MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

OʻLMASOV BOTIR FARXOD OʻGʻLI

OʻLMASOV BOTIR FARXOD OʻGʻLI

Toshkent davlat agrar universiteti umumiy zootexniya va veterinariya kafedrasi dotsenti

Oʻlmasov Botir oʻgʻli 1988-yil 20-iyunda Toshkent shahrida ziyoli oilada tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.

1994-2003- yillarda Toshkent shahar Uchtepa tumani 129-oʻrta taʼlim maktabida oʻqigan. 2003-2006- yillarda Toshkent shahar   Uchtepa tumanidagi “Agro-tijorat” kasb-hunar kollejida taʼlim olgan.

2006-2010-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya fakulteti Veterinariya taʼlim yoʻnalishida oʻqidi.

2010-2012-yillarda Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti Veterinariya jarrohligi mutaxassisligi boʻyicha magistratura bosqichida taʼlim oldi.

2012-2013 yillarda Toshkent viloyati Zangiota tumani davlat veterinariya boʻlimida veterinar shifokor sifatida faoliyat olib bordi.

2013-yilda Toshkent davlat agrar universiteti Veterinariya kafedrasida assistant lavozimida pedagogik faoliyatini boshladi.

2016 yilda Xitoy xalq respublikasining Jilin qishloq xoʻjalik universitetida “Hayvonlarda uchraydigan yuqumli kasalliklarni oldini olish choralari” mavzusida tashkil etilgan trening kursda muvaffaqiyatli ishtirok etib diplom bilan taqdirlandi.

2017-yilda Toshkent davlat agrar universiteti Veterinariya kafedrasi katta oʻqituvchisi lavozimida faoliyatini davom ettirdi.

2017-yilda Rossiya federatsiyasi Janubiy Ural oʻlkasida joylashgan Janubiy Ural agrar universiteti Veterinariya meditsinasi fakultetida veterinariya meditsinasi faoliyati boʻyicha malaka oshirdi.

2018-yilda Oʻzbekiston respublikasi davlat veterinariya qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan “Oltin tulpor” tanlovida  veterinariya rivojiga hissa qoʻshgan, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etib kelayotgan soha vakillari orasida “Kasb mahorati uchun” nominatsiyasida taqdirlandi.

2018-2021-yillarda Yevropa ittifoqining “Erasmus+” dasturi tomonidan tashkil etilgan “BuzNet” Oʻzbekistonda veterinariya taʼlimini rivojlantirish xalqaro loyihasida faoliyat olib bordi.

Loyiha doirasida 2019-yilda loyihaga aʼzo xorijiy davlatlar universitetlari Portugaliyaning Porto universiteti, Estoniyaning Eesti amaliy fanlar universiteti, Italiyaning Pisa va Padova universitetlarida tajriba almashish hamda malaka oshirish dasturida faol qatnashdi.

2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tomonidan “Buzoqlarni kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklarini oldini oluvchi giperimmun Zardob uchun kompleksli bakteriya antigenini olish usuli” bajarilgan ilmiy yangilik uchun ixtiro patenti hammuallifi.

2019-yilda El-yurt umidi jamgʻarmasining malaka oshirish dasturi boʻyicha eʼlon qilingan stipendiyasi gʻolibi boʻldi. Shu yili Rossiya federatsiyasi Qozon shahrida joylashgan N.E.Bauman nomidagi Qozon davlat veterinariya meditsinasi akademiyasida malakasini oshirdi.

2021-yilda “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi “Mutaxassislik boʻyicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasida universitet bosqichi gʻolibi boʻldi. Shu yilda “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichida Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligida menejment, qishloq xoʻjaligi texnikasi, veterinariya, irrigatsiya va melioratsiya taʼlim sohasi boʻyicha   “Mutaxassislik boʻyicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi gʻolibi deb topildi.

Toshkent davlat agrar universitetida pedagogik faoliyatini boshlagan davridan hozirgi kunga qadar universitetda Veterinariya meditsinasi va zootexniya taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish, ilmiy faoliyatga qiziqtirish maqsadida “Yosh jarrohlar klubi” nomli ilmiy toʻgaragini tashkil etdi.

Umumiy zootexniya va veterinariya kafedrasi professor-oʻqituvchilarini jalb etgan holda ilmiy toʻgarak faoliyatini yuritib kelmoqda.

Oʻtgan yillar mobaynida ilmiy toʻgarakka aʼzo talabalar orasidan xalqaro amaliyot dasturlar, universitet ichki stipendiyasi, startap loyihalar  hamda “Beruniy” nomli davlat nomdor stipendiyasi gʻoliblariga ilmiy rahbarlik qildi.

2022-yilda Toshkent davlat agrar universiteti rektori buyrugʻi bilan Umumiy zootexniya va veterinariya kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimiga oʻtkazildi.

2022-2023-yillar kesimida Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” dasturi doirasida “BioEcUz” xalqaro loyihasida faoliyat olib bordi Loyiha doirasida Oʻzbekistonda Bioiqtisodiyot mutaxassisligi boʻyicha magistratura bosqichi ochish, Loyihaning Yevropa Ittifoqi davlatlaridan hamkor Jamk universiteti, Vytautas Magnus universiteti hamda Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universitetlari professor-oʻqituvchilari bilan tajriba almashish, oʻquv rejalar va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha tashkil etilgan stajirovka dasturida faol ishtirok etish bilan bir qatorda “Oʻsimlik va chorva mahsulotlarini barqaror ishlab chiqarish va isteʼmoli (Aqlli qishloq xoʻjaligi)” fani boʻyicha hamkor universitet professor-oʻqituvchilari bilan birgalikda  oʻquv dasturlar ishlab chiqdi.

2023-yilning 5-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan Toshkent davlat agrar universiteti kengashining tavsiyasiga koʻra “Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi” ixtisosligi boʻyicha Dotsent ilmiy unvoniga ega boʻldi.

2013-2024-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti Umumiy zootexniya va veterinariya kafedrasidagi pedagogik faoliyati davomida ilmiy nashrlarda 50 dan ortiq ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar, Scopus konferensiyalarida tezislar, Xalqaro jurnallarda ilmiy ishlanmalar, 20 dan ortiq uslubiy qoʻllanmalar, oʻquv qoʻllanma va tavsiyanomalar muallifi hisoblanadi.

Hozirgi kunda Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya fakulteti Umumiy zootexniya va veterinariya kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyatini davom ettirib kelmoqda.