Ziyatov Musulman Panjiyevich 1988-yilning 31-oktyabr sanasida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida xizmatchilar oilasida dunyoga kelgan. 1995-yildan 2006-yilgacha Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 2-oʻrta maktabda tahsil olgan. Birinchi ustozi Xamrayeva Gulsara boʻlib, oʻrta maktabda tahsil olish davrimda ilmga boʻlgan muhabbatini oshirib borganlar. Oʻrta maktabni tamomlaganidan soʻng, 2007-yilda Toshkent Davlat Agrar Universitetining “Fermer xoʻjaligini boshqarish” fakultetiga oʻqishga kirib, 2011-yilda tamomlagan. 2012-yilda Oʻsimlikshunoslik “Paxtachilik” yoʻnalishiga magistraturaga oʻqishga kirib muvaffaqiyatli bitirgan.
Ziyatov Musulman Panjiyevich 2013-yilda Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Sugʻorish texnologiyalari boʻlimi laboranti, kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan. Hozirgi vaqtda Sugʻorish texnologiyalari laboratoriyasi mudiri boʻlib ishlab kelmoqda.
Ziyatov Musulman Panjiyevich Ilmiy faoliyatini 2013-yilda ustozi professor A.S.Shamsiyev boshchiligida Gʻoʻzani sugʻorish va oziqlantirishda suv va resurs tejovchi texnologiyalarni takomillashtirish Toshkent viloyatining tipik boʻz tuproqlar sharoitida ilmiy ishlar olib borib, 2020-yilda qishloq xoʻjalik fanlari boʻyicha falsafa (PhD) doktori, dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, 2021-yilda 06.01.02 – “Melioratsiya va sugʻorma dehqonchilik” ixtisosligi boʻyicha katta ilmiy xodim unvonini olgan.
Katta ilmiy xodim M.P.Ziyatovning ilmiy izlanishlari gʻoʻzani sugʻorishda suv va resurstejamkor texnologiyalarni samarali boshqarishning ilmiy asoslari boʻyicha izlanishlarni oʻz ichiga oladi.
Ilmiy izlanishlarida gʻoʻza parvarishlashda suv va resurs tejovchi texnologiyalarning samaradorligi va uni boshqarishning ilmiy asoslari takomillashtirilgan.
Respublikaning (markaziy va janubiy mintaqalari) turli tuproq-iqlim sharoitlarida gʻoʻzani turli qator oralarida parvarishlashda, egatlab va egiluvchan quvurlar orqali xamda tomchilatib sugʻorish, tuproq yuzasini qora polietilen plyonka bilan mulchalash kabi yuqori suv tejamkorlikni taʼminlashga qaratilgan kompleks agrotexnologik tadbirlarni chuqur tadqiq qilish, ularni qoʻllash hamda samarali boshqarish tatbiq etilgan.
Katta ilmiy xodim M.P.Ziyatov ish davri jarayonida Respublikaning paxtachilikga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari rahbarlariga hamda paxtachilik-toʻqimachilik klasterlarining masʼul xodimlariga gʻoʻzani sugʻorishda suv va resurstejamkor texnologiyalar boʻyicha dala boʻyicha seminar-treninglar tashkil etib, oʻzining bor bilimlarini sarflab ilmiy-amaliy yordam berib kelmoqda.
M.P.Ziyatov tomonidan soʻnggi oʻn yilda 4 ta davlat granti asosidagi ilmiy loyihalarda masʼul ijrochi boʻlib ilmiy izlanishlar olib borgan. Oʻzining qishloq xoʻjaligi fani borasida oʻtkazilgan koʻp yillik tadqiqotlari natijalari asosida 50 dan ortiq ilmiy ishi chop etilgan. Jumladan, 30 ta ilmiy maqola jurnallarda, shundan 8 tasi nufuzli xorijiy (Yaponiya, Hindiston, Rossiya, Qozogʻiston) jurnallarda, 2 ta monografiya, 10 dan ortiq tavsiyanomalar nashr etilgan.
Shu bilan birga koʻplab xorijiy va mahalliy jurnallarda sohaga oid ilmiy maqolalarni eʼlon qilish bilan birga “Paxtachilik va donchilik”, jurnali tahririyati aʼzosi sifatida ham faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Katta ilmiy xodim M.P.Ziyatov Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy–tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy seminar aʼzosi sifatida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Katta ilmiy xodim M.P.Ziyatov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 iyuldagi PQ-308-son qaroriga asosan Prezident huzuridagi paxtachilik kengashining Andijon viloyatining Ulugʻnor tumanidagi ishchi guruh aʼzosi sifatida gʻoʻzani innovatsion texnologiyalar asosida parvarishlash boʻyicha ilmiy amaliy yordamlar koʻrsatib kelmoqda. M.P.Ziyatov respublikamiz agrar sohasida ayniqsa paxtachiligidagi ilmiy-amaliy ishlari va yosh kadrlarni tayyorlashdagi samarali mehnatlari uchun Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining tashakkurnomalari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
Oilali, 1 nafar farzandning otasi. Hozirgi kunda, Katta ilmiy xodim M.P.Ziyatov Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Sugʻorish texnologiyalari laboratoriya mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
“Sugʻorish texnologiyalari” laboratoriyasi mudiri q.x.f.f.d., k.i.x., M.P.Ziyatov Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti bilan Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda innovatsion texnologiyalar bilan yetishtirish boʻyicha dala sharoitida suhbat olib borgan.
Bugungi kungacha Katta ilmiy xodim M.P.Ziyatov rahbarligida 1 nafar tayanch doktorant, 1 nafar mustaqil izlanuvchilar dissertatsiya tadqiqotlari boʻyicha izlanishlar olib borishmoqda.