MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

KARIMOVA ZULFIZAR RUSTAMOVNA

KARIMOVA ZULFIZAR RUSTAMOVNA

OʻzMU ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishlar boʻyicha chet tillari kafedrasi oʻqituvchisi

Karimova Zulfizar Rustamovna 1980 yilning 6-martida Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy.

Karimova Zulfizar Rustamovna 2001 yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti “Xorijiy filologiya” fakultetining “Ingliz tili va adabiyoti” mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlab, shu yili mazkur taʼlim muassasasining “Tarjima” yoʻnalishiga magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilingan va 2003 yilda magistratura bosqichini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

Zulfizar Karimova 2008 yildan buyon OʻzMU “Xorijiy filologiya” fakulteti tarixiy-filologiya yoʻnalishlar boʻyicha chet tillari kafedrasida, keyinchalik 2010 yildan eʼtiboran “Ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishlar boʻyicha chet tillari kafedrasi”da faoliyat yuritib kelmoqda.

2020-yildan beri Karimova Zulfizar Rustamovna Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari universitetining mustaqil tadqiqotchisi sifatida izlanishlar olib bormoqda.

Z.R.Karimova doimo oʻz ustida ishlab, yangiliklarni oʻrganib, oʻrgangan yangi bilimlarini amaliyotga tatbiq qilib boradi.

Zulfizar Karimova 2012-2013 yillarda quyidagi malaka oshirish kurslarida tahsil oldi:

- AQShning Jasmaya instituti professori bilan online malaka oshirish kurslari, Kaliforniya shtati (xalqaro andozadagi sertifikat);

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Isteʼdod" jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari (respublika miqyosidagi sertifikat);

- OʻzMU XFF tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish kurslari.

Zulfizar Karimova mehnat faoliyati davomida universitetning ham madaniy, ham maʼrifiy hayotida faol qatnashib kelmoqda. Z.R.Karimova har yili talabalar oʻrtasida ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etib keladi. Ana shunday tadbirlardan birining natijasida ilmiy maqolalar toʻplami nashr ettirildi. Anjumanlarning bir qanchasi televideniye orqali namoyish etilgan.

Zulfizar Karimova 2011-yildan eʼtiboran OʻzMU universiteti “Jurnalistika” fakulteti talabalar turar joyida faoliyat olib boruvchi "Yosh jurnalist" toʻgaragining tashkilotchilaridan biri hisoblanadi. Qolaversa, mazkur talabalar turar joyida Z.R.Karimova boshchiligida Oʻzbekiston Respublikasining bayramlari, shoir hamda fan arboblariga bagʻishlangan turli tadbirlar oʻtkaziladi.

Zulfizar Karimovaning maqolalari turli ilmiy jurnallarda muntazam chop etilib kelmoqda. 20 ta chet el hamda 22 ta mahalliy ilmiy toʻplamlarda nashr ettirilgan maqolalar shular jumlasidandir.

2010-yilda Zulfizar Karimova Z.B.Sattorova bilan hammualliflikda “Сборник актуальных тем, развивающих разговорные навыки” (“Ogʻzaki koʻnikmalarni rivojlantiruvchi dolzarb mavzular toʻplami”) nomli metodik qoʻllanma chop etdi.

2013-yilda Z.R.Karimova Jasmayya universiteti (AQSh) professori Kambon Obayani hamda oʻqituvchi Sh.M.Jalolovalar bilan hammualliflikda xalqaro standartlarga javob beruvchi "Intermediate Grammar" nomli grammatika boʻyicha oʻquv qoʻllanma va mashqlar toʻplamini nashr ettirdi. Ushbu oʻquv qoʻllanma AQShda nashrdan chiqqan boʻlib, B1 hamda B2 darajadagi talabalarga moʻljallangan.

Karimova Zulfizar Rustamovna M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti filialidagi “OGiSED” kafedrasida ingliz tili katta oʻqituvchisi boʻlib ishlaydi. Ish davomida u oʻzini aʼlo natijalarga yoʻnaltirilgan masʼuliyatli xodim sifatida namoyon qildi, har doim tez qaror qabul qilishga tayyor va ular uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.

Zulfizar Karimova kasbiy faoliyatida doimiy ravishda oʻz ustida ishlaydi. Shunday qilib, 2023 yilda Karimova Z.R. malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlab,  xalqaro TESOL/TEFL sertifikatlarini oldi. bu sertifikatlar oʻqituvchining xalqaro darajada pedagoglik qobiliyati va tajribasi borligini anglatadi.

Zulfizar Karimova ilmiy izlanish faoliyatidan ham also toʻxtab qolmaydi. U dissertatsiya ishi doirasida talabalar uchun ingliz tilini samarali oʻzlashtirishga yordam beruvchi internet platformasini yaratib, patent oldi.

2023-yilda Karimova mehnatga sadoqati va fidoyiligi uchun Mudofaa vazirligi tomonidan diplom va koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. Z.R. Karimova faol kasbiy va ijodiy faoliyati uchun filial rahbariyati, shuningdek, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan bir necha bor faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.