Malikova Muhabbat Boytoʻra qizi Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tugʻilgan. 2008-2019 yillar 9-umumtaʼlim maktabida tahsil olgan. 2020-2023 yillarda Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Fizika-texnologiya Fakulteti Texnologik taʼlim mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat bosqichini tugatdi va 2023 yili magistratura bosqichida tahsilni olishni boshladi.
Hozirgi kunda ushbu fakultetning 1- bosqich magistri. Oʻzining iqtidori va intiluvchanligi, namunali xulqi tufayli kursdoshlari va fakultet professor-oʻqituvchilarining hurmatiga sazovor boʻlgan.
Malikova Muhabbat Boytoʻra qizi 2022-2024 oʻquv yillaridan buyon institutning iqtidorli talabasi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Malikova Muhabbat Boytoʻra qizi birinchi kursidan boshlab “Talabalarni kasbiy kompetentligini rivojlantirishda kredit- modul tizimidan foydalanish metodikasini takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Ilmiy izlanishlari natijasida ilmiy, ilmiy-ommabop, publitsistik maqolalari soni yigirmadan ortiq boʻlib, har biri oʻzining mazmun-mohiyatiga ega va ayni vaqtdagi dolzarb mavzularni oʻz ichiga qamrab olgan.
Malikova Muhabbat Boytoʻra qizi institut va fakultetda tashkil etiladigan turli tadbirlarda muntazam ishtirok etishi bilan bir qatorda ellikdan ortiq konferensiya, forum, onlayn sammitlarda ishtirok etib yuzdan ortiq sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.
Bugungi kunda, Malikova Muhabbat Boytoʻra qizi oʻnga yaqin onlayn forum va konferensiyalar tashkilotchisi va koordinatori hamdir.
“The use of innovative technologies in the organization of independent education”, “Elements of the Credit-Module System in Higher Education in the Republic of Uzbekistan”, “Advantages of independent education in the credit module system in education”, “Opportunities for the use of innovative technologies in the organization of independent education in the credit-module system”, “Final control work distant.tsul.uz download instruction to the distance learning platform” kabi va yana koʻplab maqolalar muallifidir.