MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

NORBOYEV XAYOTJON XUDOYOR OʻGʻLI

NORBOYEV XAYOTJON XUDOYOR OʻGʻLI

Jizzax Davlat pedagogika Universiteti sirtqi taʼlim 3-bosqich talabasi

Norboyev Xayotjon Xudoyor oʻgʻli

1995 yil 22 aprelda Samarqand viloyati Narpay tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek.

2014 yil Samarqand huquqshunoslik kollejining huquqshunoslik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2014 yildan Narpay tuman yoʻl qurilish va ulardan foydalanish unitar korxonasi huquqshunosi vazifasidan boshlagan.

X.Norboyev 2016-2018 yillarda yakka tartibdagi tadbirkor,2018-2019 yillarda Narpay tuman “Islomobod” mahalla fuqarolar yigʻini yoshlar masalalari boʻyicha rais oʻrinbosari vazifalarida ishlagan. 2019-2021 yillarda Samarqand viloyati Narpay tumani 22-umumiy oʻrta taʼlim maktabi yoshlar yetakchisi vazifasida ishlagan. 2021 yildan Samarqand viloyati Narpay tumani 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabi yoshlar yetakchisi vazifasida ishlagan. 2021-yil noyabr oyidan “Yangi Hayot Oqtosh” Xususiy uy-joy mulkdorlar shirkati raisi

X.Norboyev oʻz ishini yaxshi biladi. U oʻz ustida doimo ishlaydi, oʻzining bilim saviyasini muntazam oshirib boradi, xalq taʼlimi tuman boʻlimi mudiri, maktab direktori, tuman yoshlar ittifoqi kengashi va yuqori tashkilotlardan berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajaradi.

X.Norboyev erkin va ijodiy fikrlay oladi, xodim sifatida talabchan, adolatli xodim.

U faoliyat olib borayotgan maktabi oʻquvchilari 2019 yil Samarqand viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashlarining “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichida “Eng shijoatli jamoa” nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan.

X.Norboyev “Adolat” sotsial demokratik partiyasi aʼzosi sifatida partiyada oʻz oʻrniga ega. Jumladan, partiyaning koʻplab tashakkurnomalari sohibi.

2019 yil aprel oyida Samarqand viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining “Taʼlimda texnologiyalar: tajriba almashish va strategiyalarni belgilash” ilmiy-amaliy konferensiyasida oʻzining “Ijtimoiy fanlarni oʻqitishda mustaqil taʼlim turlaridan foydalanish” nomli maʼruzasi bilan ishtirok etib markazning sertifikati bilan taqdirlangan.

2019 yil oktyabr oyida Samarqand viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining “Taʼlimda texnologiyalar: tajriba almashish va strategiyalarni belgilash” ilmiy-amaliy konferensiyasida oʻzining “Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalasiga doir” nomli maʼruzasi bilan ishtirok etib markazning sertifikati bilan taqdirlangan.2020 yil “Yoshlar yetakchilari” telegram kanalida “Mahallada yoshlar bilan muloqot” shiori ostida oʻtkazilgan fotosuratlar tanlovi gʻolibi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Andijon yoshlar Kengashi tomonidan oʻtkazilgan “Yosh huquqshunos” onlayn tanlovi gʻolibi, 15 may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan oʻtkazilgan “Oramizdagi odamlar” hikoyalar tanlovi gʻolibi, 9-iyun - Xalqaro doʻstlar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan fotosuratlar tanlovida 2-oʻrinni, 19-iyun - “Xalqaro sayr (yurish) kuni” munosabati bilan oʻtkazilgan fotosuratlar tanlovida 3-oʻrinni, 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil qilingan “Bebaho yoshligim” mavzusida oʻtkazilgan tanlovda 2-oʻrinni, 7-25 iyul kunlari “7 yoshdan-70 yoshgacha” boʻlgan kitobga oshno insonlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi gʻolibi, 15-iyul - “Xalqaro yoshlar mahorati kuni” munosabati bilan oʻtkazilgan “Mening bir kunim” onlayn foto-suratlar tanlovining gʻolibi, 28-iyuldan-15 avgustga qadar oʻtkazilgan “7 yoshdan-70 yoshgacha” boʻlgan adabiyotga oshno insonlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Ijodimda bir parcha!” sheʼriyat tanlovi gʻolibi, 12-avgust – “Xalqaro yoshlar kuni” munosabati bilan “Men jamoa yetakchisiman” mavzusida oʻtkazilgan fotosuratlar tanlovi faol ishtirokchisi. “Yoshlar yetakchilari” telegram kanali orqali oʻtkazilgan onlayn testda 100 ballni qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining sertifikati sohibi.

“Raqamli asrda tibbiyot, bandlik va taʼlim” onlayn yoshlar konferensiyasining telegram ilovasi orqali oʻtkazilgan “Kitobxonning kundaligi” tanlovida munosib ishtirok etgani uchun diplom bilan taqdirlangan.

2020 yil iyunda “Pexar academy”sining sertifikati sohibi.

Narpay tuman hokimining 27-iyun-Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlarda tumanning ijtimoiy hayotini yoritishda munosib hissa qoʻshganligi uchun faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

2020 yilning 27-28 iyul kunlari Oʻzbekiston Milliy universiteti tomonidan oʻtkazilgan “Psixologiya fani va yoshlarning rivojlanishi” mavzusidagi Xalqaro onlayn konferensiyasi sertifikati sohibi.

2020 yil 28-30-avgust kunlari “Sohaviy yuridik bilimlarni oʻrganishda yosh huquqshunoslarning oʻrni” mavzusida oʻtkazilgan iqtidorli yoshlar forumining “Tarix va huquq” yoʻnalishi sertifikati sohibi.

Salohiddin Odilov nomli telegram kanali orqali oʻtkazilgan 2-sentyabr “Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovni xotirlash kuni” munosabati bilan oʻtkazilgan “Mustaqilligimiz asoschisi!” nomli foto-tanlovining faol targʻibotchisi sertifikati sohibi, 1-oktyabr “Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan 2020 yilning 15-30 sentyabr kunlari oʻtkazilgan “Mening mehribon muallimim!” nomli onlayn tanlovining sertifikati sohibi.

2020 yilning 17-avgust-1-sentyabr kunlari “Believe in Future” forumi tashkiliy jamoasi va bir qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan “Boʻlajak siyosatchi” nomli forumning sertifikati sohibi.

Yoshlarning huquqiy bilimlarini yanada yuksaltirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalar va ularning dasturlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 2020 yil 9-10 sentyabr kunlari tashkil etilgan “Believe in Future” onlayn forumida faol ishtiroki uchun tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma sohibi.

2021-yil Qozogʻiston Respublikasi Ostona Shahrida oʻtkazilgan “BEST YOUNG SCIENTIST-2021” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib “Лучший молодой учиный “ medali bilan taqdirlangan.

2021-yil Fargʻona shahrida boʻlib oʻtgan “ENG YAXCSHI ILMIY MAQOLA-2021” xalqaro ilmiy maqolalar tanlovida “Taʼlimda yangi texnologilar” nomli ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib, “ENG YAXSHI ILMIY MAQOLA-2021” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

2023-yil Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan MDH davlatlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Активный исследователъ” xalqaro ilmiy maqolalar tanlovida “Mahkumlarni tarbiyalashda jazoni ijro etish muassasalarning oʻrni” mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib, “Активный исследователъ” nishoniga sazovor boʻlgan.

2024-yil Toshkent shahrida MDH davlatlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Millat Umidi” xalqaro ilmiy maqolalar tanlovida “Prabatsiya nazoratidagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirishda tashkilot va jamoatchilikni oʻrni” mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib, “Millat Umidi” medali bilan bilan taqdirlangan.

Bundan tashqari X.Norboyev yana koʻplab tashakkurnoma va faxriy yorliqlar sohibidir.

Hozirgi kunda yosh boʻlishiga qaramasdan jamoada oʻz oʻrniga ega, u zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalana oladi. Ijro intizomiga qatʼiy rioya etadi, oʻz sohasining bilimdoni.

.