MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

AXMEDOVA SARVINOZXON RAVSHANBEK QIZI

AXMEDOVA SARVINOZXON RAVSHANBEK QIZI

Islom Karimov” nomli davlat stipendiyasi sohibasi, Yunus Rajabiy nomidagi OʻzMMSI “Maqom xonandaligi” kafedrasi 4-bosqich talabasi

Axmedova Sarvinozxon Ravshanbek qizi 2003-yilning 29-iyun kuni Andijon viloyati, Qoʻrgʻontepa tumanida tugʻilgan. Hozirgi kunda Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining 4-bosqich talabasi. “Islom Karimov” nomli davlat stipendiyasi sohibasi,Respublika va xalqaro tanlovlar sovrindori.

Axmedova Sarvinozxon Ravshanbek qizi 2009-2018-yillar mobaynida Qoʻrgʻontepa tumanida joylashgan 4-umumtaʼlim maktabini,2013-2018-yillarda Qoʻrgʻontepa tumanida joylashgan 4-son BMSM da “Xalq cholgʻulari”(Dutor) yoʻnalishini,2018-2020-yillarda esa Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida “Anʼanaviy vokal artisti” yoʻnalishini aʼlo baholarga tamomlagan.

Axmedova Sarvinozxonning sanʼatga boʻlgan qiziqishlari yoshlik davrlaridayoq sezila boshladi. Uning bu sohaga boʻlgan muhabbati uni musiqa va sanʼat maktabi tomon yetakladi. Musiqa maktabida anʼanaviy xonandalikdan, Javlonbek Abdugʻofurov, dutor sozidan Nigoraxon Karimovalardan saboq oldi. Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi davrlarida  esa Zumradxon Alimova, Boburjon Yoʻldoshev, Roʻzixon Nurmatova, Ixtiyorjon Muhammedovlardan asl maqom turkumlarini, vodiyga xos ashula yoʻllarini oʻrgandi. Oʻqishi mobaynida bir qator Respublika tanlovlarining viloyat va respublika bosqichlarida hamda xalqaro festivallarda ham faol ishtirok etib keldi.

2020-yil oktabr oyida Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek Milliy Musiqa Sanʼati Institutining “Maqom xonandaligi” kafedrasiga oʻqishga qabul qilingan, hozirda ushbu institutning “Professional taʼlim” fakulteti, “Maqom xonandaligi” kafedrasining  4-bosqichida tahsil olib kelmoqda.

Axmedova Sarvinozxon Ravshanbek qizi oʻzining keng dunyoqarashi, namunali xulqi va intizomi, aʼlo oʻqishi, qobiliyati bilan tengdoshlari orasida alohida ajralib turadi va ularga namuna boʻla oladi.Axmedova Sarvinozxon Ravshanbek qizi “Maqom xonandaligi” kafedrasi tomonidan oʻtkazilgan barcha tadbirlar va koʻrik tanlovlarda faol ishtirok etib, oʻzining bilim va qobiliyatini koʻrsatib kelmoqda.

Axmedova Sarvinozxon Ravshanbek qizi oʻqishga qabul qilingan yildan boshlab turli xalqaro koʻrik tanlovlarda va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.

2020-yil 21-23-dekabr kunlari Hindiston davlatida oʻtkazilgan onlayn “4th CU Rhythms International FOLKLORE” festivalida faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlangan.

2020-yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi huzuridagi Yoshlar Parlamenti “Madaniyat va Sanʼat Masalalari” qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan ‘Sanʼat-qudratli kuch” deb nomlangan koʻrik tanlovda faol ishtirok etib, faxrli 2-darajali diplom va sertifikat bilan taqdirlangan.

2020-yil Andijon viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi tomonidan oʻtkazilgan “Men Ijodkorman” forumida “Anʼanaviy sozandalik” yoʻnalishi boʻyicha faol ishtirok etib, 2-darajali diplom bilan taqdirlangan.

2020-yil Andijon viloyatida oʻtkazilgan “Lider qizlar festivali”da ham faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlangan.

2021-yili Rossiya Federatsiyasida oʻtkazilgan “КАРНАВАЛ” deb nomlangan xalqaro onlayn koʻrik tanlovida faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritib 1-darajali diplom bilan taqdirlangan.

2022-yilda ham Rossiya Federatsiyasida oʻtkazilgan “Вокальное и инструменьтального творчество” onlayn koʻrik tanlovida ishtirok etib faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

2023-yilda Azarbayjan davlatida oʻtkazilgan “Oʻzbekistonning qizlari” deb nomlangan xalqaro konferensiyada “Rajabiyxonlik ilmiy-amaliy anjumanlari” nomli maqolasi bilan qatnashib sertifikat bilan taqdirlandi.

Axmedova Sarvinozxon Ravshanbek qizi sanʼat sohasidan tashqari turli xil 10 dan ortiq “Academy of Acute Care PHYSICAL Therapy”, “Tennesse State Univercity”, “NCR Institute of Technology” kabi bir nechta xalqaro tashkilotlar tomonidan oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etib sertifikatlar bilan taqdirlangan.

Axmedova Sarvinozxon Ravshanbek qizi oʻz sohasidagi faoliyati bilan bir qatorda ilmiy izlanishlar bilan ham shugʻullanib kelmoqda va koʻplab Respublika va xalqaro ilmiy-uslubiy jurnallarda ilmiy maqolalari nashr etilmoqda.Jumladan, 2022-yil oktyabr oyida “UZACADEMIA” ilmiy-uslubiy jurnalida “Tarona atamasiga taʼrif” deb nomlangan ilmiy maqolasi nashrdan chiqdi.Bundan tashqari “Talqin va Tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnalida ham “Shashmaqom turkumidan Sarahbori Buzruk” nomli ilmiy maqolasi ham nashrdan chiqdi.”Devolopment and Innovation” xalqaro ilmiy-uslubiy jurnalida “Yangi Oʻzbekistonda Maqom sanʼati”nomli maqolasi ham nashrdan chiqdi.

Axmedova Sarvinozxonning erishgan  muvaffaqiyatlaridan yana biri u 2022-2023 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi bakalavriat uchun taʼsis etilgan “Islom Karimov” nomli davlat stipendiyasi sohibasi boʻldi.

Axmedova Sarvinozxon Ravshanbek qizi bir nechta davlat telekanallari va xususiy telekanallar, radio eshittiruvlar orqali oʻz sohasiga oid koʻplab telekoʻrsatuvlarda chiqishlar qilgan va televideniya orqali koʻplab yurtdoshlarimizga va yoshlarga maqom sanʼati va oʻzbek milliy musiqa sanʼatini targʻib etib kelmoqda.