Kamolova Shohzoda Fayzullayevna 1983-yilning 15-may kuni Navoiy viloyati, Karmana tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek. Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 8-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi. Zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalangan holda yosh avlodni barkamol voyaga yetkazish borasida samarali mehnat qilib kelmoqda. 2021-yil “Xalq taʼlim aʼlochisi”, 2022-yilda “Taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. “Bir million oʻzbek dasturchilari” loyihasi rivojiga qoʻshgan hissasi uchun “Top-100”, “Top-3” talik roʻyxatiga kiritilgan, Navoiy viloyat hokimi tashakkurnomasi, sertifikat va pul yutugʻi bilan taqdirlangan. 2022-yilda “Maktab taʼlimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” doirasida Koreyaning Seoul va Jeju shaharlarida malaka oshirgan. PF-5712-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan USAID va RTI tashkilotlari hamkorlikda 2022 yil 21-26 apreli Respublikamizning barcha hududlaridan yigʻilgan eng ilgʻor Informatika AT oʻqituvchilari Kembrij nashriyotining yangi oʻquv yilidan amaliyotga joriy etiladigan 5-11-sinf Informatika va AT darsliklarining taqriz jarayonida ishtirok etishgan va seminarda muvaffaqiyatli qatnashib sertifikatga hamda 6-sinf darsligiga taqrizchi sifatida qayd etilgan.
2023-2024 oʻquv yilida Xalq taʼlimi vaziri jamgʻarmasi sohibasi.
Sh.F.Kamolova “Python”, “Entry”, “Scratch”, “Java”, “C++” dasturlash tillarini biladi. 2021-yilda “Xalq taʼlimi vazirligi va IT PARK bilan hamkorlikda informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablari oʻrtasida oʻtkazilgan Respublika olimpiadasida oʻquvchilari “Kompyuter Sciense hamda IT beshkurash” yoʻnalishlarida faxrli oʻrinlarni egallagan, fan olimpiadalarida oʻquvchilari shahar, viloyat bosqichlarida faxrli oʻrinlarni egallagan, Xalqaro fan olimpiadasi ishtirokchisi hamdir. Oʻquvchilari “Entry ijodkorlik”, “Barkamol avlod bolalar” festivalida Respublika bosqichida 1-darajali diplomlar bilan taqdirlangan. 2023-2024 oʻquv yilida Navoiy viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Raʼno Hayitova
tomonidan oʻquvchisi Norpoʻlatov Javohir Respublika tanlovlarida doimiy ravishda faxrli 1-oʻrinlarni egallab kelgani uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
2023- yil “Design avard” tanlovining viloyat bosqichi “PYTHON” yoʻnalishida oʻquvchisi 2-darajali diplom bilan taqdirlangan. 2023-2024 oʻquv yilida “Yoshlarning tashabbuslari taraqqiyot uchun” bolalar ijodkorligi tanlovining viloyat bosqichida “Elektron oʻyinchoqlar” yoʻnalishida Izzatullayev Otabek 3-darajali diplom, “Konstruktorlik” yoʻnalishida Turdiboyev Bexruz 3-darajali diplom bilan taqdirlangan. 2022-2023 oʻquv yilida oʻquvchilari “5 tashabbus-axborot texnologiyalari bilan” shiori ostida oʻtkazilgan “Robotlar jangi” Respublika koʻrik tanlovida oʻquvchilari Respublika bosqichida 1-oʻrin, 3-oʻrinni egallab, oltin va bronza medal, sertifikat va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlangan. Oʻquvchilari gʻoliblikni qoʻlga kiritganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Xalq Taʼlimi Vaziri oʻrinbosari V. Rajapovning maxsus sertifikati hamda oltin, bronza medallar, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlangan.
2023-2024 oʻquv yilida “Raqamli avlod qizlari” respublika tanlovida oʻquvchilari Xoʻjamova Shahrizoda, Pirova Nozli faol ishtiroklari uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
Robofest-2023 Respublika tanlovida oʻquvchilari Turdiboyev Bexruz, Norpoʻlatov Javohirlar “MINISUMO 10X10” yoʻnalishida ishtirok etib, sertifikatga ega boʻlishgan.
2023-2024 oʻquv yilida “Barkamol avlod bolalar” maktabi tomonidan tashkil qilingan.
Kibersport musobaqasida oʻquvchilari Turdiboyev Bexruz, Abduadizov Sunnatillo, Yoʻldoshev Azizbek, Ramazonov Amirlar shahar, Viloyat bosqichlarida faxrli 1-2-3-oʻrinlarni egallaganlar. Oʻqituvchi iqtidorli va boʻsh oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar bilan doimiy reja asosida faoliyat olib boradi. 2023-2024 oʻquv yilida “Yil toʻgarak rahbari” tanlovining shahar bosqichida 1-oʻrin, viloyat bosqichida 2-darajali diplom bilan taqdirlangan. 2023-2024 oʻquv yilida Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi, Respublika Taʼlim markazi hamda xalqaro RTI tashkiloti bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston Barkamollik uchun taʼlim dasturi” doirasida informatika va axborot texnologiyalari fanidan tashkil etilgan treningda faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan va viloyatda joriy darsliklar boʻyicha treninglik qilgan.
2023-2024 oʻquv yilida “5-tashabbus olimpiadasi” ochilish marosimiga toʻgarak oʻquvchilari bilan faol ishtirok etgan. 2023-2024 oʻquv yilida “INNO WEEK- 2023” hududiy innovatsion gʻoyalar haftaligida “Ilm-fan va tijoratlashtirish” kunida oʻquvchilari faol ishtirok etib tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
2023-2024 oʻquv yilida “II USTOZLAR MILLIY FORUMI” da faol ishtirok etgan.
2023-2024 oʻquv yilida “Sunʼiy intellektda dasturlar yaratish” tanlovining viloyat bosqichida “Entry dasturlash va NeoSoco” loyihalar yoʻnalishida Norpoʻlatov Javohir 1-oʻrin, “TEZTER” yoʻnalishida Turdiboyev Bunyodjon 1-oʻrin, Turdiboyev Bexruz 2-oʻrin egallagan.
2023-2024 oʻquv yilida “Yoshlarning tashabbuslari taraqqiyot uchun” bolalar ijodkorligi tanlovining viloyat bosqichida “Elektron oʻyinchoqlar” yoʻnalishida Izzatullayev Otabek, “Konstruktorlik” yoʻnalishida Turdiboyev Bexruz faol ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan. 2023-2024 oʻquv yilida iqtidorli oʻquvchisi Norpoʻlatov Javohir “Assalom, Yangi Kun!” dasturi mehmoni boʻlgan va oʻz yutuqlarini doʻstlariga ulashgan. 2023-2024 oʻquv yilida “IT-PARK” oʻquv markazi oʻqituvchilari bilan hamkorlikda “Dasturlash va Robototexnika” kurslari haqida seminar tashkil qilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva bilan uchrashgan. Albatta bu uchrashuvda muvaffaqiyatli yòllarida chiqarilayotgan qarorlar va islohotlardan imkon darajasida unumli foydalanganligi va bu uchun muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovichga òz minnatdorchiligini bildirganligini taʼkidlab oʻtgan.
2023-2024 oʻquv yilida “15-may oila kuni” munosabati bilan “OILA MUQADDAS DARGOH” shiori ostida oʻtkazilgan “Rasmlar tanlovi ” da faol ishtirok etib faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan.
2022-2023- oʻquv yilida oʻquvchilari “Eng yaxshi yosh dasturchi” koʻrik tanlovidan
“Entryda eng yaxshi loyiha” yoʻnalishida shahar va viloyat bosqichlarida oʻquvchisi Norpulatov Javohir 1-oʻrin gʻolibini egallagan.
2022-2023 oʻquv yilida (uch bosqichli ) “Yosh ixtirochilar” koʻrik tanlovining shahar, viloyat bosqichida “Foydali ixtiro” yoʻnalishida oʻquvchisi Norpulatov Javohir shahar, viloyat bosqichlarida 1-oʻrin, “Elektronika” yoʻnalishida oʻquvchisi Turdiboyev Behruz faxrli shaharda 1- oʻrin, viloyatda 2-oʻrinni egallagan.
2021 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq Taʼlimi Vazirligi Toshkent shahrida oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Respublika
“Kashfiyotchi bolalar” koʻrik tanlovining “Konstruktorlik” yoʻnalishi boʻyicha oʻquvchisi Raimov Baxtiyor shahar, viloyat, respublikasida faol ishtirok etib, oliy oʻrinlarni qoʻlga kiritgan.
2001-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi doirasida oʻquvchisi Norpoʻlatov Javohir “Oʻzbekiston yoshlari fan-texnika taraqqiyoti asrida” tanlovining shahar, viloyat bosqichida 1-darajali diplom bilan taqdirlangan. 2001-yilda 5-6 sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Scratchda Eng yaxshi loyiha ishi” koʻrik tanlovining shahar, viloyat bosqichi oʻquvchisi Davlatbayev Behruz 1-darajali diplom bilan taqdirlangan. “Robototexnika”, “Dasturchi” toʻgaraklari tashkil qilgan, unda 16 nafar oʻquvchilari faoliyat yuritishadi. Shuni aytishim joizki 6-10-11sinfdagi iqtidorli oʻquvchilari Freelancer ishlarini yuritishmoqda. 2001-yilda “CYBERSPORT” oʻyinlari turnirida shahar, viloyat bosqichida oʻquvchilari Abdullayev Shohijahon, Ochilov Javohirlar 1-3-darajali diplomlar bilan taqdirlangan.
2001-yilda oʻquvchisi Ergashev Jamshid “Yoshlar oyligi” doirasida oʻtkazilgan “CYBERSPORT” musobaqasida 3-oʻrinni egallagan. 2021-yilda “Oʻzbekiston yoshlari forumi-2021” haftaligi doirasida yoshlarning oʻzbek tili nufuzini oshirish hamda 5 ta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida, tashkil etilgan “TEZ YOZ” musobaqalarida oʻquvchisi Abdusalomova Xusnora shahar, viloyat bosqichlarida 1-darajali diplom bilan taqdirlangan.
2021-yilda maktab oʻquvchilarini dasturlashga oʻrgatishga qoʻshgan fidokorona mehnatlari uchun Navoiy viloyati hokimligi tashakkurnomasi va Xalq Taʼlimi Vazirligi tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan. 2020-yilda Fan olimpiadalarida oʻquvchilari Shuhratov Umidjon shahar viloyat bosqichida 1-oʻrin, Abdullayev Shohijahon shahar viloyat bosqichida 3-oʻrinlarni egallab kelishgan. 2021-yilda “The future of creators” tanlovining shahar bosqichida robototexnika yoʻnalishida oʻquvchisi Norpoʻlatov Javohir 1-darajali, viloyat bosqichida 3-darajali diplomlar bilan taqdirlangan.
2021-yil dekabr oyida tuman oʻqituvchilariga Scratch dasturlash tili boʻyicha trenerlik qilgan. 2019-yilda “Informatika darslarida oʻquvchilarni mantiqiy fikrlashga oʻrgatish” mavzusidagi ishi viloyat miqyosida ommalashgan. 2019-yilda “Taʼlimda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumanida faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlangan.
2018-yilda “Гармонично развитое поколение-условие стабилъного развития Республика Узбекистан” kitobida “Tabiiy fanlarni oʻqitishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni loyihalash” mavzusida ilmiy maqolasi chop etilgan. Respublikamizga juda koʻp IT soha mutaxassislarini tarbiyalamoqda.
“Taʼlimda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani ishtirokchisi boʻlgan, “Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Python dasturlash tili boʻyicha oʻquv kursining Basic va Django bosqichlarini muvaffaqiyatli tamomlagan. Xalq taʼlimi tizimidagi maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi samarali mehnati, yoshlarni milliy istiqlol gʻoyasi va qadriyatlar ruhida tarbiyalashda erishgan muvaffaqiyatlari uchun “Eng faol sinf rahbar” nominatsiyasi bilan taqdirlangan, “Mahallalararo oʻtkazilgan “Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash” gʻoyasi ostida oʻtkazilgan tadbirlarning faol ishtirokchisi, “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, Ona tilim!” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ishtirokchisi, “Beshta muhim tashabbus”ning toʻrtinchi yoʻnalishi “Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga oid “Kitobxon oila” koʻrik-tanlovida 1-darajali diplom bilan taqdirlangan. Navoiy shahar madaniyat boʻlimi tomonidan tashkil etilgan “Doʻstlik bayrogʻi” gazetasida Grafik-dizayn, Robototexnika, Kibersport mavzularida maqolalari chop etilgan. “Informatika darslarida oʻquvchilarni mantiqiy fikrlashga oʻrgatish” mavzusidagi ishi viloyat miqyosida ommalashgan.Dars jarayonida oʻzi yaratgan vediolavhalar, slaydlar, taqdimotlar, proyektlar, 200 dan ortiq koʻrgazmali qurollardan mahorat bilan foydalanishi natijasida oʻquvchilarida oʻzlashtirish samaradorligining oʻsishiga erishmoqda.
Ishlagan davrlaridan boshlab oʻquvchilari tuman, viloyat va respublika, xalqaro miqyosida oʻtkazilgan koʻrik- tanlovlarda yuqori oʻrinlarni egallab kelgan.Oʻquvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar taʼsirchanligini oshirish, bolalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida maktabda “Yosh dasturchi”, “Robototexnika”, “Bir million dasturchi” kabi toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻygan.
Maktab informatika fani oʻqituvchisi sifatida yosh avlodning dunyoqarashini kengaytirish, frilanserlik ishlari, kompyuter savodxonligi , zamonaviy axborot texnologiyalari sohasiga qiziqish mahoratini oshirishga munosib hissa qoʻshmoqda. Bilim maskanida va oʻzi istiqomat qilayotgan mahallada oʻtkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etib, mamlakatimizda mustaqillik yillarida taʼlim sohasida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyati va uning amaliy samaralarini targʻib qiladi. Yuqori malakali pedagog, fidoyi va jonkuyar inson sifatida hamkasblari va mahalla ahli oʻrtasida hurmat qozongan.