MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

BESHIMOVA ZAMIRA HAMIDOVNA

BESHIMOVA ZAMIRA HAMIDOVNA

Aktrisa, xalqaro jurnalist, oliy toifali pedagog

Filmografiya(asosiy):

2003 yil “Qor qoʻynida lola”, rejissyor Ayub Shahobiddinov.

2003 yil “Umidingni soʻndirma” rejissyor Shavkat Junaydullayev.

2004 yil “Iymon” Bahodir Ahmedov.

2005 yil “Hayot hali oldinda”.

2007 yil “Oʻtov”, rejissyor Ayub Shahobiddinov.

2009 yil “Chempionlik orzusi”, rejissyor Andrey Afrin.

2015 yil “Toʻqlikka shoʻxlik”, rejissyor Dilshod Ahmedov.

2018 “Odnoklassniki.ru”, rejissyor Hilol Nasimov.

2019 yil “Jannat qaydasan”, rejissyor Zebo Navruzova.

2019 yil “Zalolat” rejissor Ahror Eshonqul.

2020 yil “Advokat” rejissyor Ilhom Muhammadibragimov.

2020 yil “The Trust”, rejissyor Ahmad Berdimuratov.

2024 yil “Qizim” rejissyor Samiddin Lutfullayev.

Pedagoglik faoliyat:

2002 yilda Respublika Oʻquvchilar Saroyi qoshidagi “Tumor” bolalar studiyasida birinchi darslarini berishni boshlagan.

2016-2017 yillar “Anor” bolalar shou guruhida aktyorlik mahoratidan dars bergan.

2019-2020 yillar “Ararash-quralash” jamoasida badiiy rahbarlik qilgan.

2020 yil “Talents Project” aktyorlik studiyasini ochib, 4 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga dars berib kelmoqda. Studiya tarbiyalanuvchilari davlat va nodavlat filmlar, novellalar, teledasturlar va shou konsertlarda qatnashishadi. Qator ommaviy axborot vositalari bilan maqolalar va maʼlumot almashish boʻyicha hamkorlik olib borishadi. Mahalliy va xalqaro sanʼat festivallarida yutuqli oʻrinlarni egallab kelishmoqda.

Jumladan: Istanbul Autumn Festival 2023 - Grand Pri.

Dubai Dance Fest 2024 – 1-oʻrin.

Shymkent Art Fest 2023 – 1-oʻrin.

Tashkent International Festival 2023-2024 - Grand Pri.

Ijtimoiy faoliyat:

2000 yil USAID DDRP loyihasida trener volontyor.

2001 yil AQShda DDRP loyihasi boʻyicha Malaka oshirish dasturi.

2002-2008 yillar NANNOUz va qator xalqaro loyihalarda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarda trenerlik faoliyati.

2008-2010 yil Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi Yoshlar va Ayollar Qanotlarining targʻibot dasturlari.

“Faxrli inson”, “Sen kuchlisan”, “Mehribonlik” ijtimoiy tashkilotlari doimiy koʻngilli faoli.

Rossiya, Turkiya, Qozogʻiston va Ozarbayjon ijodiy birlashmalari faoli va aʼzosi.

Ilmiy faoliyat:

“Актёр кино. Особенности актёрской игры в кино” kitobi Litress, Wildberries, Amazon, Ridero, Bookmate kabi qator xalqaro kitob savdosi platformalarida sotilmoqda.

Ozarbayjonda “Ziyoli Oʻchogʻi” Ijtimoiy Birligi tomonidan nashr muntazam nashr etiladigan “Buta” Almanaxida sheʼrlarida azarbayjonchaga tarjima qilingan holda chiqqan.

Shuningdek, Ozarbayjonning Dayi Nashriyot taklifi bilan “Shabbona va sehrli moʻyqalam” ertaklar toʻplami rus tilida chop etib, sotuvi yoʻlga qoʻyildi.“Интеграция науки, образования и производства в Узбекистане”, “Инновационные подходы к переводу на шелковом пути”, “Джадидизм в Узбекистане: правда и политика”, “ Историко-культурное наследие тюркских народов: мозаика цивилизаций и духовных традиций” kabi qator ilmiy maqolalari xalqaro jurnallarda chop etilgan.

Shuningdek:Ayni damda “The Addresses” xalqaro smart jurnalining bosh muharriri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2004 yil Oʻrta Osiyo boʻyicha oʻtqazilgan “Ijodiy parvoz” Xalqaro kinofestivalida “Qor qoʻynida lola” filmidagi roli uchun “Eng yaxshi ayol aktrisa” diplomi bilan taqdirlangan.

2023 yil Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi miqyosida tashkil etilgan “Oʻz kasbining fidoiysi” koʻkrak nishoni sohibasi.

2008 yildan buyon “Kinoarboblar” uyushmasi aʼzosi.

2024 yildan “Tadbirkor ayol” Xalqaro Ishbilarmon Ayollar assosiatsiyasi aʼzosi.