MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

ABDULXAYEVA XUSNIDAXON TOʻXTASINOVNA

ABDULXAYEVA XUSNIDAXON TOʻXTASINOVNA

NORDIK XALQARO UNIVERSITETI “Taʼlim muassasalari boshqaruvi” yoʻnalishi magistri

Abdulxayeva Xusnidaxon Toʻxtasinovna 1986-yil 6-aprelda Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanida ziyolilar oilasida tavallud topgan. 1993-yil Oʻzbekiston tumanidagi 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 1-sinfiga qabul qilinib, 2004- yilda tugatgan. 2004-yil Andijon Davlat Tillar Pedagogika Institutining ingliz tili va adabiyoti fakultetiga oʻqishga kirib, 2007-yil tugatgan.

2008-yilda Oʻzbekiston tumani pedagogika kolleji davlat muassasasida ingliz tili fani oʻqituvchisi boʻlib ishladi.

2008-2016-yillarda “Oʻzbekiston tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabi davlat muassasasida ingliz tili fani oʻqituvchisi boʻlib ishladi.

2016-2022-yillarda “Qoʻqon shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 32-umumiy oʻrta taʼlim maktabi davlat muassasasida ingliz tili fani oʻqituvchisi sifatida oʻz ish faoliyatini davom ettirdi. 2023-yil Nordik Xalqaro Universitetiga “Taʼlim muassasalari boshqaruvi” yoʻnalishi magistrlikka qabul qilindi.

2015-yil may oyi davomida oʻz mutaxassisligi boʻyicha malaka oshirish kursida oʻqidi. 2015-yil xalqaro ingliz tili oʻqituvchilari malakasini oshirish online kursida muvaffaqiyatli qatnashib, sertifikat bilan taqdirlangan. 2015-yil “Eng tashabbuskor oʻqituvchi koʻrik tanlovi gʻolibasi boʻlgan. 2020-yil “Bravo intellect center” tomonidan tashkil etilgan ingliz tili fanidan oʻtkazilgan “ERUDIT KIDS” Respublika fan olimpiadasida oʻquvchisi 1- oʻrinni olgani uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan. Ish faoliyati davomida oʻquvchilari xalqaro va respublika fan olimpiadalari gʻoliblari boʻlgan. 2021- yilda “Ingliz tili oʻrganuvchilar orasida lugʻatni qoʻllanilishi” nomli maqolasi chop etilgan. 2021-yi Qoʻqon shahrida tashkil etilgan “Xalqaro hunarmandlar festivali”da faol qatnashib, viloyat hokimligi va turizmni rivojlantirish agentligi tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan.

2024-yil iyul oyida Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent Shahar Ilgʻor tadqiqotlar ilmiy markazi tomonidan tashkil etilgan Yangi Oʻzbekistonda yosh olimlarning ilmiy-innovatsion salohiyatini rivojlantirish hamda istiqbolli kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlari mavzusidagi oʻquv kursida faol  qatnashib diplom bilan taqdirlandi.

Yaqin yillar davomida koʻplab ilmiy anjumanlarda qatnashib kelmoqda. Universitet tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlar faol ishtirokchisi hisoblanadi. Iqtidorli talabalar qatorida aʼlo baholarga oʻqib kelmoqda.

Taʼlim yoʻnalishi rivojlantirish yoʻlida koʻplab ilmiy maqolalar va tezislar muallifi hisoblanadi. Hozirgi kunda magistrlik ilmiy yoʻnalishida “Professional taʼlim muassasalari boshqaruvida pedagog kadrlar kasbiy kompetentligini tashxislash” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.