Niyozova Lutfiya Xudayberganovna 1980 yil 20 yanvarda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tugʻilgan. 1986-1997 yillarda 7-umumtaʼlim maktabi, 1997-2002 yillari – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining defektologiya fakultetini “defektolog” mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat bosqichi va 2020-2022 yillarda magistratura bosqichi, 2023 yildan T.N.Qori Niyoziy nomidagi Ilmiy tadqiqot instituti mustaqil tadqiqotchisi.
Mehnat faoliyatini 2004 yil Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi “Umid” nomli nutqida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun maktabgacha taʼlim tashkilotida logoped lavozimidan boshlagan. 2007 yilda Maktabgacha taʼlim tashkilotida respublika miqiyosida oʻtkazilgan tadbirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan. 2016-yil Oʻzbekiston respublikasida olib borilgan “Inklyuziv taʼlimni amaliyotga joriy etish” loyixada ishtirok etgan.
2004-2013 yillari Nutqida nuqsoni boʻlgan bolalar maktabgacha taʼlim tashkiloti logopedi, 2013 – 2019 yillar umumiy oʻrta taʼlim maktabi logoped-oʻqituvchisi, 2018-2020 yillar Chirchiq shahar Xalq taʼlimi bo ‘limi defektolog metodisti lavozimida ishlab bir qator metodik tavsiyalar yaratdi. Toshkent viloyati Pedagog xodimlarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi katta oʻqituvchisi lavozimida faoliyat yuritib umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻqiyuvchi-logopedlarga yangi pedagogik texnologiyalarni qoʻllab samarali dars oʻtish . Niyozova Lutfiya Xudoyberganovna 2018 yilda umumiy oʻrta taʼlim maktablari qoshida logopedik shaxobcha tashkil etish toʻgrisidagi Nizomning tasdiqlanishi munosabati bilan tashkil etilgan respublika miqiyosidagi konferensiyada taqdimot bilan ishtirok etgan. Respublika tashxis markazining Faxriy yorligi bilan taqdirlangan. .
Niyozova Lutfiya Xudoyberganovna logopediya sohasining pedagogik, psixologik va ilmiy-tadqiqot jabhalarida faoliyat yuritib kelmoqda.
U 20 yillik mehnat faoliyati davomida dislaliya, dizartriya, rinolalaiya, duduqlanish tashxisli oʻquvchilar bilan korrektsion rivojlantiruvchi ishlar olib borib, oʻquvchilarning nutqining rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Hozirda “Ona tili va oʻqish savodxonligi darslsrida disleksiyani bartaraf etishga qaratilgan topshiriqlarni tanlash mexanizmlari” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi boʻyicha tajriba sinov ishlarini olib bormoqda. Uning ilmiy-tadqiqot faoliyatida Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya toʻplamlarida 15 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilgan. L.Niyozova Xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarning faol ishtirokchisidir. 14.11.2024 yil Defektologlar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro forumda faol ishtirok etib sertifikatga ega boʻldi.
L.Niyozova ilmiy-tadqiqot, maxsus pedagogika faoliyati davomida Autizm spektorida buzilishga ega oʻquvchilarni ijtimoiy hayotga moslashuvida munosib hissasini qoʻshib, Chirchiq shahar Xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan, Respublika Tashxis Markazi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
L.Niyozova Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi tomonidan tashkil etilgan Oʻzbekistonda respublikasida sifatli Inklyuziv taʼlimni yaratish loyixasida ishtirok etgan va sertifikatga ega bo ‘lgan, 2-aprel Butunjahon Autizm xaqida maʼlumot tarqatish kuniga bagʻishlangan “Autizm tashxisiga ega bolalarga psixologik-pedagogik yordam muammolari va zamonaviy yondashuvi” mavzusidagi davra suxbatida oʻz ish tajribalari bilan ishtirok etib eʼtirofga sazovor boʻldi