MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

ERNAZAROVA RAHBARHON ABDUSATTOROVNA

ERNAZAROVA RAHBARHON ABDUSATTOROVNA

Shifokor terapevt, Xalq tabibi. Tabobat akademiyasi Jizzax viloyati boʻlimi boshligʻi

Ernazarova Rahbarhon Abdusattorovna 1957 yil 18 aprelda Surxondaryo viloyati ziyoli oilada tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi. Oilali, 6 nafar farzandi bor.

Rahbarhon Ernazarova xalq tabibchiligi ilmiga va davolash uslublariga juda qiziqadi. Buning sababi ota ajdodidan yetti nafar bobosi, ona tomonidan oʻn bir nafar bobo va momolari butun umrlari davomida xalq tabobatining turli yoʻnalishlarida asosan dorivor oʻsimliklar bilan davolab kelishgan.

2008 yilda Hindistonga “Sharq ayoli” delegatsiyasi bilan  birga bordi va ushbu safar davomida dunyoga taniqli avliyo boʻlgan “Sayyi bobo”  bilan uchrashib, u yerda ham ilm oʻrgandi. Asosan chakralarga amulet yordamida davolash usulini oʻrgangan.

Bundan tashqari, tibbiyot ilmida malaka oshirish maqsadida Malayziya, Dubay, Turkiya, Rossiya, Eron, Tojikiston, Kavkaz, Tailand, Xitoy va boshqa yurtlarga borib bilim darajasini oshirib kelgan.

Shu kunga qadar koʻplab ilmiy amaliy konferensiyalarda , simpoziumlarda qatnashdi.

2013- yilda “Xalqaro antik dunyo ilmiy akademiyasining faxriy ilmiy doktori” darajasi berilgan.

Bir qancha salomatlik uchun zarur boʻlgan maqolalar, yoʻriqnomalar va kitoblar nashr ettirgan. Masalan, 2007-yilda “Xaj zarlari”, 2008-yilda “Har dardning davosi bor”, 2010-yilda “Sanoning xislatlari”, “Har dardning davosi bor”, “Shifobaxsh neʼmatlar”,

2012 yilda “Любой недуг можно вылечить”, 2013- yilda “Har dardning shifosi bor”, 2015-yilda “Shifobaxsh gul” nomli kitoblar nashriyotdan chiqqan. 2017- yilda Moskva shahrida “Любой недуг можно вылечить” kitobi qayta nashrdan chiqqan.

Bundan tashqari Antik dunyo jurnali, Sugʻdina gazetasida ham koʻplab maqolalar chop etilgan.

Rahbarhon Ernazarova bemorlarni tomir urish holatiga qarab tashxis quyadi va asosan tabiiy giyohlar bilan davolaydi. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida xususiy “Sano Shifo” salomatlik markazi rahbari. Bu salomatlik markazida turli xastalikdagi bemorlar muolaja oladilar.

2015-yil qizi Mohitobon Ernazarova bilan birgalikda Hindiston, Amritsar va Tibet togʻlariga borib malaka oshirib kelgan.

2019- yildan buyon televidiyanada “Oʻzing tabib”, “Salomat boʻling” va bir qancha tok shou koʻrsatuvlarida hamda tibbiyotga oid koʻrsatuvlarda ekspert sifatida chiqib kelmoqda.

2020-yil Tabobat akademiyasi Jizzax viloyati boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.

2021 mart oyida Oʻzbekiston  Xalq Tabobati Assotsiatsiyasi tomonidan eng yaxshi xalq tabibi medali bilan taqdirlangan.

2023- yil yanvar oyida “Best Publication” ilmiy tadqiqot markazining MDH miqyosida tashkil etilgan.

“INTELLEKTUAL IZLANUVCHI” tanlovida esdalik koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

2023-yil oktyabr  oyida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik tanlovining 3-turining 1-bosqichida “FAOL TADQIQOTCHI” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

2023 –yil dekabr oyida “OLIMLAR” bayramida ishtirok etgan.

2024-yil, 11-fevral kuni Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasida boʻlib oʻtgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik tanlovining "Eng yaxshi xizmatlari uchun" xalqaro ilmiy-amaliy tanlovida ishtirok etib, koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

2023 yil oktyabr noyabr oylarida Germaniya, Ispaniya davlatlarida tibbiy ilmiy amaliy anjumanlarda ishtirok etib, bilim almashib, master klasslar oʻtib kelgan.

“Scientific Academy” ilm - maʼrifat markazi tomonidan 2024-yil 5-mart kungi 24-sonli buyrugʻiga asosan tashkil etilgan "ILM-FAN ZIYOSI" xalqaro ilmiy-amaliy tanlovidagi faol ishtiroki uchun esdalik statuetkasi bilan taqdirlandi.

Hozirgi kunda ham ilmiy izlanishlarda davom etmoqda.  Rahbarhon Ernazarova nafaqat shifokor tabib, balki dorivor giyohlar yetishtiradigan fermer, bogʻbon, tikuvchi, toʻquvchi, yozuvchi, shoira, olima insondir.