Utayeva Iroda Baxodirovna 1988-yil 17-noyabr kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumanida ziyolilar oilasida tavallud topgan.
2007-2011-yillar - Samarqand Davlat chet tillar instituti bakalavr yoʻnalishi “filolog, ingliz tili oʻqituvchisi” mutaxassisligini «imtiyozli» diplom bilan tugatgan;
2011-2013-yillarda - Samarqand Davlat chet tillar instituti magistranti;
2013-2016-yillarda- Samarqand Davlat chet tillar instituti oʻqituvchisi
02.10.2020 dan 01.01.2021 gacha Guliston davlat universiteti, “Ingliz tili va adabiyoti” kafedra oʻqituvchisi
01.01.2021 - Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti
2021-yilda Intellektual mulk agentligidan “ENGLISH” nomli ilmiy ishlanmasiga mualliflik huquqi guvohnomasini qoʻlga kiritgan.
2022-yil fevral oyida pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga musharraf buldi. Utayeva Iroda Baxodirovna 15 dan ortiq respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.
I.Utayeva “Xorijiy tilning grammatik tushunchalarini oʻzlashtirish jarayonida talabalarning mustaqil bilim olish faoliyatining mazmuni, shakllari va usullari, Oʻquv grammatik tushunchalarni oʻzlashtirishda va talabalarni mustaqil bilim olish jarayonida oʻqituvchi va talabalar oʻrtasidagi didaktik oʻzaro faoliyat, Improving the teaching of grammar concepts to students of higher educational institutions of the bases of innovative approach, The essence of independent study skills activities in the teaching process of languages, Development of grammatical concepts in the process of independent learning of students, В современном мире использование интернет-ресурсов для обучения переводу, Importance and benefits of teaching communications skills to medical students, Innovative approach to teach English, Relevance of use of Internet Resources for training translation, Terminology of English language, Oʻqitish jarayonda mustaqil bilim olish faoliyati didaktik muammo sifatida” kabi maqolalar muallifidir.
Bundan tashqari 2022 yil sentyabr oyida “Renessans davri: Ilmiy tadqiqotlar yetakchisi” koʻkrak nishonini qoʻlga kiritdi.
Utayeva Iroda Baxodirovna oilali, toʻrt nafar farzandning onasi.