MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

MUSAYEV BEKJON SHUKURILLAYEVICH

MUSAYEV BEKJON SHUKURILLAYEVICH

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashi kotibi

Musayev Bekjon Shukurillayevich 1981-yil 29-martda tugilgan. millati o’zbek 2004-yil Samarqand iqtisodiyot va servis institutining "Marketing" mutaxassisligini tugatgan. 2004-yil 2-sentabrdan boshlab, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining "Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi assistenti, 2012-yildan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Menejment va statistika" kafedrasi katta o’qituvchisi, 2021-yil 6-sentabrdan "Marketing" kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida shuningdek, 2005-yildan 2006-yilga kadar "Iqtisodiyot va menejment" fakulteti dekan o’rinbosari lavozimida ishlagan. 2020-yil 25-sentabrdan institut Kengashi kotibi lavozimida faoliyat koʻrsatmoqda.

Umumiy ish staji 24-yil, ilmiy va pedagogik ish staji 18-yil. 2002-yildan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ishlab kelmoqda.

Musaev Bekjon Shukurillaevich 2004-yildan buyon institutning barcha ta’lim yoʻnalishlari talabalariga "Iqtisodiyot nazariyasi", "Mikroiqtisodiyot", "Menejment", "Marketing" fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar, "Menejment", "Kadrlar menejmenti" va "Turizm menejmenti" ta’lim yo’nalishlari talabalariga "Sifat menejmenti", "Kichik biznesni boshqarish", "Mehmonxona xoʻjaligi menejmenti" fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar hamda "Marketing" ta’lim yo’nalishi talabalariga "Brendni boshqarish", "Marketingni boshqarish" va "Internet marketing" fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarini zamonaviy pedagogik ("Keys stadi", "Aqliy hujum", "Bumerang", "Nima uchun", "Klaster", "Blits-surov", "Sinkveyn", "Venn diagrammasi", "Rezyume", "BBB", "T-jadvali", "Besh minutlik esse", "FSMU" kabi interfaol usullardan) axborot - kommunikatsion texnologiyalaridan foydalangan holda sifatli ta’lim berib kelmoqda.

Shuningdek, hozirgi davr talabidan kelib chiqqan holda, ta’lim masofadan o’qitishni talab qilganligi uchun “Moodle" platformasiga ham bir qator "Menejment", "Marketing", "Tovarlar marketingi" va "Restoran Marketingi" fanlaridan barcha resurslarni joylashtirgan va ushbu tizim orqali ham yuqori saviyada dars mashg’ulotlarini olib borgan.

B.Sh. Musaev har bir mavzu bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni taqdimot - slaydlar, tarqatma materiallardan foydalangan holda olib boradi. Uning pedagogik mahorati o’quv - uslubiyat bilimi, institutning ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring boʻlimi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish va "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo’limlari tomonidan muntazam o’tkazib kelinadigan "Pedagog talaba nigohida" so’rovnomalarida talabalar tomonidan yaxshi baholangan. Ushbu so’rovnomalar Musaev Bekjon Shukurillaevich oʻz kasbini sevadigan hurmatga sazovor va yuqori saviyali pedagog ekanligini ko’rsatdi va faoliyati ijobiy baholangan.

B.Sh.Musaev respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalari uchun Yuqori malakali menejerlar va marketolog mutaxassis kadrlarni tayyorlashda faol. Shu bilan birga oʻquv-uslubiy jarayonini tashkil etish, ta’lim va tarbiyaning uzviyligini ta’minlash, ilmiy-uslubiy jarayonni tashkil etish talim va ilmiy-tadqiqot ishlarining uzviyligini ta’minlash borasida ham fidokorona mehnat qilib kelmoqda. Shuningdek, talabalar bilan o’quv-tarbiyaviy, ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda tashkilotchi va faol pedagogdir.

Musaev Bekjon Shukurillaevich Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Menejment" kafedrasida 2019-2020 o’quv yilida 5А230201- Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)" mutaxassisligi bo’yicha DAK kotibi (institut rektorining 2020-yil 30-apreldagi №-49-Т buyrug’i). Shuningdek, "Marketing" kafedrasida 2021-2022 o’quv yilida 5230400- "Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)" ta’lim yoʻnalishi bo’yicha YADAK a’zosi (institut rektorining 2020-yil 22-fevraldagi №49-T buyrug’i),

Musaev Bekjon Shukurillaevich o’z ilmiy faoliyati davomida "Menejment" kafedrasida 2009-yildan buyon 5240200 - "Menejment" ta’lim yo’nalishi, 5810700- "Turizm menejmenti" ta’lim yo’nalishi hamda 5240200 - "Menejment (turizm)" ta’lim yo’nalishlarining 28 nafar talabalarining bitiruv malakaviy ishlariga ilmiy rahbarlik qilgan va bu talabalarning oʻz mutaxassisligi bo’yicha ishga joylashishiga ko’maklashgan.

Musaev Bekjon Shukurillaevich talabalarning respublika tanlovlari g’oliblari va stipendiatlarini tayyorlashda ham munosib hissa qo’shib kelmoqda. Jumladan, 5230400-Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi 2-kurs, MR-320 guruh talabasi Abdukarimov Abduqayum Abdukarim o’g’lini "Menejment" fanidan tayyorlab, institutda "Menejment" fanidan o’tkazilgan onlayn respublika fan olimpiadasida faxrli 3-oʻrinni egalladi va 3-darajali diplom bilan taqdirlandi. Shuningdek, rahbarligida 5230400-Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi talabasi Tursunov Jasurni "Marketing" fanidan o’tkazilgan onlayn xalqaro fan olimpiadasida 1-oʻrinni egalladi va diplom bilan taqdirlandi.

B.Sh.Musaev "Shams-T" fermer xoʻjaligi bilan 2020-yil 25-iyundan 2021-yil 24-dekabr sanasigacha "Fermer xoʻjaligi xodimlarini samarali boshqarish yoʻllari", "Fermer xoʻjaligi boshqaruvida menejment usullaridan samarali foydalanish yoʻllari" hamda "Fermer xo’jaligi raqobatbardoshligini oshirish va boshqaruv faoliyatini samarali tashkil etish" mavzularidagi xoʻjalik shartnomasi asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarida rahbar (institut rektorining 2020-yil 16-noyabrdagi № 295-II-sonli buyrugi, 2020-yil 31-dekabrdagi №354-I-sonli buyrug’i hamda 2022-yil 10-fevraldagi № 7-I-sonli buyrug’i) sifatida faoliyat olib bordi.

Musaev Bekjon Shukurillaevichning shu vaqtgacha 70 dan ortiq ilmiy, o’quv uslubiy ishlari nashr etilgan. Jumladan, ilmiy jurnallarda 7 ta ilmiy maqola, 2 ta darslik, 4 ta o’quv qo’llanma 10 ga yaqin uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar hamda 1 ta ilmiy-ommabop risola chop etilgan.