Akbarov Hasanboy Bahromovich 1981-yil 10-noyabrda Fargʻona viloyati Fargʻona tumanida tugʻilgan. 1987-1996-yillari 4-umumtaʼlim maktabi va 1996-1998-yillari 1-iqtidorli bolalar litseyi, 1998-2006-yillari – Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Universiteti sirtqi taʼlim Oʻzbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. Shu davrning oʻzida tumandagi 20-umumtaʼlim maktabida Ona tili va adabiyoti fanidan dars berib oʻqituvchilik faoliyatini boshlagan. 1998-2003-yillari Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Universiteti sirtqi taʼlim Oʻzbek filologiyasi mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat bosqichi va 2012-2014-yili magistratura bosqichi Lingvistika yoʻnalishini tamomlagan.
1998-yil Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida faoliyat olib borayotgan Margʻilon TVda eng yosh suxandon boʻlib ishlagan.
Viloyat, tuman, shahar Mustaqillik navroʻz bayram va sayillarida oʻz iqtidori bilan suxandonlik qilgan.
2022-yilda oʻtkazilgan “Mahoratli Notiq” koʻrik tanlovida ishtirok etib, tuman, shahar viloyat bosqichlarida faxrli oʻrinlarni egallagan.
2023-yilda oʻtkazilgan “Gʻazalxonlik koʻrik tanlovida ishtirok etib faxrli oʻrinlarni egallagan. 2000-2003-yillar davomida “Andijon yoshlar teleradiokompaniyasida xamda “Tasvir” gazetasida muxbirlik lavozimlarida ishlab, “Assalom vodiy”, “Antiqa”, kabi loyihalar muallifi bosh muallifi va boshlovchisi, “Davr” informatsion dasturining Fargʻona viloyati maxsus muxbiri lavozimlarida ishlagan.
Fargʻona shahrining Madaniy maʼrifiy siyosiy hayotini yoritishda namunali faoliyat olib borgan. Shuningdek, 2004-2012-yillari Fargʻona Olimpiya zaxiralari sport kollejida Ona-tili va adabiyoti katta oʻqituvchisi, Maʼnaviyat boʻlimi boshligʻi, 2013-2019-yillar davomida FARDU qoshidagi 3-sonli akademik litseyida Ona tili va adabiyoti katta oʻqituvchisi, Maʼnaviyat boʻlimi boshligʻi, 2019-yildan hozirgi vaqtgacha Fargʻona 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Ona tili va adabiyoti fanidan yoshlarga bilim berib kelmoqda.
Akbarov Hasanboy Bahromovich Fargʻona viloyati Maktabgacha va Maktab taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi barcha madaniy-maʼrifiy tadbirlar ishtirokchisi, jumladan “Til millat koʻzgusi”, “Gʻazalxon Ustoz”, “Kitobxon Ustoz” koʻrik tanlovlari ishtirokchisi va sovrindori.
Respublika tadqiqotlar Jahon ilmiy metodik jurnalida, Yangilanayotgan Oʻzbekistonda fan taʼlim va innovatsiya uygʻunligi mavzusidagi respublika 2-son koʻp tarmoqli ilmiy masofaviy onlayn konferensiyasida ishtirok etgan.
Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi Oʻzbekiston sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filiali “ORIENTAL ART AND CULTURE” ilmiy metodik jurnalida filologiya masalalari yoshlar nigohida maqolasi bilan ishtirok etib maxsus sertifikat bilan taqdirlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi yosh olimlar kengashi va Oʻzbekiston internet tadbirkorlar va elektron savdo assotsiatsiyasi tashabbuslari bilan oʻtkazilgan konferensiyada faol ishtirok etib diplom bilan taqdirlangan.