Maxmudova Nilufar Axmadovna 1981-yil 6-oktabrda Navoiy viloyati Karmana tumanida ziyoli oilada tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.
1987-1998- yilda Navoiy viloyati Karmana tumani 3-oʻrta taʼlim maktabida oʻqigan.
1998-2002-yillarda Navoiy davlat Pedagogika instituti Fizika-matematika fakulteti Fizika-informatika yoʻnalishida tahsil olgan.
2001-yil Navoiy viloyati Karmana tumani 19-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga informatika oʻqituvchisi etib ishga olingan. 2002-2005-yillarda maktabda monitoring guruhi rahbari va “Zakovat” klubi rahbari sifatida faoliyat olib borgan.
2008-2016-yillarda Karmana oziq-ovqat sanoati va mehmonxona xoʻjaligi kasb-hunar kollejida Informatika fani oʻqituvchisi, “Aniq fanlar” kafedrasi mudiri, boʻlim boshligʻI va Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi sifatida faoliyat olib borgan.
2018-yildan hozirga qadar Karmana tumani 19-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Aniq fanlar” metod birlashma rahbari, tuman “Aniq fanlar” treneri sifatida ishlab kelmoqda.
Ish faoliyati davomida bir qancha yutuqlarga erishgan:
2020-yil Xalq Taʼlimi Vazirligi huzuridagi ITSM va Coursera onlayn taʼlim platformasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan tanlovning Respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan va Xalq Taʼlimi Vazirligi tomonidan maxsus sertifikat va noutbuk bilan taqdirlangan.
2020-yil dekabr oyida Axborot texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi tomonidan tashkil qilingan “Bir million oʻzbek dasturchilari” Top-100 tanlovi sovrindori boʻlgan.
2021-yil Xalq Taʼlimi Vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorligida tashkil qilingan “Laureat” tanlovining viloyat bosqichida 1-oʻrinni egallab, Respublika bosqichida faol ishtirok etgan.
2021-yil ish tajribasi Respublika miqyosida ommalashtirilgan.
2021-yil Xalq Taʼlimi Vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan “30 yillikka 30 ta mukofot” tanlovi gʻolibi boʻlgan va Xalq Taʼlimi Vaziri Sh.Shermatov tomonidan “Xalq Taʼlimi Aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Informatika fani ustozlari uchun joriy etilgan “Google for education” xalqaro sertifikati va “Astrum” milliy sertifikatiga ega. Bundan tashqari “Coursera”, “Oracle” va “Lectera” onlayn ta’lim2021-yil Oʻqituvchilar Assotsiatsiyasi va Xalq Taʼlimi Vazirligi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan “Ustoz-2021”milliy mukofoti tanlovining 2-bosqichida faol ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
2022-yil YUNESKOning Olmaota klaster byurosi va Estoniya hukumati koʻmagida “Ednet” agentligi tomonidan tashkil qilingan “Barqaror rivojlanish uchun taʼlim yoʻnalishidagi ilgʻor tajribalar” tanlovida faol ishtiroki uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlangan platformalarining 100 lab kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, xalqaro va professional sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.
2023-yil Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining oʻrinbosari Maxkamova Zilola Baxriddinovnaning “IT sohasidagi eng faol xotin-qizlar”bilan uchrashuvida “IT sohasiga qoʻshgan munosib hissasi uchun” tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
2024-yil aprel oyida umumtaʼlim maktab oʻqituvchilari uchun joriy etilgan “Eng namunali va faol oʻqituvchi” tanlovi gʻolibi boʻlgan va Navoiy viloyat hokimining maxsus qaroriga asosan “Hokim ustamasi”ni qoʻlga kiritgan.
2024-yil may oyida Raqamli Texnologiyalar Vazirligi hamda IT taʼlim uyushmasi qoshida tashkil etilgan IT Ladies hamjamiyati tomonidan xotin-qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan “IT Star” tanlovida “Eng hurmatli IT oʻqituvchisi” nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
Maxmudova Nilufar Axmadovna tinimsiz mehnat va izlanishdan aslo charchamaydi. Maktabda shogirdlariga bilim berishdan tashqari bepul Robototexnika va dasturlash toʻgaraklarini tashkil etgan. Respublika va xalqaro miqyosdagi tanlovlarda oʻquvchi shogirdlari ham munosib qatnashib kelmoqda.
Jumladan 2023-yil yanvar oyida “UZBEKISTAN FOREIGN EXPERTS GROUP” tashkiloti hamda Maktabgacha va Maktab Taʼlimi Vazirligi huzuridagi “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi hamkorligida oʻtkazilgan “Entry-ijodkorlik” dasturlash tanlovida 7-sinf oʻquvchisi Adilov Elshod 103 nafar ishtirokchi orasida Respublika miqyosida 1-oʻrinni egallagan va 1-darajali diplom bilan taqdirlangan.
2023-yilning sentyabr oyida Robototexnika yoʻnalishida tashkil qilingan “Neobot-2023” tanlovida 2 nafar oʻquvchi-shogirdi Kreativlik yoʻnalishida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan va Koreyalik mutaxassislar tomonidan medal va sertifikatlar bilan taqdirlangan
2024-yilning iyun oyida oʻquvchi-qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan ICT4Girls xalqaro dasturlash olimpiadasida 11-sinf oʻquvchisi Xudoynazarova Shaxina viloyat bosqichida 1-oʻrinni egallab, Respublika bosqichida faol ishtirok etganligi uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlangan
2023-2024-oʻquv yili davomida erishgan yutuqlarini va qilgan mehnatlarini qadrlagan holda 2024-yil 24-may kuni Karmana tuman hokimi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlangan.