Mahmudov Abbos Jumaboy oʻgʻli 1997 - yil 25 - aprelda Samarqand viloyati Toyloq tumanida ziyoli oilada tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.
2004-2013- yilning Samarqand viloyati Toyloq tumani 47-oʻrta taʼlim maktabida oʻqigan.
2013-2015- yillarda tanlov asosida Toyloq tumanidagi “Toyloq tadbirkorlik va servis kasb hunar kolleji” da “Kompyuter va ofis qurlmalariga texnik xizmat koʻrsatish” yoʻnalishida taʼlim olgan.
2017-yilda tanlov asosida Samarqand davlat chet tillar instituti “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilingan. 2021-yilda Samarqand davlat chet tillar institutini aʼlo baholarga tamomlagan.
2020-2022-yillar davomida Samarqand viloyati Toyloq tumani 47-maktabda ingliz tili oʻqituvchisi vazifasida muvaffaqiyatli mehnat qilgan.
2022-yilda Polsha davlati poytaxti Varshavada joylashgan Vistula universitetiga “Biznes menejment” magistratura bosqichiga qabul qilindi. 2024-yilda Viatula universitetining magistrlik darajasiga erishdi.
Shu yillar davomida bir qancha akademik yutuqlarga erishgan va ilmiy izlanishlar olib borilgan. Jumladan: 2020-yil iyunda Avstraliyaning “Queensland University of Technology” universitetining “Inculsive education: essential knowledge for success” kursini namunali sertifikat bilan tugatgan.
2021-yilda “Bravo Intellect Center” innovatsion rivojlanish markazi tomonidan tashkil etilgan oʻqituvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Respublika Milliy olimpiadasining Ingliz tili fani yoʻnalishida I oʻrinni egallagan.
2021-yil martida Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan Toshkentda tashkil etilgan “Intercontinental Youth Online Conference” da delegate sifatida ishtrok etib, “Eng faol delegate” deb topilgan.
2021-yil 25-aprelda Amerika Qoʻshma Shtatlarining “Washington University” universitetida “Innovation in the modern education system” mavzusidagi maqolasi nashr etilgan.
2021-yil Oktabr oyida “Scientific-Methodical Journal of Scientific Progress” jurnalida “Teaching English at primary school” mavzusidagi maqolasi nashr etilgan.
2021-yil 12-dekabrda “Ustozlar uchun” Respublika pedagoglar jurnalida “Innovative ways in Teaching English” mavzusidagi maqolasi eʼlon qilindi. 25-dekabr kuni pedagoglar kengashining 178-sonli qaroriga asosan ushbu ilmiy maqola Respublika boʻylab ommalashtrishga qaror qilindi.
2023-yil iyulda “Scientific Academy” ilm ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) miqyosidagi “Taʼlim Iftixori” xalqaro ilmiy amaliy koʻrik tanlovida yuksak ilmiy ishlar yaratganligi, respublikada ilm fan sohasini rivojlantrishdagi xizmatlari, fan va texnika yoʻnalishidagi gʻoyat qimmatli ishlari, fan va texnikani rivojlantrishdagi, uning yutuqlarini targʻib va joriy etishdagi, oʻz yutiqlari bilan Vatan obroʻsini, shonini va shuhratini ulugʻlashga koʻmaklashgani, milliy qadriyatlarimizni eʼzozlash va yoshlarni koʻp ming yillik madaniyatimiz sarchashmalaridan bahramand qilishdagi hamda Vatan istiqloli va shon-sharafini ulugʻlash yoʻlidagi salmoqli hissasi uchun Scientific Academy” ilm ma’rifat markazining 2023-yil 12-iyul kungi 7-sonli buyrugʻiga asosan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan ilmiy anjumanda “Taʼlim Iftixori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
2024-yil Polshada magistrlik darajasini egallagandan soʻng yurtimizga qaytib, Samarqand viloyati Toyloq tumanida Oʻzbekiston kelajagi boʻlgan yosh avlodga zamonaviy bilimlarni ulashib, yoshlarimizning ilmiy salohiyatini oshirishga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.