Nurmuradova Dilovar Boxadirovna 1990-yil 22-oktabrda Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumanida ziyolilar oilasida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy. 2012-yilda Guliston davlat universitetining “Oʻzbek tili va adabiyoti” fakultetini, 2023-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining magistratura boʻlimini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi adabiyotshunos (tadqiqotchi-pedagog). Hozirgi kunda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining doktorantura boʻlimida tahsil olmoqda.
Oʻz mehnat faoliyatini 2012-yilda Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani 256-maktabida ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi vazifasida boshlagan. Hozirgi vaqtda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi vazifasida ishlab kelmoqda.
2018-2022 yillar davomida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyot universitetining magistratura bosqichida taʼlim oldi. Shu vaqt mobaynida bir qator tanlovlarda muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli oʻrinlarni oldi. Jumladan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyot universiteti tomonidan tashkil qilingan “Til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar”, “Filologiya masalalari yosh tadqiqotchilar nigohida” mavzusidagi konferensiyalarda ishtirok etgan.
2022-yil 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati, matonati, mardligi, fidoiyligi, vatanparvarligini tarannum etuvchi “URUSH XOTIRALARIDA” nomli ijodiy ishlar tanlovi ishtirokchisi hamdir.
Davlat va jamiyat hayotida faol boʻlib, turli sohalarda fidokorona mehnat qilayotgan, sharafli kasbiga sadoqatli va fidoyi harbiylar, pedagoglar, shifokorlar, sanʼat va madaniyat xodimlari, jurnalistlar hamda boshqa soha vakillarini munosib ragʻbatlantirish maqsadida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan "ENG YAXSHI XIZMATLARI UCHUN" nomli xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik tanlovida munosib qatnashib medal bilan mukofotlangan.
MDX davlatlari orasida tashkil etilgan “Taʼlimdagi muvaffaqiyatlari uchun” xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik tanlovida qatnashib, medal bilan taqdirlangan.
Bundan tashqari, MDH davlatlari orasida tashkil etilgan “Taʼlimdagi muvaffaqiyatlari uchun” xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik tanlovida qatnashib, ikkinchi marotaba medal bilan taqdirlangan.
Nurmuradova Dilovar Boxadirovna oʻz sohasining fidoiysi boʻlish bilan birgalikda oʻquvchi-yoshlarning tajribali ustozi hamda ish jarayonida oʻz ishiga masʼuliyat bilan qarashi sababli jamoa orasida hurmat qozongan inson. U oʻzining ilmiy salohiyatini koʻtarish maqsadida doimiy ravishda izlanish olib boradi. Respublika va Xalqaro darajadagi konferensiyalarda qatnashib, diplom va sertifikatlar bilan taqdirlangan. Shu kungacha uning bir qator ilmiy maqolalari nashr etilgan. Hozirgi kunda “Abdurashid Nurmurodov romanlarida urush mavzusining talqini” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.
Nurmuradova Dilovar Boxadirovna taʼlim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllab darslarni qiziqarli va bahs-munozarali qilib oʻtkazishi sababli oʻquvchi-yoshlar orasida hurmat qozongan. U oʻz ishini sevuvchi, fidoiy inson, har ishda tashabbuskor va toʻgʻri soʻz. Uning ilmiy-tadqiqot faoliyati serhosil boʻlib, Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya toʻplamlarida 20 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilgandir. D.Nurmuradova Xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarning faol ishtirokchisidir.