqubjon oʻgʻli № 47/24 F – raqamli innovatsion ilmiy tadqiqot loyihasi doirasidagi xoʻjalik shartnomasini bajarish uchun shaxsiy tarkibiga kiritildi.
J.Rahmatullayev shu vaqtgacha 5 dan ortiq xalqaro ilmiy jurnallarda, xalqaro va respublika konferensiyalarida 11 ta ilmiy materiallari bilan ishtirok etgan.
Shuningdek, 2024-yili (ECT Edu 2024) “OLIY TAʼLIMNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA INNOVATSION OʻQITISH TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASH MASALALARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI MAʼRUZALAR TOʻPLAMIDA “N-oʻrinli predikatlar mavzusini oʻqitishning zamonaviy uslubiyati”, “Chekli toʻplamlar yigʻindisining quvvatini aniqlash usullari mavzusini oʻqitishning zamonaviy yondashuvi” kabi maqolalari chop etildi. Shu yilning 17-18-may kunlari “Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar” respublika ilmiy-texnik anjuman materiallar toʻplamida “EFFECTIVE MODELS FOR DETECTION OF VIRAL HEPATITIS BY COMPUTER VISION” va “REVOLUTIONIZING X-RAY ANALYSIS: THE ROLE OF COMPUTER VISON IN DETECTING FRACTURES, TUMORS AND ABNORMALITIES” maqolalarini chop ettirdi.
“Amaliy matematika, matematik modellashtirish va informatikaning dolzarb muammolari” Respublika ilmiy konferensiya toʻplamida “SUNʼIY INTELLEKT VA TEXNOLOGIYALAR ORQALI TAʼLIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH” VA “NOGIRON SAYYOHLARGA YORDAM BERISH UCHUN SUNʼIY INTELLEKTGA ASOSLANGAN TAVSIYALAR XIZMATI” kabi maqolalar bilan ishtirok etib chop ettirdi.
“SCIENCE AND INNOVATION” XALQARO ILMIY JURNALINING MAXSUS sonlarida “Oʻzbekiston Finlandiya taʼlim tizimi va mamlakatimizda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan taʼlim islohotlari” kabi va yana bir qancha maqolalari chop etilib POLSHANING INDEX COPERNICUS, YEVROPANING ZENODO va OPEN AIRE, ROSSIYANING CYBERLENINKA xalqaro bazalariga hamda GOOGLE SCHOLAR xalqaro qidiruv tizimida indekslandi.
Til oʻrganishga boʻlgan yuqori qiziqishi tufayli ingliz tilidan B2 darajali sertifikatga ega chiqqan va rus tili, ingliz tillarida ilmiy maqolalar chiqarmoqda.
J.Rahmatullayev 10 ga yaqin dasturlar yaratilishida oʻz hissasini qoʻshib Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va maʼlumotlar bazasining rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalariga ega chiqqan.
Shuningdek, J.Rahmatullayev respublika va xalqaro tadbir, koʻrgazma, hakatonlarda oʻz dasturiy loyihalari bilan ishtirok etib sertifikat va diplomlar bilan taqdirlanib kelmoqda. Jumladan, 2024-yil 21-23-may kunlari “TUIT Bright Future Week” tanlovlar haftaligi doirasida “United Clean Coders” hakatonida loyihalar bilan ishtirok etib Sertifikat bilan taqdirlandi.
J.Rahmatullayev universitetda yuqori reytingi va erishgan yutuqlari bois Muhammad al-Xorazmiy nomidagi nomdor stipendiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyalari uchun nomzod deb topilgan.
J.Rahmatullayevning bilimini, iqtidorini, tajribasini, izlanuvchanligini, tashabbuskorligi va mehnatsevarligini eʼtirof etgan holda uning kelajakda axborot texnologiyalari sohasining yetuk mutaxassisi boʻlib yetishiga unda salohiyat va harakatchanlik yetarlidir, shu bilan birga u kelajakda oʻz yoʻnalishi boʻyicha yetuk mutaxassis boʻlib, Vatanimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshishni oldiga maqsad qilgan.