MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

KARIMOVA JAHONA OʻKTAMJON QIZI

KARIMOVA JAHONA OʻKTAMJON QIZI

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlangʻich taʼlim)” yoʻnalishi 1-bosqich magistri

Karimova Jahona Oʻktamjon qizi 2001 yil 17-iyulda Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanida tugʻilgan. Millati – oʻzbek.

Taʼlim yoʻnalishining boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi boʻyicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Kreativ gʻoyalarni taʼlimga tatbiq etib kelayotgan yosh ilmiy izlanuvchi sifatida taʼlim sohasida koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritib, tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelmoqda.

Ilmiy izlanishlari munosib baholanib, “Abdulla Avloniy” nomli maxsus stipendiya, “Alisher Navoiy”, “Prezident” nomli davlat stipendiyalariga munosib deb topilib, ushbu stipendiyalar sohibasi boʻldi.

Oʻz mutaxassisligiga qiziqishi yuqori boʻlganligi tufayli u koʻplab tanlovlarda ishtirok etib kelmoqda.

Oltinkoʻl tumanidagi 48-umumtaʼlim maktabini oltin medalga tamomlab, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Boshlangʻich taʼlim fakultetiga oʻqishga qabul qilingan. 2023-yilda universitetni bakalavr bosqichini tamomladi. Hozirda 1-bosqich magistri.

2021-2023 yillarda Respublika va xalqaro ilmiy nashrlarda boshlangʻich sinflardagi dolzarb muammolar yechimiga oid ilmiy maqola va tezislari Rossiya, Bolgariya, Angliya, Germaniya, Fransiya, Indoneziya, India va Amerika kabi 40 dan ortiq davlatlarda chop etilgan. Bundan tashqari viloyat gazeta va jurnallarida 10 ga yaqin publitsistik maqolalari va 20 ga yaqin ilmiy-ijodiy ishlari eʼlon qilingan.

2021 yilda “Yil talabasi-2021” Respublika koʻrik tanlovining universitet kesimida “Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasiga munosib deb topilib, faxrli 2-oʻrin sohibasi boʻldi.

2021 yilda “The formation of organizational skills using interactive methodic in education” (Taʼlimda interfaol metodikadan foydalangan holda tashkilotchilik koʻnikmalarini shakllantirish) nomli maqolasi uchun “Glo Tur Life” jurnali bosh muharririning 2021-yil 3-martdagi 16-son qaroriga binoan “Glo Tur Life aʼlochisi” medali bilan taqdirlangan.

2021 yilda Oliy taʼlim vazirligi tashabbusi bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining talabalari uchun taʼsis etilgan Abdulla Avloniy nomidagi maxsus stipendiya sohibasi boʻlgan.

2022 yilda uning “Creating a reading culture in primary school students” “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish” nomli metodik qoʻllanmasi Amerika Qoʻshma Shtatlarining Amazon nashriyoti tomonidan chop etilgan, dunyoning 26 davlatida sotuvga qoʻyilgan va 1000 nusxada chop etilgan.

2022 yilda Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi boʻlgan.

2022 yilda “World in Uzbekistan” (Dunyodagi Oʻzbekiston) nomli xalqaro festivalda oʻzining “Technology of formation of library culture in primary school students” (Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kitobxonlik maʼdaniyatini shakllantirish texnologiyasi) nomli ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib, xalqaro sertifikat bilan taqdirlangan.

2022-yil Turkiya davlatida nashr etilgan “Turkcenin dunyodaki sesi”(Turkchaning dunyodagi ovozi) nomli antologiyada bir guruh ilmiy izlanuvchilarning ilmiy ishlari qatorida uning ham “Methodology of using visual aids in primary classes” (Boshlangʻich sinflarda koʻrgazmali qurollardan foydalanish metodikasi) nomli maqolasi chop etilgan.

2022-yil uning bolalarga yozgan sheʼrlari jamlanib, “Yoshlar qoʻshigʻi” nomi ostida sheʼriy kitobi “Bookmany print” nashriyotida 300 nusxada nashrdan chiqqan.

2022-yil “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish” nomli metodik qoʻllanmasi “Bookmany Print” nashriyotida 100 nusxada chop etilgan.

2022-yil “Integratsiyalashgan tarbiya darslarini tashkil qilishning pedagogik asoslari” nomli uslubiy qoʻllanmasi “Bookmany print” nashriyotida 100 nusxada chop etilgan.

2022-yil Buxoro davlat universitetida boʻlib oʻtgan “Boshlangʻich taʼlimda xalqaro baholash tajribasi: Muammo, yechimlar va istiqbollar” nomida oʻtkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida oʻzining “Oʻqituvchilar faoliyatida jiddiyatlarning pedagogik yechimi” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etgan.

2022 yilda Rossiya davlatining Perm shahrida oʻtkazilgan 3-Xalqaro ilmiy amaliy konferensiyada oʻzining “Духовно-нравственное воспитание детей начальных классов через устное народное творчество” (Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini ogʻzaki xalq ijodi orqali maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash) mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib, diplom hamda sertifikat bilan taqdirlangan.

2022 yil “Boshlangʻich taʼlim subyektlarida uchraydigan konfliktogen hodisalarni bartaraf etish” nomli metodik qoʻllanmasi “Bookmany print” nashriyotida 100 nusxada chop etilgan.

2022 yil “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining maʼnaviy tafakkurini rivojlantirish” nomli monografiyasi 100 nusxada nashr etilgan.

2022 yil Oʻzbekiston Respublikasi bakalavriat uchun taʼsis etilgan Oʻzbekiston respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibasi boʻlgan.

2023-yil 20 dan ortiq maqolalari xalqaro jurnallarda chop etildi.

2023-yil Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi Yoshlar parlamenti aʼzoligiga tayinlandi.

Karimova Jahona Oʻktamjon qizi ingliz tili, rus tili, turk tili, yapon tilida erkin soʻzlasha oladi.

Jahona Karimovaning telegram mescenjerida “Jahona Karimova Oʻktamjon qizi” nomli oʻz ilmiy-ijodiy sahifasi mavjud.

U 3D dizayn, grafik dizayn, marketing va SMM bilimlarini puxta oʻzlashtirgan.

Adobe photoshop CS5, 3D Max, Blender, Microsoft World, Exsel boshqa dasturlaridan erkin foydalana oladi.