MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

NAZAROVA RUXSORA TOXIROVNA

NAZAROVA RUXSORA TOXIROVNA

Samarqand davlat iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi ingliz tili fani oʻqituvchisi

Nazarova Ruxsora Toxirovna 1979-yil 8-sentyabrda tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, Oʻzbekiston fuqarosi.

1986-1996-yillning Samarqand shahri A.S.Pushkin nomidagi 37-oʻrta taʼlim maktabida rus sinfida oʻqigan.

1996-1997 yillarda 16-kasb hunar bilim yurtining kotiba-ish-yurituvchi boʻlimida taʼlim olgan.

1998-2002yillarda Samarqand shahridagi fizika va matematika litseyida kotiba-ish yurituvchi vazifasida ishlagan.

1998-2002 yillarda Samarqand Davlat Chet Tillar Institutining filologiya boʻlimida oʻqib,ingliz va fransuz tili oʻqituvchisi, filolog mutaxassisligini qoʻlga kiritgan.

2001-yil 4-kurs paytida Samarqand shahridagi 34-oʻrta taʼlim maktabida ingliz tili oʻqituvchisi lavozimiga qabul qilingan.

2003-2011-yillarda Samarqand shahridagi Iqtisodiyot va Servis Instituti Akademik litseyida ingliz tili oʻqituvchisi lavozimiga qabul qilingan.

 

Litseyda ishlagan davrlarda Ruxsora Toxirovna turli xil seminar va tanlovlarda ishtirok etgan. Va shu bilan birga "Kamolot" (Yoshlar Ittifoqi) tashkilotining oʻz litseyida yetakchi boʻlib ishlagan, sertifikat va faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

2011-2014 yillarda sayohat va izlanish maqsadida Yevropaning Shvetsiya davlatiga borib kelgan. 2015-yil Samarqand shahridagi 16-oʻrta taʼlim maktabida ingliz tili oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 2015-2022 yillar Samarqand shahridagi oʻquv markazlarida ingliz tilidan dars bergan.

2022-yildan hozirgi kunga qadar Samarqand Davlat Iqtisodiyot va Servis Instituti Akademik litseyida (Matlyubov A.A.) ingliz tili fani oʻqituvchisi vazifasida ishlab kelmoqda. Oʻzbek va rus guruhlarda dars beradi.

Ish faoliyati davomida Ruxsora Toxirovna turli xil tadbirlar tashkil qilib kelmoqda.

Prezidentimizning farmoni bilan “JADID AYOLLAR VA ULARNING MEROSI” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy  tadbir tashkil etilgan. "OQILA AYOLLAR"harakatining aʼzosi sifatida  litseydagi yosh qizlar oʻrtasida davra suhbati tashkil etilgan.

2024-yil 19-oktyabrda Samarqandning Boqiy Shahrida BMT General Assambleyasining  UNWTO 25-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Shu kunning mavzusi "Global Education Forum" deb nomlangan boʻlib R.Nazarova shu forumda ishtirok etgan. UNWTO 1975-yildan beri BMT nizomi asosida faoliyat yuritib keladi va barqaror hamda qulay turizmni rivojlantirishga asoslangan. Shu munosabat bilan xorijiy davlat oʻqituvchilari bilan hamkorligida Ruxsora Toxirovna tomonidan noanʼanaviy ochiq darslar va davra suhbatlar oʻtkazilgan, sayohatlar uyushtirilgan.

2024-yil 8-yanvarda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi miqyosida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik tanlovda ishtirok etgan va  "Eng yaxshi xizmatlari uchun" koʻkrak nishoni, sertifikat va guvohnoma bilan taqdirlangan.

2024-yil may oyida boʻlib oʻtgan "Ilm fan ziyosi" Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi miqyosida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik tanlovida ishtirok etgan va maxsus statuetka, guvohnoma va oynali sertifikat bilan taqdirlangan. Litsey talabalarni turli xil tadbir va konferensiyalarga tayyorlangan.Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish boʻyicha aʼlo natijalar koʻrsatilgan. “Reading Passages for practice” oʻquv qoʻllanma muallifi.

Respublika va Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarga chop etilgan maqolalar toʻplami muallifi hamdir.Ruxsora Nazarova -poliglot. U 6 ta tilda gaplasha oladi: tojik, oʻzbek ,rus, eron, shved, ingliz tillar. Fransuz tilida oʻqishni biladi.