Ruzikulova Nigora Shuxratovna, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 1988-yili Jizzax viloyatida tugʻilgan. 2010-yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish fakultetini tamomlagan. 2011-2020-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti, doktoranti, oʻqituvchisi. 2020-2021-yillarda I.M.Gubkin nomidagi (MTU) Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida Monitoring va ichki nazorat sektori mudiri, 2021–2022-yillarda Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari, 2022-yildan hozirga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti (DSc).
I.M.Gubkin nomidagi (MTU) Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali huzuridagi DSc.22/30.12.2019.T/Ped.99.01 raqamli Ilmiy kengashning 2020-yil 29-iyundagi yigʻilishida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusida pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasini muddatidan oldin muvaffaqiyatli himoya qilgan.
2021-yil sentabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan (57-M. 27.09.2021-yil).
Ruzikulova Nigora Shuxratovna 2019-yildan buyon matematika fanidan davlat ta’lim standarti va oʻquv dasturlarini yaratish boʻyicha ishchi guruhi a’zosi hamda “Matematika” 3-sinf darsligi muallifi sifatida ularni zamon talabiga muvofiq qayta ishlab takomillashtirishda Respublika taʼlim markazi bilan oʻzaro hamkorlikda faoliyat yuritadi. 2019-yilda nashr etilgan “Matematika” 3-sinf darsligini yaratishda hammuallif sifatida ishtirok etgan.
Bundan tashqari 2019-yildan buyon matematika fanidan davlat ta’lim standarti va Milliy oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, yangi avlod darsliklarini yaratishda ishtirok etib kelmoqda. Xususan, Matematika fani boʻyicha milliy oʻquv dasturini yaratish boʻyicha ishchi guruh a’zosi. Uning muallifligidagi darsliklar Xalq ta’limi tizimida foydalanilib kelinmoqda. U 3-sinf “Matematika” (2019); 1-sinf “Matematika” (yangi avlod, 2021-yil), 2-sinf “Matematika” (yangi avlod, 2021-yil), 3-sinf “Matematika” (yangi avlod, 2022-yil) darsliklari hamda, 1-sinf “Matematika” oʻqituvchi kitobi (yangi avlod, 2021-yil) va 2-sinf “Matematika” oʻqituvchi kitobi (yangi avlod, 2021-yil) muallifi.
Xalq ta’limi vazirligi hamda AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) va RTI International bilan hamkorlikda toʻrt yilga moʻljallangan “Barkamollik uchun Ta’lim Dasturi”da ishchi guruh a’zosi sifatida 1-4-sinflar uchun matematika fanidan ishlab chiqilgan ta’lim standartlari, hajm va tartib hujjatlari hamda darslik hamda oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalarning oprabatsiya jarayonlarida ishtirok etib kelmoqda.
Mamlakatimiz xotin - qizlarini innovatsion gʻoyalari, loyiha va ishlanmalarini joriy etishda har tomonlama qoʻllab – quvvatlash, tadbirkorlik va ishtirochilik faoliyatiga keng jalb qilish, intellektual mulk ob’yetlarini huquqiy muhofaza qilishga koʻmaklashish, ta’limning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning faoliyatiga innovatsion yondashuvlarni joriy qilish maqsadida 2022-yil 1-iyun kuni universitetda Oila va xotin qizlar davlat qoʻmitasi Xotin qizlar oʻrtasida ilm-fan innovatsiyalarni rivojlantirish boʻlimi hamda Toshkent shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “OLIMA PEDAGOG AYOLLAR” oʻquv-amaliy seminari tashkil etilgan boʻlib, unda doktorant Nigora Shuxratovna innovatsion gʻoyalari va ilmiy loyihalari bilan ishtirok etdi.
Xususan, “Boshlangʻich talim uchun matematika fanidan 3D interaktiv dasturiy maxsulotlarini yaratish” mavzusida loyiha boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari bilan ishtirok etib Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahar hoqimligi, Oʻzbekiston Ixtirochi ayollar markazi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversiteti tomonidan tashkil etilgan “INNOWOMEN INNOWEEK” Xotin-qizlar innovatsiya haftaligida Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversiteti rektori tomonidan “Olima pedagog ayollar” sertifikati bilan taqdirlangan.
2022-yilda “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” xaftaligi doirasida tashkil etilgan “Ixtirochi ayol - 2022” tanlovining “Yangi pedagogik texnologiyalar boʻyicha yeng yaxshi loyiha” nominatsiyasida shahar bosqichida 1-oʻrinni egallagan.
Ruzikulova Nigora Shuxratovna 20 ga yaqin darslik va qoʻllanmalar, 20 dan ortiq xalqaro maqolalar, 50 dan ortiq respublika jurnallarida chop etilgan ilmiy maqolalar muallifi. 50 dan ortiq xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan konferensiyalarda tezislari bilan ishtirok etgan.
Ruzikulova Nigora Shuxratovna “Science and innovation” hamda “Central Asian Journal of education” xalqaro ilmiy jurnallari tahrir hay’ati a’zosi.