Axrarova Azizaxon Rahmatullayevna 1990-yil 11-aprelda Toshkent viloyati ziyolilar oilasida tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti toʻliq oliy, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi. 1997-2001-yillari 26-umumtaʼlim maktabida 1-9-sinflarni aʼlo baholarga tamomlagan. 2005-2008-yillari – Toshkent tibbiyot kolleji P.F. BOROVSKIY nomidagi tibbiyot kollejida tahsil olgan. 2009-yilda I Toshkent tibbiyot institutini davolash ishi fakulteti bakalavriga kontrakt asosida oʻqishga kirgan. 2009-2016-yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida I pediatriya fakulteti bakalavrida kontrakt asosida tahsil olgan. Oʻqib yurgan yillarida Respublika tanlovlarida faol ishtirok etib faxrli oʻrinlarni egallagan. Oʻqish davomida “Tibbiyotda yangi kun” va boshqa jurnallarda bir nechta maqolalari chop etilgan. Bakalavrni imtiyozli diplom asosida tamomlab 2016-yilda Toshkent Pediatriya Tibbiyot institutining “Yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklari” fakultetiga magistraturaga oʻqishga kirgan. 2019-yilda Magistraturani ham imtiyozli yakunlab “Yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklari” kafedrasida oʻqituvchi lavozimiga ishga kirgan.
2020-yilda “Covid-19 pandemiyasi” davrida Respublika maxsus 2-son Zangiota shifoxonasida Vrach infeksionist lavozimida ishlagan. Shu yili IIB vaqtinchalik covid shifoxonasi 3B blok infeksionist shifokori lavozimida 6 oy muddatda faoliyat yuritgan. 2022-yilda Toshkent Pediatriya tibbiyot institutiga “14.00.10-yuqumli kasalliklar” ixtisosligiga tayanch doktoranturaga oʻqishga kirgan.
Hozirgi kunda tayanch doktoranturaning 3-kursida tahsil olmoqda va dissertatsiya himoyasi arafasida. “Наука и образование: Актуальные вопросы достижения и инновации в медицине сборник науных трудов” nomli xalqaro konferensiyasida “Эпидемиологические аспекты кожного лейшманиоза в Узбекистане” va “Surunkali brutsellezda seromukoidlar miqdorining oʻzgarishi” mavzularidagi maqolalari bilan va maqolalari
xalqaro ilmiy-amaliy tanlovidagi faol ishtiroki uchun esdalik sovgʻalar bilan taqdirlangan.
Axrarova Azizaxon Rahmatullayevna ilmiy-ijodiy faoliyat bilan bir qatorda tashkiliy ishlarni ham muvaffaqiyatli amalga oshirgani uchun faxriy yorliqlar va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan. Doktoranturada oʻqish jarayonida dissertatsiya ishiga oid 5 dan ortiq maqolalar va tezislar, uslubiy tavsiyanomalar, EHM guvohnomalar nashr etgan. Uning ilmiy-tadqiqot faoliyati serhosil boʻlib, shu davrga qadar Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya toʻplamlarida 30 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilgandir. Xalqaro va Respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarning faol ishtirokchisidir.