Jumanov Bektosh Karimovich1993-yil 4- noyabrda Samarqand viloyati Urgut tumani Beshkapa mahallasida tugʻilgan. 2001-2003-yillarda 22- umumtaʼlim maktabi, 2003-2010-yillari – 134-umumtaʼlim maktabi va 8-bolalar musiqa maktabi, 2010-2013-yillari–Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litseyida, 2013-2014-yillar–Ilmiy qayta tayyorlov kursida tahsil olgan.
2015-2019-yillari Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti adabiyotshunoslik mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat bosqichi va 2019-2021 yillari magistratura bosqichi, 2021-2024 yillari doktoranturada tahsil olgan.
Bugungi kunda oliy taʼlimda olgan bilim va tajribalari asosida 2017-yilda Samarqand shahrida va 2021-yilda Urgut tumanida “Sharq tafakkuri”oʻquv markazini tashkil etib hozirga qadar 5 mingdan ortiq yoshlarning respublika oliy oʻquv yurtlariga 10 dan ortiq yoshlarning Xalqaro universitetlarga oʻqishga kirishlarida oʻz bilimlarini ulashib kelmoqda.
Joriy yilda ham oʻquvchilari orasida bir vaqtning oʻzida 7 ta nufuzli oliygohlar talabasiga aylangan oʻquvchining ustozi boʻlgan Bektosh Karimovich Samarqand viloyati hokimligi tavsiyasiga asosan viloyatda yoshlarni bilim olish va oliy taʼlimga yoʻnaltirish salohiyatini oshirish maqsadida faoliyat olib bormoqda.
Shuningdek, Jumanov Bektosh Karimovich Samarqand shahrida joylashgan 500 oʻringa moʻljallangan “Sharq tafakkuri” NTMni boshqarib kelmoqda.
Bektosh Karimovich 2024-yil Oʻzbek adabiyotida “Sayqaliy sheʼriyati poetikasi” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qiladi. Uning ilmiy-tadqiqot faoliyati serhosil boʻlib, Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya toʻplamlarida 20 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilgandir. B. Karimovich Xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarning faol ishtirokchisidir. Jumladan, 2021 yili Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev hamda Oliy taʼlim vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan forumida ishtirok etib, gʻolib boʻlgan hamda “Oʻzbekistonning buyuk kelajagida taʼlimning ahamiyati” mavzusida maʼruza va taqdimot qilgan. 2023-yili Toshkent shahrida oʻtkazilgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi yigʻilishida taqdimot-maʼruza bilan ishtirok etgan.
Bektosh Karimovich Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professori M. Q. Muhiddinov rahbarligida adabiyotning ilmiy serlarini oʻrganib, Ustozning taʼlim va ilmiy koʻrsatmalarini olib ilmiy salohiyatini yuksaltirib faoliyat olib bormoqda. U turli xil Xalqaro tanlov va festivallarda, jumladan, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozogʻiston kabi mamlakatlarda oʻtkazilayotgan ilmiy xalqaro konferensiyalarda oʻzining maqola va ilmiy maʼruza chiqishlari bilan ishtirok etib kelmoqda.