MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

BAXROMOVA NAZOKAT  BAXROMOVNA

BAXROMOVA NAZOKAT BAXROMOVNA

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining "tarjima nazariyasi va amaliyoti" fakultetining yapon tili filologiyasi yoʻnalishi magistranti

Nazokat Baxromovna 1993-yil 6-yanvarda Samarqand viloyati Payariq tumanida ziyoli oilada dunyoga kelgan. Oliy maʼlumotli. Millati oʻzbek. Oʻzbekiston fuqarosi.

2000-2009-yillarda Samarqand viloyati Payariq tumanining 6-son umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻqigan. Shu bilan birga 1-son "Yoshlar ijodiy uyi" qoshidagi musiqa va sanʼat yoʻnalishi hamda sheʼriyatchilik yoʻnalishlarida ilk ijodiy ishlarini boshlagan. 2009-2012-yillarda SamDU qoshidagi akademik litseyning ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishini aʼlo baholar bilan tamomlagan.

2015-2019-yillarda Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari Universitetining "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" fakultetining yapon tili filologiyasi yoʻnalishida oʻqigan.

Talabalik davrida koʻplab tadbir, seminar va tanlovlarda ishtirok etgan. Jumladan, 2015-yil "Balli qizlar" tanlovida "Fakultet malikasi" va "Yilning eng yaxshi tashabbuskor talabasi" nominatsiyalari bilan taqdirlangan. Yaponiya davlatining Nagoya universiteti bilan boʻladigan toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efirlarda faol qatnashgan. Nagoya meri Oʻzbekistonga  tashrif buyurganda "Tashkent meets Nagoya" uchrashuvida va boshqa oʻzaro doʻstlik uchrashuvlarida faol ishtirok etgan.

Har yili yapon tili boʻyicha Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan "Notiqlik sanʼati" tadbirlarda muntazam qatnashib kelgan. 2019-yil bakalavr bosqichni tamomlab oʻsha yili OʻzDJTU ning Lingvistika yapon tili yoʻnalishida magistratura bosqichida oʻqishini davom ettirgan.

Bu davrda oʻqish bilan birga 2020-yil Toshkent pediatriya institutida kabinet-mudiri
sifatida ishlagan. 2021-yilda "Yapon tili va kasbiy malaka oshirish" markazida oʻqituvchi sifatida faoliyatini olib borgan. Bu davrda migratsiya orqali u taʼlim bergan oʻquvchilarning koʻpchiligi hozirda Yaponiya davlatida oʻz ish faoliyatlarini olib bormoqda.

Shuningdek, ilmiy va publitsistik maqolalari xalqaro va respublika miqyosida tashkil etilgan konferensiyalarda nashr etilgan.

Xalqaro gazetada sheʼrlari ingliz tilida chop etilgan. "Shaxsiy rivojlanish" kurslarida qatnashib yanada oʻz ustida ishlab kelmoqda.

Hozirda yapon xalq ertaklarini oʻzbek tiliga tarjimasi va oʻzining mualliflik kitoblari ustida ishlamoqda.