MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

YUNUSOVA GULNOZA ABDUXALIKOVNA

YUNUSOVA GULNOZA ABDUXALIKOVNA

Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti

Yunusova Gulnoza Abduxalikovna 1988-yil 24-dekabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2006-2010 yillari Oʻzbekiston Milliy Universitetining mexanika-matematika fakulteti “matematika” yoʻnalishi bakalavriatini, 2010-2012 yillari esa “geometriya va topologiya” mutaxassisligi boʻyicha magistratura bosqichini tamomlagan. Shuningdek, 2018-yil yanvar-fevral Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti qoshidagi malaka oshirish kurs, 2019-yil yil Oʻz Prezidenti huzuridagi Dalat boshqaruv akademiyasi malaka oshirish kursi, 2021-yil va noyabr-dekabr oylari va 2024-yil mart oyida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti qoshidagi malaka oshirish kursida oʻqib, sertifikatlarni qoʻlga kiritdi. 2024-yil 20-iyun kuni chet tili (ingliz tili)ni bilish darajasi toʻgʻrisida CEFR B2 darajasini egallaganligi boʻyicha sertifikatni oldi.

2020-yil 5-mart 2020-yilda “Matematikadan amaliy mashgʻulotlar metodik tizimini maxsus texnologiyalar asosida takomillashtirish” mavzusida ilmiy ishini himoyasi muvaffaqiyatli boʻlib oʻtdi va pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini egalladi.

2012-2013 yillari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika Universiteti “Boshlangʻich taʼlim metodikasi” kafedrasi oʻqituvchisi,  2013-2015 yillari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika Universiteti “Matematika va uni oʻqitish metodikasi” kafedrasi oʻqituvchisi, 2015-2018 yillari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika Universiteti“Matematika oʻqitish metodikasi” kafedrasi oʻqituvchisi, 2018-2019 yillari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi xizmatchisi, Tabiiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi, 2019-2021 yillari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi xizmatchisi, Tabiiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi xizmatchisi, Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti sifatida pedagogik faoliyatini olib bormoqda.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Toshkent davlat pedagogika universiteti hamkorligida 2020-yil 8-may kuni “Ikkinchi jahon urushi davrida oʻzbek xalqining front ortidagi jasorati” mavzusida boʻlib oʻtgan xalqaro online ilmiy-amaliy konferensiyasi, 2020-yil 23-dekabr kuni “Kursantlar kasbiy faoliyatini egallashida tabiiy va aniq fanlarning oʻrni” mavzusida (online) respublika ilmiy-amaliy anjumani va boshqa bir qator seminar va konferensiyalarda faol qatnashdi.

Qurolli Kuchlar Akademiyasida 2020/21 oʻquv yili yakuni boʻyicha “Yilning eng ilgʻor oʻqituvchisi” koʻrik tanlovida

ishtirok etib, birinchi bosqich (kafedralar miqyosida) - may oyida qatnashib, 1-oʻrinni, ikkinchi bosqich (Akademiya miqyosida) – iyul oyida qatnashib, faxrli 2-oʻrinni egalladi.

2022-yil xorijiy, yuqori impakt faktorli “International Journal of Pedagogs” nomli jurnal tahririyat aʼzosi, 2023-yil esa “Neo Science Peer Reviewed Journal” jurnalning tahririyat aʼzosi boʻlib ilmiy faoliyatini olib bordi. Hozirga qadar Google Scholarda 2019-

yildan boshlab hozirga qadar  maqola va tezislarining 44 tasiga iqtibosliklar mavjud.

2023-yil 1-aprelda 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoniga ega boʻldi.

Pedagogik faoliyati davomida doimiy ravishda yangiliklarga intilib, oʻz ustida ishlab pedagogik mahoratini oshirib bormoqda. Shu jumladan, xorijiy, MDH va respublika konferensiyalarida faol qatnashib oʻz fikr-mulohazalarini erkin bayon etib kelmoqda.

2023 yil 13-fevral kuni INHA da boʻlib oʻtgan “Jamiyatda ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarning barqaror rivojlanishida xotin-qizlarning oʻrni” nomli xalqaro forumda qatnashdi.

2023-yil 7-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirining esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, ilmiy tadqiqot ishi ustida faoliyat olib borib, bir qancha dissertatsiya ishlarining seminar va himoyalarida qatnashib kelmoqda. Bugungi kunda “Talabalar bilish faoliyatini monitoringini didaktik tizmini takomillashtirish strategiyalari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiya ishi eʼlon qilindi va ushbu tadqiqot ishini tayyorlashda bir qator maqolalar, darslik va monografiya yozmoqda.